Shukurova Umida Abdurasulovnaning
fan doktori (DSc)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatidagi qizil yassi temiratkini klinik-patogenetik davolash», 14.00.21–Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib98.
Ilmiy maslahatchi: Bekjanova Ol`ga Esenovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.28.12.2017.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Kopbaeva Mayra Taytoleuovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi); Lukina Galina Il`xamovna, tibbiyot fanlari doktori (Rossiya Federatsiyasi); Gulyamov Sur’at Saidvalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Omsk davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatidagi qizil yassi temratikini tashxislash sifatini oshirish va etiopatogenetik davolash kompleksini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatidagi qizil yassi temiratkili bemorlar orasida kasallikning og‘ir klinik shakllari tarqalishining o‘sib borishi bilan somatik patologiya chastotasining ortishi va surunkali infeksiya o‘choqlari o‘rtasida o‘zaro bog‘lanish isbotlangan;
og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatidagi qizil yassi temiratki klinik shakllarining jadallashishi bemorlarda ruhiy emotsional holatini yomonlashishiga, reaktiv va shaxsiy xavotirlik ko‘rsatkichlarini ortishiga sabab bo‘lishi aniqlangan;
og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatidagi qizil yassi temiratkining rivojlanishida endogen intoksikatsiyaning patogenetik roli ilk bor ko‘rsatilib, bu og‘iz suyuqligi va qondagi molekulaning o‘rtacha massasi yig‘ilishi, al`buminning sorbsion va transport vazifasi pasayishi, yallig‘lanish va yallig‘lanishga qarshi sitokinlar nisbatining siljishi kasallikning og‘irlik darajasi bilan korrelyasiyalanishi aniqlangan;
og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatidagi qizil yassi temiratkining og‘ir klinik ko‘rinishlarida bemorlarning og‘iz suyuqligi, ichak va qon zardobida mikroflora metabolitlarining miqdor tarkibi va sifatini o‘zgarishidagi patogenetik roli isbotlangan;
kasallikning polietiologik tabiatini inobatga olgan holda kasallikning og‘irlik shakklariga bog‘liq, mahalliy va sistem patogenetik mexanizmlarga ta’sir etuvchi tizimli umumiy va mahalliy davolash kompleksi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
OBShQdagi QYaTni klinik-patogenetik davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatidagi qizil yassi temiratkini klinik kechishining xususiyatlari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 2 apreldagi 8n-d/65-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma OBShQdagi QYaTni etiologiyasi, patogenezi, tashxislash, klinik kechishi va oldini olishning tizimli davolash imkonini bergan;
«Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatidagi qizil yassi temiratkini tashxislashda qisqa zanjirli yog‘ kislotalarning o‘rni» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 2 apreldagi 8n-d/65-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma OBShQdagi QYaTni tashxislashdagi ahamiyatli xususiyatlarni keng tizimli yoritishga xizmat qilgan;
«Suksinasol yordamida og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatidagi qizil yassi temiratkini davolash» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 2 apreldagi 8n-d/65-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiya OBShQdagi QYaTni davolashda Suksinasol bemorlarning umumiy holatini yaxshilash, su’ektiv shikoyatlar va og‘riqlarning yo‘qolishiga olib kelgan;
OBShQdagi QYaTni tashxislash va davolashning samarali tizimini ishlab chiqish va takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shahar stomatologik poliklinikasi, Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy markazi, Toshkent tibbiyot akademiyasi 3-klinikasi, Toshkent davlat stomatologiya institutining klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 7 apreldagi 8n-d/27-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi og‘iz bo‘shlig‘idagi QYaTni davolash muddatlarini kasallikning tipik shaklida 4 kunga, ekssudativ-giperemik shaklida 3,4 kunga, eroziv-yara shaklida 5,4 kunga, bullyoz shaklida esa 4,1 kunga qisqarishiga olib kelgan.