Eshmurzaeva Aida Abdiganievnaning

falsafa doktori (RhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Revmatoid  artritning anemik sindrom bilan kechishi va davolashning o‘ziga hosligi», 14.00.05–Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tib198.

Ilmiy rahbar: Karimov Ma’rif Shakirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.02.

Rasmiy opponentlar: Aliaxunova Mavjuda Yusupovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Maxmudova Aziza Djumanovna, tibbiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali intoksikatsiya markyorlari va xelikobakter invaziyani hisobga olgan holda anemik sindromli  revmatoid artritni davolashga tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

anemiya bilan kechuvchi revmatoid artritli bemorlarda ferrokinetika ko‘rsatkichlari va eritrotsitlarning funksional holatining o‘zgarishi isbotlangan; 

xelikobakter pilori bilan assotsirlangan va assotsirlanmagan revmatoid artritga chalingan bemorlarda  ferrokinetika ko‘rsatkichlar o‘zgarish xususiyatlari ochib berilgan; 

anemiya sindromli revmatoid artritga chalingan bemorlarda  xelikobakter infeksiyasining temir tanqisligi  ko‘rsatkichlariga ta’sir mexanizmi isbotlangan;

anemiya sindromli revmatoid artritda  ferrokinetik ko‘rsatkichlarni  inobatga olgan holda ferlatum preparati bilan davo samaradorligini oshirish aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Revmatoid artrit kechishi xususiyatlari va bemorlarda ferrokinetik  ko‘rsatkichlarni o‘zgarishini aniqlash asosida davolashni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

anemik sindromli revmatoid artritli bemorlarda ferrokinetik ko‘rsatkichlarni aniqlash davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Revmatoid artrit bemorlarda xelikobakter infeksiyasini hisobga olgan holda anemiyaning kechishining klinik xususiyatlari»  uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saklash vazirligining 2018 yil 4 apreldagi 8n-d/73-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma anemik sindromli revmatoid artrit bemorlarda xelikobakter infeksiyasini inobatga olgan holda kasallik kechishining xususiyatlari, antianemik dori vositalarining ta’sirini baholash imkonini bergan;

bemorlarda ferrokinetika  ko‘rsatkichlarni o‘zgarishini aniqlash orqali revmatoid artritni davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan  terapiya va tibbiy reablitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi 3-klinikasi klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 6 apreldagi 8n-z/45-son ma’lumotnomasi). Tatbiq qilingan natijalar xelikobakter infeksiyasi assotsirlangan anemik sindromli revmatoid artritni davolash samaradorligini oshirish, kasallik klinik ko‘rinishlariga anemiyaning ta’sirini kamaytirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish