Ro‘ziboyeva Ma’muraxon Abdunabiyevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Pedagogik fasilitatsiya asosida talabalarni ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish”, 13.00.01- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4390. 
Ilmiy rahbar: Abdullayeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD 03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muhabbat Fayziyevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Farsaxonova Dilafruz Rizaxanovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pedagogik fasilitatsiya asosida talabalarni ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogik fasilitatsiya asosida talabalar ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatlari kasbiy ahamiyatli vaziyatlarni ratsional yechimini topishning ierarxik traektoriyasini aniqlashga qaratilgan fenomenologik va aksiologik yondashuvlarni o‘zaro adaptiv uyg‘unlashtirish hamda kognitiv, kommunikativ, hissiy komponentlar yaxlitligini barqaror ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalar ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi pedagogik ko‘maklashishga tashkiliy-faoliyati ta’sir qiluvchi didaktik omillarni aniqlash, axborotlar bilan ishlash, o‘z-o‘zini rivojlantirish hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlar mutanosibligi prinsipiga ko‘ra tayanch bilimlarini bosqichma-bosqich modellashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalar ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoni tashkiliy-didaktik mexanizmlarning innovatsion-interaktiv tuzilmasini mustahkamlashga qaratilgan ijtimoiy loyiha va xatti-harakatlar majmuini o‘zaro muvofiqlashtirish hamda analitik-tashkiliy, faoliyatli-natijaviy bosqichlar ketma-ketligi barqarorligini intensiv aniqlash asosida takomillashtirilgan; 
talabalar ijtimoiy kompetensiyalari rivojlanishini baholash mezonlari insonparvarlik ideallariga yo‘nalganlik darajasini oshirishga qaratilgan ahloqiy komponentlarning pedagogik mazmunini hamda motivatsion-kognitiv, refleksiv-baholovchi komponentlar uyg‘unligini ta’lim maqsadlari bilan bosqichma-bosqich optimallashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogik fasilitatsiya asosida talabalarni ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish mavzusidagi ilmiy tadqiqot natijalari asosida: 
pedagogik fasilitatsiya asosida talabalar ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatlari kasbiy ahamiyatli vaziyatlarni ratsional yechimini topishning ierarxik traektoriyasini aniqlashga qaratilgan fenomenologik va aksiologik yondashuvlarni o‘zaro adaptiv uyg‘unlashtirish hamda kognitiv, kommunikativ, hissiy komponentlar yaxlitligini barqaror ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrug‘i asosida nashrga tavsiya etilgan 23-0314 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada pedagogik fasilitatsiyani rivojlantirishga doir nazariy va amaliy materiallar bilan boyitish imkoni yaratilgan;
talabalar ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi pedagogik ko‘maklashishga tashkiliy-faoliyati ta’sir qiluvchi didaktik omillarni aniqlash, axborotlar bilan ishlash, o‘z-o‘zini rivojlantirish hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlar mutanosibligi prinsipiga ko‘ra tayanch bilimlarni bosqichma-bosqich modellashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrug‘i asosida nashrga tavsiya etilgan 23-0314 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada ijtimoiy kompitensiyalarini rivojlantirishga doir nazariy va amaliy materiallar bilan boyitishga sharoit yaratilgan;
talabalar ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoni tashkiliy-didaktik mexanizmlarining innovatsion-interaktiv tuzilmasini mustahkamlashga qaratilgan ijtimoiy loyiha va xatti-harakatlar majmuini o‘zaro muvofiqlashtirish hamda analitik-tashkiliy, faoliyatli-natijaviy bosqichlar ketma-ketligi barqarorligini intensiv aniqlash asosida takomillashtirishga doir tavsiyalar “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrug‘i asosida nashrga tavsiya etilgan 23-0314 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik tizimini rivojlantirish mexanizmlari amaliyotda qo‘llash samaradorligi oshirilgan;
talabalar ijtimoiy kompetensiyalari rivojlanishini baholash mezonlari insonparvarlik ideallariga yo‘nalganlik darajasini oshirishga qaratilgan ahloqiy komponentlarning pedagogik mazunini hamda motivatsion-kognitiv, refleksiv-baholovchi komponentlar uyg‘unligini ta’lim maqsadlari bilan bosqichma-bosqich optimallashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrug‘i asosida nashrga tavsiya etilgan 23-0314 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining ijtimoiy kompitensiyalarini rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish