Bozarov Sardor Soxibjonovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasi erkin iqtisodiy zonalarida tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish», 12.00.03–Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Yu78.

Ilmiy rahbar: Esanova Zamira Normurotovna, yuridik fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.27.06.2017.Yu.22.01.

Rasmiy opponentlar: Umarov Tolibjon Abduazizovich, yuridik fanlar doktori;  Masadikov Sherzodbek Maxmudovich, yuridik fanlar nomzodi.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy o‘quv kurslari.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II.Tadqiqotning maqsadi: erkin iqtisodiy zonalarda tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

erkin iqtisodiy zonalar direksiyalari erkin iqtisodiy zonalarning Ma’muriy kengashi qarorlari va erkin iqtisodiy zonalarning ishlab chiqilgan bosh rejalari bo‘yicha ma’qullangan investisiya loyihalarini joylashtirilishi va erkin iqtisodiy zonalar direksiyalarida «yagona darcha» tamoyili bo‘yicha muhandislik-telekommunikatsiya infratuzilmasi tarmoqlariga ulanishga barcha zarur ruxsatnomalar berilishini tashkil qilishi to‘g‘risdagi takliflar asoslantirilgan;

«Urgut» EIZ, «G‘ijduvon» EIZ, «Qo‘qon» EIZ, «Hazorasp» EIZ direksiyalari erkin iqtisodiy zonalarning butun faoliyat ko‘rsatish davrida soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalarga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod qilish haqidagi taklif asoslangan;

erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalar hududida faoliyat yuritish uchun investisiya loyihalarini tanlash va joylashtirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish tug‘risidagi takliflar asoslangan;

EIZ va KSZ hududida belgilangan mezonlar bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni Ma’muriy kengashga qarashli er yoki bino va inshootlarni joylashtirish, shuningdek, ularga EIZ va KSZ qatnashchisi maqomini berish to‘g‘risdagi qaror qabul qilish bo‘yicha takliflar asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbekiston Respublikasi erkin iqtisodiy zonalarida tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

erkin iqtisodiy zonalar direksiyalari erkin iqtisodiy zonalarning Ma’muriy kengashi qarorlari va erkin iqtisodiy zonalarning ishlab chiqilgan bosh rejalari bo‘yicha ma’qullangan investisiya loyihalarini joylashtiradilar va erkin iqtisodiy zonalar direksiyalarida «yagona darcha» tamoyili bo‘yicha muhandislik-telekommunikatsiya infratuzilmasi tarmoqlariga ulanishga barcha zarur ruxsatnomalar berilishini tashkil qilish to‘g‘risdagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi «Urgut» EIZ, «G‘ijduvon» EIZ,«Qo‘qon» EIZ, «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risidagi PF–4931-son Farmonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligi Xorijiy investisiyalarni axborot bilan ta’minlash va ko‘maklashish agentligining 2017 yil 16 yanvardagi MM-25/03-19-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning qabul qilinganligi erkin iqtisodiy zona hududida faoliyat yuritmoqchi bo‘lgan xorijiy va mahalliy investorlarga yanada qulaylik yaratgan;

«Urgut» EIZ, «G‘ijduvon» EIZ, «Qo‘qon» EIZ, «Hazorasp» EIZ direksiyalari erkin iqtisodiy zonalarning butun faoliyat ko‘rsatish davrida soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalarga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod qilish to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi «Urgut» EIZ, «G‘ijduvon» EIZ,«Qo‘qon» EIZ, «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risidagi PF–4931-son Farmonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligi Xorijiy investisiyalarni axborot bilan ta’minlash va ko‘maklashish agentligining 2017 yil 16 yanvardagi MM-25/03-19-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning qabul qilinganligi erkin iqtisodiy zonalarni boshqaruv organlardan biri bo‘lgan EIZ direksiyalarini yanada samarali faoliyat ko‘rsatishiga olib kelgan;

erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalar hududida faoliyat yuritish uchun investisiya loyihalarini tanlash va joylashtirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25 oktyabrlagi “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3356-son Qarori bilan tasdiqlangan Namunaviy nizomda foydalanilgan (O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligi Xorijiy investisiyalarni axborot bilan ta’minlash va ko‘maklashish agentligining 2017 yil 16 yanvardagi MM-25/03-19-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni qabul qilinganligi erkin iqtisodiy zonalar faoliyati samaradorligini oshirgan;

EIZ va KSZ hududida belgilangan mezonlar bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni Ma’muriy kengashga qarashli er yoki bino va inshootlarni joylashtirish, shuningdek, ularga EIZ va KSZ qatnashchisi maqomini berish to‘g‘risdagi qaror qabul qilish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25 oktyabrlagi “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3356-son Qarori bilan tasdiqlangan Namunaviy nizomda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligi Xorijiy investisiyalarni axborot bilan ta’minlash va ko‘maklashish agentligining 2017 yil 16 yanvardagi MM-25/03-19-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni qabul qilinganligi erkin iqtisodiy zonalarni faoliyati samaradorligini oshirgan hamda EIZ qatnashchilariga yanada qulayliklar yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish