Davletmuratov Sultanbek Ruzimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tayyorgarlik davrining turli bosqichlarida malakali futbolchilarning mashg‘ulot yuklamalarini optimallashtirish», 13.00.04-Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped291
Ilmiy rahbar: Nurimov Raxmonberdi Igamberdievich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti, DSc.27.06.2017.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Koshbaxtiev Ildar Axmedovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Nabiev Timur Erikovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tayyorgarlik davri bosqichlarida turli yo‘nalishdagi mashg‘ulot yuklamalarini me’yorlash asosida malakali futbolchilarning mashg‘ulot jarayoni samaradorligini oshirish.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
malakali futbolchilarning mashg‘ulot yuklamalarini nazorat qilishning axborotli ko‘rsatkichlari aniqlangan;
tayyorgarlik davri bosqichlarida malakali futbolchilar mashg‘ulot yuklamalarining parametrlari tuzilmasi aniqlangan;
tayyorgarlik davri bosqichlarida mashg‘ulot yuklamalarining kattaligi, yo‘nalishi va ixtisoslashganligi bo‘yicha nisbatlari aniqlangan;
tayyorgarlik davri mashg‘ulot yuklamalari dinamikasining futbolchilar jismoniy tayyorgarligi ko‘rsatkichlari va o‘yinlar jarayonidagi texnik-taktik faoliyati samaradorligi bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;
tayyorgarlik davrining turli bosqichlarida o‘quv-mashg‘ulot jarayoni samaradorligini oshirish uchun mashg‘ulot uslublari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tayyorgarlik davrining turli bosqichlarida malakali futbolchilarning mashg‘ulot yuklamalarini optimallashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy metodologik va amaliy takliflar asosida:
tayyorgarlik davrining turli bosqichlarida yuklamalarning (anaerob-alaktat - 20%; anaerob-glikolitik - 10%; aralash - 40%; aerob - 30%) optimal nisbatlari aniqlanib yuqori malakali futbolchilarning o‘quv-mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq etilgan (Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining 2017 yil 29 dekabrda 01-07-08-4041-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yuqori malakali futbolchilarni tayyorlash tartibining yaxshilanishiga xizmat qilgan;
mualliflik metodikasi yuqori malakali futbolchilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligi jarayonida qo‘llanilgan (Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining 2017 yil 29 dekabrda 01-07-08-4041-sonli ma’lumotnomasi). Natijada futbolchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligi darajasi 14,2% ga, maxsus jismoniy tayyorgarligi 11,7% ga o‘sishiga imkon bergan;
ishlab chiqilgan metodika O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining “SKIF” jamoasi o‘quv-mashg‘ulotlarida qo‘llanilgan (Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining 2017 yil 29 dekabrda 01-07-08-4041-sonli ma’lumotnomasi). Natijada “SKIF” jamoasi “Universiada-2016” musobaqalarida chempion bo‘lishiga xizmat qilgan;
mualliflik metodikasi Oliy liganing “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Olmaliq” jamoalari, birinchi liganing “Lokomotiv BFK” va ikkinchi liganing “Oq tepa” hamda “SKIF” jamoalari mashg‘ulotlariga joriy etilgan (Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining 2017 yil 29 dekabrda 01-07-08-4041-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yuqori malakai futbolchilarning o‘quv-mashg‘ulotlar jarayoni takomillashtirilishiga imkon bergan.