Shobduraximova Umriniso Toxirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarda yetakchilik faoliyatini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari”, 13.00.01- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4053.
Ilmiy rahbar: Turg‘unov Abdurashid, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, 03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muhabbat Fayziyevna, pedagogika fanlari doktori professor; Qodirov Xasanboy Oribjonovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda yetakchilik faoliyatini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda yetakchilik faoliyatini rivojlantirish samaradorligi o‘zini nazorat qilish jarayonida irodaviy sifatlarni namoyon qilish, ijtimoiy ahamiyatli vaziyatlarni ratsional egallash, fenomenologik va aksiologik yondashuvlarni o‘zaro idientiv yaxlitlash hamda kognitiv-kommunikativ, hissiy-irodaviy komponentlar uyg‘unligi intensivligini barqaror ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarda yetakchilik faoliyatini rivojlantirish jarayoni pedagogik hamkorlikka ta’sir qiluvchi didaktik infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan axborotlar bilan ishlash va o‘z-o‘zini faol rivojlantirish hamda tayanch va qo‘shimcha bilimlarini o‘zlashtirish mazmunini ta’lim maqsadlariga bosqichma-bosqich moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda yetakchilik faoliyatini rivojlantirish texnologiyalari innovatsion-interaktiv, ijtimoiy-faoliyatli harakatlar tuzilmasining ta’sirchanligini oshirishga qaratilgan empirik darajalarini statistik aniqlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarda yetakchilik faoliyati rivojlanganligini baholash mezonlari milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik ideallariga mos yo‘naltirish hamda axloqiy komponentlari ta’minlashga qaratilgan motivatsion-produktiv, reflektiv-baholovchi komponentlar integratsiyasini barqaror hisobga olish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: talabalarda yetakchilik faoliyatini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
talabalarda yetakchilik faoliyatini rivojlantirish samaradorligi o‘zini nazorat qilish jarayonida irodaviy sifatlarni namoyon qilish, ijtimoiy ahamiyatli vaziyatlarni ratsional egallash, fenomenologik va aksiologik yondashuvlarni o‘zaro idientiv yaxlitlash hamda kognitiv-kommunikativ, hissiy-irodaviy komponentlar uyg‘unligi intensivligini barqaror ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Pedagogika nazariyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrug‘i asosida nashrga tavsiya etilgan 233-0312 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada yetakchilik faoliyatini rivojlantirishga doir nazariy va amaliy materiallar bilan boyitish imkoni yaratilgan;
talabalarda yetakchilik faoliyatini rivojlantirish jarayoni pedagogik hamkorlikka ta’sir qiluvchi didaktik infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan axborotlar bilan ishlash va o‘z-o‘zini faol rivojlantirish hamda tayanch va qo‘shimcha bilimlarini o‘zlashtirish mazmunini ta’lim maqsadlariga bosqichma-bosqich moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Pedagogika nazariyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrug‘i asosida nashrga tavsiya etilgan 233-0312 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada yetakchilik faoliyati rivojlantirishga doir nazariy va amaliy materiallar bilan boyitilgan;
talabalarda yetakchilik faoliyatini rivojlantirish texnologiyalari innovatsion-interaktiv, ijtimoiy-faoliyatli harakatlar tuzilmasining ta’sirchanligini oshirishga qaratilgan empirik darajalarini statistik-tahliliy aniqlash asosida takomillashtirishga doir tavsiyalar “Pedagogika nazariyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrug‘i asosida nashrga tavsiya etilgan 233-0312 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarda yetakchilik faoliyatini rivojlanganligini baholash mezonlarini takomillashtirish samaradorligi oshirilgan;
talabalarda yetakchilik faoliyati rivojlanganligini baholash mezonlari milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik ideallariga mos yo‘naltirish hamda axloqiy komponentlari ta’minlashga qaratilgan motivatsion-produktiv, reflektiv-baholovchi komponentlar integratsiyasini barqaror hisobga olish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Pedagogika nazariyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrug‘i asosida nashrga tavsiya etilgan 233-0312 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarda yetakchilik faoliyatini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan.