Nuraliev Farid Nekkadamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Urogenital kandidozning klinik-immunologik tavsifi hamda kasallik yakuni istiqbolini belgilovchi mezonlarni ishlab chiqish”, 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya; 14.00.11 - Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib1174.
Ilmiy rahbarlar: Musaxodjaeva Dilorom Abdullaevna, biologiya fanlari doktori, professor; Vaisov Iskandar Adxamovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Azizov Baxodir Sadikovich, tibbiyot fanlari doktori; Polevshhikov Aleksandr Vitalevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ayollarda urogenital kandidozning klinik-immunologik xususiyatlarini aniqlash, baholash va kasallikning yakuni istiqbolini belgilovchi immunologik prognostik mezonlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor haqiqiy urogenital kandidozning (qinda Candida spp >104 QHQB/ml va Lactobatsillus spp >108 QHQB/ml) haqiqiy urogenital kandidoz va qin disbiozi (Candida spp >109 QHQB/ml, Lactobatsillus spp <104 QHQB/ml, patogen va ShPM >109 QHQB/ml miqdorda aniqlanishi) bilan birgalikda kechishiga nisbatan 2,46 martaga kam uchrashi isbotlangan;
urogenital kandidoz tashhislangan ayollar qon zardobida IgE konsentratsiyasi nazorat guruhidan 6,33-6,85 martaga, prokalsitonin miqdori 4,57-5,14 martaga ishonarli ko‘payishi ilk bor isbotlangan, bu Candida spp ning qo‘zg‘atuvchi sifatida uchrashi, uzoq muddatli persistensiyasi, davomli eliminatsiyasi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
urogenital kandidozda IL-4 bo‘yicha guruhlararo tafovut 2,31-2,62, TNF-α bo‘yicha 9,52-13,01 martani tashkil etishi, ilk bor sitokinlar parametri bo‘yicha bemorlar guruhlari orasida farq bo‘lishi aniqlangan;
Candida spp >104 QHQB/ml, patogen va ShPM bilan assotsiatsiyada >109 QHQB/ml aniqlanishi, Lactobatsillus spp <104 QHQB/ml unishi, qon zardobida IgG, IgE, prokalsitonin, IL-4 va TNF-α ishonarli oshishi aniqlanishi urogenital kandidozlar asoratlanishi, residivlanuvchi ko‘rinishga o‘tishi istiqbolini belgilovchi prognostik klinik-mikologik va immunologik mezonlar sifatida tavsiya etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 1 apreldagi 23-Z/014-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot institutining 2023 yil 16 martdagi 03/735-sonli xati yuborilgan):
xaqiqiy urogenital kandidozning uning qin disbiozi fanida kechishiga nisbatdan 2.46 marta kam uchraganligi aniqlanganligi diagnostik ahamiyatga ega, chunki ushbu xolat tashxislanishi davolash taktikasini o‘z vaqtida to‘g‘ri tayinlash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro shaxar tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 01.08.2020 yildagi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm viloyat hududiy filiali bo‘yicha 22.05.2020 yildagi joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Candida spp ning sifatiy va miqdoriy ko‘rsatkichlarini patogen va ShPM bilan assotsiatsiyada kelishi, holatini aniqlash o‘z vaqtida tashxislash va davolash imkonini berdi, bu esa bemorlarda residivlar bo‘lishi, asoratlar rivojlanishining oldini oldi.bu bemor salomatligini saqlab uning mehnatga layoqatini oshirdi. Bu xolat masalaning ijtimoiy ahamiyatini ta’minlash. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) ilk bor isbotlangan diagnostik mezon ayollarda kechadigan urogenital kandidozni mikologik tashhislash, klinik-mikologik xususiyatlarini baholash, qo‘yish orqali ular davolash samaradorligini oshirishi, residivlarga yo‘l qo‘yilmaganligi hisobiga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: ayollarda urogenital kandidozni mikologik usulda tasdiqlash yoki istisno qilish, xar bir bemor uchun sarflanadigan mablag‘larining 9560 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Bu oziq muxit sarfi kamayishi, vrach-bakteriolog ish vaqti davomida bajaradigan funksiyasi oshishi bilan izoxlangan. Nuraliev Farid Nekkadamovichning «Urogenital kandidozning klinik-immunologik tavsifi hamda kasallik yakuni istiqbolini belgilovchi mezonlarni ishlab chiqish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining 2020 yil 14 avgustdagi 09/956-sonli xat yuborilgan;
urogenital kandidoz tashxislangan ayollar qon zardobida IgE konsentratsiyasi 6,33-6,85 martaga, prokalsitanin miqdori 4,57-5,14 martaga ishonarli oshgani isbotlanganligi ushbu parametrlarni kasallik tashxisotida va kasallik yakuni istiqbolini belgilashda foydalanish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro shaxar tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 01.08.2020 yildagi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm viloyat hududiy filiali bo‘yicha 22.05.2020 yildagi joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemor ayollar qon zardobida IgE miqdori oshishi organmda allergik fan borligini ko‘rsatgan, prkalsitanin miqdorining ko‘pligi immun tizim faoliyatida zo‘riqish borligi va va immun tizimidagi zo‘riqish davolash taktikasini o‘zgartirish imkonini bergan. Bu esa bemorlarda asoratlar qolishining oldini olgan. Asoratlar yo‘qligi bemor xayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan, uning mehnat unumdorligi oshgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: urogenetal kandidoz tashxislangan ayollar qon zardobida LgE va prokalsitanin aniqlanishi organzmda yallig‘lanish jarayoni rivojlanishi darajasini aniqlash imkonini bergan. Bu esa tashqi va davolash sxemasini optimallashtirish imkonini bergan. Bu xolat bemorni ambulator qatnovi kunini 2 kunga qisqartirgan. Ambulator sharoitda bir kunlik davolash 21500 so‘mga to‘g‘ri kelishini xisobga olsak, xar bir bemor ayol uchun iqtisod o‘rtacha 43000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: urogenital kandidoz tashhislangan bemor ayollar qon zardobidagi LgE va prokalalsitanin aniqlanishi organzmdagi yalliqlanishi jarayoni darajasini aniqlash imkonini berganligi hisobiga tashkil va davo sxemasi optimallashtirilgan, bu xar bir bemor ayol uchun 43000 so‘mni tajash imkonini bergan. Nuraliev Farid Nekkadamovichning «Urogenital kandidozning klinik-immunologik tavsifi hamda kasallik yakuni istiqbolini belgilovchi mezonlarni ishlab chiqish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining 2020 yil 14 avgustdagi 09/956-sonli xat yuborilgan;
ushbu kasallikda yallig‘lanishga qarshi va uni qo‘llovchi sitokinlar konsentratsiyasini aniqlash ko‘pincha immunologik diagnostik mezon sifatida tavsiya etilgan IL-4 va TNF-L aniqlanishi kasallik va bemor immum xolatini erta aniqlash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro shaxar tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 01.08.2020 yildagi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm viloyat hududiy filiali bo‘yicha 22.05.2020 yildagi joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi yallig‘lanishni qo‘llovchi TNF-α miqdor jihatdan yallig‘lanishga qarshi IL-4 ga nisbatan ko‘p aniqlanishi shu patologik xolatning yaqqol rivojlanganidan dalolat berishi, bemorlardan biologik ashyo olish bosqichida yallig‘lanish kuchli rivojlangani isbotlangani erta tashxislash uchun xizmat qilgan. Bu bemor klinik-mikologik xolatini o‘z vaqtida baholash imkonini bergan. Erta tashxislash kasallikning rivojlanishi va davomiyligini kamaytirish imkonini bergan. Bu xolat bemor ayol salomatligini ijobiy ta’sir qilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: TNFL va IL-4 sitokinlarning aniqlanishi kasallik rivojlanish va davomiyligini kamaytirgan. Ushbu tashxis usuli tez va samarali davolash imkonini berganligi ambulator davolanish vaqtini 2 kunga kamaytirish imkonini bergan. Bir kunlik davolanish 21500 so‘mga to‘g‘ri kelishini hisobga olsak, 2 kunlik tejalgan mablag‘ xar bir bemor ayol uchun 43000 so‘mni tashkil etgan. Dori vositalarining kam ishlatilishi ushbu iqtisodiy samaradorligini 12%ga, ya’ni xar bir ayol uchun qo‘shimcha 5160 so‘mga oshirgan. Jami iqtisod 48160 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: urogenital kandidoz kuzatilgan ayollar erta tashhisotida sitokenlar aniqlanishining iqtisodiy samaradorligi xar bir bemor ayol uchun 48160 so‘mni tashkil etgan. Nuraliev Farid Nekkadamovichning «Urogenital kandidozning klinik-immunologik tavsifi hamda kasallik yakuni istiqbolini belgilovchi mezonlarni ishlab chiqish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining 2020 yil 14 avgustdagi 09/956-sonli xat yuborilgan;
ayollarda kechadigan urogenital kandidozni mikologik tashxislash, klinik-mikologik xususiyatlarini baholash, erta tashhislashni yo‘lga qo‘yish orqali ular davolash samaradorligini oshirish, immunologik ko‘rsatkichlarni aniqlash orqali asoratlanish va residivlanishining oldini olishga imkon bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro shaxar tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 01.08.2020 yildagi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm viloyat hududiy filiali bo‘yicha 22.05.2020 yildagi joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: urogenital kandidozlarda aniqlangan mikologik jihatlar ayollarda kechadigan urogenital kandidozlar erta tashhisi, residivlanuvchi ko‘rinishga o‘tishi istiqbolini belgilash imkonini bergan. Candida spp ning nafaqat sifatiy, balki miqdoriy ko‘rsatkichlarini ham aniqlash, patogen va ShPM bilan assotsiatsiyada kelishi, Lactobatsillus spp ning shunga mos keskin kamayishining prognostik mezon sifatida tavsiya etilishi tibbiy va ijtimoiy jihatdan ahamiyatli ekanligi isbotlangan. Immunologik jihatlarini o‘rganish va baholash natijasida tavsiya etilgan: qon zardobida IgG, IgE, prokalsitonin, IL-4 va TNF-α larni aniqlash va baholash ushbu kasallik tashhisoti va uning yakuni istiqbolini belgilash uchun tashhisiy va prognostik mezonlar sifatida tavsiya etilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat urogenital kandidoz kuzatilgan ayollarda erta tashxis va samarali davoning qo‘llanilishi, tavsiya etilgan diagnostik va prognostik mezonlardan foydalanish xar bir bemor ayol uchun ambulator davolanish vaqtning 2 kunga qisqartirilishiga olib keldi, bu 43000 so‘mlik samara demakdir, shu kunlar davomida tejalgan dori vositalari miqdori 5160 so‘mni tashkil etdi barcha iqtisodiy samara xar bir bemor ayol uchun 48160 so‘mni tashkil etdi. Iqtisodiy samaradorning foizi 12%ni tashkil etgan. Xulosa: urogenital ayollar kuzatilgan ayollarni erta tashxislash va davolash sxemasini optimallashtirish hisobiga xar bir bemor ayol uchun 48160 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Nuraliev Farid Nekkadamovichning «Urogenital kandidozning klinik-immunologik tavsifi hamda kasallik yakuni istiqbolini belgilovchi mezonlarni ishlab chiqish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining 2020 yil 14 avgustdagi 09/956-sonli xat yuborilgan.