Xasanov Axadjon Tursinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakul`teti talabalarining kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarligi pedagogik texnologiyasi», 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi ixtisosligi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped476.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar:Xankel`diev Sher Xakimovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami:O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti, DSc.27.06.2017.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Kerimov Fikrat Azizovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xaydarov Baxtiyor Tojievich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
II.Tadqiqotning maqsadi: chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakul`teti talabalarining kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarligi darajasini oshirish bo‘yicha dastur ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakul`teti talabalarining jismoniy rivojlanishi, harakat tayyorgarligi darajalari va ularning solishtirma dinamikasi aniqlangan;
chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakul`tetlari talabalari harakat tayyorgarligining zaruriy me’yorlari va talabalarning kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha o‘quv yillari uchun baholash me’yorlari ishlab chiqilgan;
chaqiriqqacha harbiy ta’lim o‘qituvchisi professiogrammasining modeli ishlab chiqilgan;
harbiy garnizon hududida o‘quv yig‘inini o‘tash davrida tanlangan sport turi vositalari yordamida va talabalarning harakat sifatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratgan holda jismoniy tarbiya dasturi samaradorligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakul`teti talabalarining kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarligi pedagogik texnologiyasi bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy-metodologik va amaliy takliflar asosida:
tajribada asoslangan kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik dasturi Farg‘ona davlat universiteti chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakul`tetining I-IV bosqich talabalarining jismoniy tarbiya bo‘yicha ta’lim jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 9 yanvardagi 89-03-69-son ma’lumotnomasi). Natijada chaqiriqqacha harbiy ta’lim o‘qituvchilarini o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari tizimida ishlash uchun tayyorlashda baholash me’yorlarini bajarish asosida o‘quv jarayoni samaradorligini oshirish imkonini bergan;
Mualliflik kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik dasturi BuxDU chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakul`teti talabalarining kasbiy jismoniy tayyorgarligi jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 9 yanvardagi 89-03-69-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning amaliy jismoniy tayyorgarligini takomillashtirishga xizmat qilgan;
Mualliflik kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik dasturini joriy qilish natijasida “Temurbeklar maktabi” harbiy-texnik yo‘nalishdagi Farg‘ona akademik liseyida o‘qituvchilarning kasbiy jismoniy tayyorgarligini oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 9 yanvardagi 89-03-69-son ma’lumotnomasi). Bu tavsiyalar o‘qituvchilar jismoniy tayyorgarligini oshirishga xizmat qilgan.