Iminov Akbarjon Odiljon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Razvitie roli menedjmenta v realizatsii proekta «Bezopasniy gorod» (na primere goroda Tashkenta)”, 08.00.13 – “Menejment».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt2391.
Ilmiy rahbar: Raximova Dilfuza Nigmatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.20/13.05.2020.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Nasimov Dilmurod Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor., Eshtaev Alisher Abdug‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi «Xavfsiz shahar» loyihasini amalga oshirishda menejmentning rolini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
«Xavfsiz shahar» loyihasini samarali boshqarishda ishtirokchi tashkilotlar uchun o‘zaro axborot bilan ishlash reglamenti taklif etilgan va shu asosida axborot almashish va ma’lumotlar bilan ishlash hamda axborotni tezkor va xavfsiz almashish mumkinligi asoslab berilgan;
loyiha boshqaruvidagi ma’muriy va texnologik jixatlarini uyg‘unlashtirish orqali yo‘l harakati qoidalari buzilishini foto-video qayd etishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish va yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima summasining 30 foizi hududlarning mahalliy byudjetiga yo‘naltirilish taklif etilgan; 
loyihani yanada kengaytirish va uni «Aqlli shahar» loyihasi bilan integratsiyalash asosida «Xavfsiz shahar» loyiha boshqaruvini 2025 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
jamoat xavfsizligini ta’minlashga ixtisoslashgan loyiha komponentlarini ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarini oshkora va shaffof o‘tkazishga hamda «Xavfsiz turizm» loyihasiga joriy etish zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. «Xavfsiz shahar» loyihasini amalga oshirishda menejmentning rolini rivojlantirishga bag‘ishlangan dissertatsiya tadqiqoti natijalari asosida:
«Xavfsiz shahar» loyihasini samarali boshqarishda ishtirokchi tashkilotlar uchun o‘zaro axborot bilan ishlash reglamenti taklif etilgan va shu asosida axborot almashish va ma’lumotlar bilan ishlash hamda axborotni tezkor va xavfsiz almashish mumkinligi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining «Xavfsiz shahar» jamoat tartibiga ko‘maklashish markazi davlat muassasasi tomonidan «Vaziyatlar markazi»ning funksiya va vazifalarini shakllantirishda foydalanilgan  («Xavfsiz shahar» jamoat tartibiga ko‘maklashish markazining 2022 yil 15 iyuldagi 01-09/471-son ma’lumotnomasi). Natijada, «Xavfsiz shahar» loyihasini samarali boshqarish va ma’lumotlarni tezkor almashish tizimini joriy etishga erishilgan; 
loyiha boshqaruvidagi ma’muriy va texnologik jixatlarni uyg‘unlashtirish orqali yo‘l harakati qoidalari buzilishini foto-video qayd etishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish va yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima summasining 30 foizi hududlarning mahalliy byudjetiga yo‘naltirilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 noyabrdagi PF-27-son “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonini ishlab chiqishda qo‘llanilgan («Xavfsiz shahar» jamoat tartibiga ko‘maklashish markazining 2022 yil 15 iyuldagi 01-09/471-son ma’lumotnomasi). Natijada, «Xavfsiz shahar»  tizimini rivojlantirish markazi va Germaniyaning «ATLAS International» xalqaro kompaniyasi bilan hamkorlikda yo‘l harakati qoidabuzarliklarini avtomatlashtirilgan foto-videoda qayd etish tizimi joriy etildi va ushbu tizim yordamida aniqlangan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimaning 30 foizi mahalliy byudjetga yo‘naltirilgan; 
loyihani yanada kengaytirish va uni «Aqlli shahar» loyihasi bilan integratsiyalash asosida «Xavfsiz shahar» loyiha boshqaruvini 2025 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari «O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasi»ni ishlab chiqishda qo‘llanilgan («Xavfsiz shahar» jamoat tartibiga ko‘maklashish markazining 2022 yil 15 iyuldagi 01-09/471-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu yondashuvdan foydalangan holda, 2025 yilga kelib asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investisiyalar hajmi 382,1 trillion so‘mni tashkil qilishi kabi miqdorni belgilashga oid prognozlar belgilangan;
jamoat xavfsizligini ta’minlashga ixtisoslashgan loyiha komponentlarini ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarini oshkora va shaffof o‘tkazishga, «Xavfsiz turizm» loyihasiga joriy etish zarurligi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 4 apreldagi PQ-190-son “Avtomobil` yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori loyihasini ishlab chiqishda qo‘llanilgan («Xavfsiz shahar» jamoat tartibiga ko‘maklashish markazining 2022 yil 15 iyuldagi 01-09/471-son ma’lumotnomasi). 

Yangiliklarga obuna bo‘lish