Umarov Shavkat Isomiddinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Markaziy Qizilqum fosforitlarini mineral kislotalar bilan boyitish va kompleks qayta ishlashning samarador texnologiyasini yaratish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/T353.
Ilmiy maslahatchi: Mirzakulov Xoltura Chorievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika instituti, DSc.03/30.04.2021.T.106.04.
Rasmiy opponentlar: Alimov Umarbek Kadirbergenovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Reymov Axmed Mambetkarimovich, texnika fanlari doktori, professor; Sherkuziev Doniyor Shermamatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Markaziy Qizilqum yuvib quritilgan fosforit konsentratiini (MQ YuKFK) nitrat, fosfor kislotalari bilan boyitish hamda kimyoviy boyitilgan foskonsentrat va boyitish eritmalarini EFK, azot-kal`siyli, fosforli, azot-fosforli o‘g‘itlar va fosfor kislotasining toza tuzlariga qayta ishlashning samarali texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor MQ YuKFKini suv, nitrat va EFK eritmalari bilan boyitishda asosiy reaksiyalarning termodinamik xarakteristikalari aniqlangan;
ilk bor MQ YuKFKni suv, nordon oqovalar, nitrat kislota va EFK eritmalari bilan boyitish jarayonlariga texnologik omillarning ta’siri aniqlangan va jarayon omillarining o‘zaro ta’siri aniqlangan;
YuKFKni nitrat va fosfor kislotalari eritmalari bilan optimal texnologik omillarda boyitilganda, boyitish eritmalariga R2O5 yo‘qolmasligi aniqlangan;
EFKli boyitish jarayonida qisman ftorsizlantirilgan va sul`fatsizlantirilgan boyitish eritmalarini olish imkoniyati aniqlangan;
ilk bor kimyoviy boyitilgan foskonsentratdan sul`fat kislotali parchalanish bilan EFK olishda ajralib chiqadigan asosiy reaksiyalarning solishtirma issiqliklari aniqlangan va kimyoviy boyitilgan foskonsentratdagi komponentlarning miqdori, ular tomonidan ajralib chiqadigan issiqlik va uning umumiy issiqlik ulushi hisoblab chiqilgan;
nitrat kislotali boyitish eritmalarini suyuq va donadorlangan azot-kal`siyli o‘g‘itlarga qayta ishlash jarayonining maqbul texnologik ko‘rsatkichlari aniqlangan;
ilk bora YuKFKni fosfor kislotali boyitish eritmasidan yuqori navli ammofos, ammofosfat, qo‘shsuperfosfat va ozuqabop monoammoniyfosfat olish mumkinligi aniqlangan;
YuKFKni nitrat va fosfor kislotali boyitish, kimyoviy boyitilgan foskonsentratdan EFK, boyitish eritmalaridan suyuq va donador azot-kal`siyli, fosforli va azot-fosforli o‘g‘itlar olish moddiy balanslari va texnologik sxemalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
MQ YuKFKini nitrat va fosfor kislotalari bilan boyitish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yuqori karbonatli fosforitlarni boyitish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№ IAP 05667, 2018 y.). Natijada, foskonsentratdagi R2O5 bo‘yicha kal`siy moduli 1,6-1,7 bo‘lgan va boyitilgan eritmalarini sho‘rlangan va kam sho‘rlangan tuproqlar uchun samarali azot-kal`siyli o‘g‘itlar olish imkonini bergan;
fosfor kislotasi olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№ IAP 06941, 2022 y.). Natijada, EFK bilan boyitilgan foskonsentratning kal`siy modulini kamaytirish, foskonsentratni parchalash uchun sul`fat kislota sarfini kamaytirish, EFK olish va fosfogips chiqindisi unumini kamaytirish imkonini bergan;
YuKFKni nitrat kislotali boyitish hamda suyuq va donador azot-kal`siyli o‘g‘itlar olish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK-AJning “2022-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan («Elektrokimyozavod» QK-AJning 2022 yil 1 noyabrdagi 216-son ma’lumotnomasi). Natijada, foskonsentratni kal`siy modulini kamaytirish, boyitish eritmasidan suyuq va donador azot-kal`siyli o‘g‘itlar olish imkonini beradi;
YuKFKni fosfor kislotali boyitish va EFK, fosforli, azot-fosforli, ozuqabop tozalikdagi tuzlar olish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK-AJning “2022-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan («Elektrokimyozavod» QK-AJning 2022 yil 1 noyabrdagi 216-son ma’lumotnomasi). Natijada, MQ foskonsentratining kal`siy moduli kamayadi, kimyoviy boyitilgan foskonsentratdan EFK ishlab chiqarish texnologik ko‘rsatkichlari yaxshilanadi va boyitish eritmasidan yuqori navli ammofos, ammofosfat, qo‘shsuperfosfat o‘g‘itlari va ozuqabop tozalikdagi monoammoniyfosfat olish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish