Isakulov Shuxrat Narkulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi) “O‘zbekiston Respublikasida tashqi mehnat migratsiyasini boshqarish metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.13 – «Menejment».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/Iqt402.
Ilmiy rahbar: Majud emas.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.20/13.05.2020.I.23.01. Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: i.f.d., prof. Yuldashev Ravshan Zokirovich, i.f.d., prof. Umurzakov Boxodir Xamidovich, hamda i.f.d., prof. Raximova Nigina Xayrullaevna.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi.
O‘zbekiston Respublikasida tashqi mehnat migratsiyasini boshqarish tizimini takomillashtirishga karatilgan nazariy va ilmiy-uslubiy yondashuvlarini iktisodiy taraqqiyotga yo‘naltirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fuqarolarni xorijda ish bilan ta’minlash tizimini xususiy bandlik agentliklarining xizmat turlariga oid qonunchilik normasi bilan to‘ldirish orqali tashqi mehnat migratsiyasini boshqarish tizimida legal mehnat oqimlarini 10%ga oshirishga va 250 ming mehnat migrantlarini chet elda ish bilan ta’minlashdagi ijobiy ta’siri asoslandi;
migratsiya jarayonlari va tashqi mehnat migratsiyasi istiqboliga turli omillarning ta’sirining 2030 yilgacha bo‘lgan pessimistik va optimistik prognoz variantlari va ularni davlat tomonidan tartibga solishda hisobga olinishi asoslandi;
nodavlat, jamoat tashkilotlari, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ishtiroqida tashqi mehnat migratsiyasini tartibga solish davlat tizimining maqbul tashkiliy-institutsional tuzilmasini optimallashtirish asosida tashqi mehnat migratsiyasiga aloqador muassasalarning o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirish asoslandi;
O‘zbekistonda migratsiya jarayonlariga ta’sir etuvchi ish haqi va daromad omillarining ko‘p omilli ekonometrik modelining o‘lchov parametrlaridan foydalanish asosida o‘rtacha nominal ish haqining bir foizga oshishi migratsiyaning o‘rtacha 0,754 foizga qisqarishiga hamda aholi jon boshiga real jami daromadning o‘sishi mehnat migratsiyasi oqimining o‘rtacha 0,258% ga kamayishi asoslandi;
tashqi mehnat migratsiyasini samarali tartibga solishga qaratilgan manfaatdor muassasalar va tashkilotlarning vazifalari va ularning funksiyalarini maqbul tarzda qayta taqsimlanishi natijasida xorijga chiqib ketayotgan migrantlarni jo‘nab ketish oldidan tayyorlash jarayonida noqonuniy migratsiya oqimlarining 20 foizga qisqarishi asoslandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasining migratsiya sohasidagi davlat siyosatini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy va uslubiy tavsiyalar asosida quyidagilar joriy etildi:
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan (2021 yil 9 noyabrdagi 04/3-05-1216-son) “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi qonunida, O‘zbekiston Respublikasi “Tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasida, tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirishda foydalanilgan (Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi 2012 yil 30 iyuldagi 04/3-02-50-sonli ma’lumotnomasi). Tashqi mehnat migratsiyasini tartibga solishda ijtimoiy yo‘naltirilgan boshqaruv va uslubiy yondashuvlar, shuningdek, qonunchilik bilan ta’minlash bo‘yicha muallifning ilmiy, nazariy va uslubiy takliflaridan foydalanilgan. Ushbu takliflarni amaliyotga tatbiq etish natijasida fuqarolarni xorijda ish bilan ta’minlash tizimini yangi qonunchilik normalari (qonunning 10 moddasi) bilan to‘ldirish orqali liberallashtirildi, bu esa tashqi mehnat migratsiyasini boshqarish tizimini takomillashtirish imkonini berdi. Muallif tomonidan taklif etilgan metodologiya va boshqaruvning yangi usullari xisobidan legal oqimlarni 10%ga oshirishga va 250 ming mehnat migrantlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 30 dekabrdagi 01/00-03/19-11961-son ma’lumotnomasi);
migratsiya jarayonlarini tizimlashtirish va tasniflash, uning asosida aniqlangan o‘lchanadigan/o‘lchab bo‘lmaydigan omillar va ko‘rsatkichlar, migratsiyaning harakatlantiruvchi va cheklovchi omillari bo‘yicha Turizm va madaniy meros vazirligi ishiga kiritilgan bo‘lib ilmiy-uslubiy ishlanmalar ularning tashqi mehnat istiqboliga ta’sirining prognozli variantlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Turizm va madaniy meros vazirligining 2023 yil 07 yanvardagi 04-18/84-son ma’lumotnomasi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 30 dekabrdagi 01/00-03/19-11961-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni amaliyotga tatbiqi natijasida mehnat migratsiyasi oqimiga turli omillar ta’sirining prognozli variantlari ishlab chiqildi (2030 yilda pessimistik prognoz - 3,25 million kishiga ko‘tariladi, optimistik prognoz - 1,20 million kishiga kamayadi);
nodavlat, jamoat tashkilotlari, tadbirkorlik subektlari ishtirokida tashqi mehnat migratsiyasini tartibga solish bo‘yicha tashkiliy-institutsional tuzilmani optimallashtirish bo‘yicha taklif “Fuqarolarni ishga joylashtirish maqsadida tizimli tanlash jarayonini tashkil etish usullari” ilmiy ishlanmasida foydalanildi. O‘zbekiston Respublikasining xorijda (ro‘yxatga olish, mehnatga layoqatliligini va talabgorlarning malakasini baholash) va amalga oshirilayotgan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida foydalanilgan (Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining 2017-yil 12 oktyabrdagi 02-24/4847-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbig‘i natijasida Agentlikning yalpi foydasi 12 ming nafar talabgorni tanlab olish natijasida yiliga 1 milliard 310 million so‘mdan ortiqni tashkil etdi, bunda migrantlar uchun xizmatlar narxi 17 foizga kamaytirildi. Davlat migratsiyasini boshqarish tizimining taklif etilayotgan yangi tuzilmasini amaliyotga tatbiq etish, Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining tashkiliy tuzilmasini optimallashtirish, jamoat tashkilotlari va mehnat migratsiyasiga xizmat ko‘rsatish infratuzilmasi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik mexanizmini hamda boshqaruv tizimi takomillashtirishni ta’minladi, bu esa mehnat migratsiyasiga xizmat ko‘rsatish infratuzilmasi samaradorligini oshirdi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentlikning amaldagi ish haqini o‘rtacha 9 foizga, va migrantlarning pul o‘tkazmalarini 10 foizga oshirishga yordam berdi (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 30 dekabrdagi 01/00-03/19-11961-son ma’lumotnomasi);
O‘zbekistonda migratsiya jarayonlariga ta’sir etuvchi ish haqi va daromad omillarining ko‘p omilli ekonometrik modelining miqdor parametrlari takliflar davlat, jamiyat va migrantlar manfaatlarini hisobga olgan holda tashqi mehnat migratsiyasining turli jihatlariga ta’sir etuvchi eng muhim omillarni aniqlash taklifi migratsiya jarayonlarini tartibga solishda foydalanildi hamda qonunchilik va me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirishda va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatida tashqi migratsiyani tartibga solishda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 30 dekabrdagi 01/00-03/19-11961-sonli ma’lumotnomasi). Taklif amaliy tatbig‘i natijasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda tashkiliy ravishda ishga joylashtirish tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni, Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda tashkiliy ravishda ishga joylashtirishning yaxlit tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirishni lisenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi nizom, “Fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” loyihalarida o‘z aksini topdi;
tashqi mehnat migratsiyasini davlat tomonidan tartibga solishda optimallashtirish bo‘yicha takliflar “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi qonun hujjatlariga “Tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasiga jumladan, “Tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasiga tushuntirish xati” kiritildi (mazkur qonun loyihasining 13, 14, 15, 20-moddalari), “Qonunni qabul qilishning maqsadga muvofiqligi konsepsiyasi” bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, shuningdek, Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi boshqaruv faoliyatini optimallashtirishda foydalanilgan (Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2021 yil 9 noyabrdagi 04/3-05-1216-sonli ma’lumotnomasi va Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi 2017 yil 28 avgustdagi A/07-5733-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga tatbig‘i natijasida tashqi mehnat migratsiyasini qonunchilik bilan tartibga solishning turli jihatlarini to‘liq qamrab olinishi ta’minlandi (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 30 dekabrdagi 01/00-03/19-11961-son ma’lumotnomasi). Shuningdek, Vazirlik va Agentlik funksiya va vazifalari optimallashtirish natijasida xorijga chiqib ketayotgan migrantlarni jo‘nab ketish oldidan tayyorlash jarayonida noqonuniy migratsiya oqimlarining 20,0 foizga qisqarishiga erishilgan.