Abdullayeva Umida Abdukadirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi o‘zbek she’riyatida ijroviy lirika poetikasi (Abdulla Oripov va Usmon Azim ijodi misolida)”, 10.00.02 - O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2861.
Ilmiy rahbar: Shodmonov Nafas Namozovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raqulov Uzoq Haydarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Quvvatova Dilrabo Xabibovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ijroviy lirika nazariyasi, genezisi va taraqqiyot tadriji, ijroviy lirikada ijodiy xotira va badiiy sintez muammosini yoritish, ijroviy lirikada sotsioantropologik dominant munosabatlari dialektikasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijroviy lirikaning genezisi yoritilib, uning lirik qahramonning shoir shaxsiyati bilan umumiy o‘xshashligi bo‘lgan she’rlar va shoir shaxsiyatidan farqli she’rlar; turli jismlar, o‘simlik va hayvonlar tilidan aytilgan she’rlar kabi semantik hamda an’anaviy ijroviy lirika, mazmunan doston, rivoyat-ertak xarakterida bo‘lgan she’rlar, xalq qo‘shiqlari yo‘lida ijro etiladigan she’rlar kabi strukturaviy guruhlarga tasniflanib, ikki subyektivlikka ega ekani ochib berilgan;
lirik qahramon ruhiyatini ochishda ijtimoiy voqelikning ta’siri, ya’ni XX asrda ijtimoiy dardning kuchaygani, milliy koloritning sun’iylashgani, natijada o‘zbek she’riyatida ijroviy lirika rivojlangani, shunigdek, subyektlar psixologizmining psixologik tasvir usuli sifatida namoyon bo‘lishi aniqlangan;
ijodiy xotiraning tasavvur, fantaziya, andozalar, fikrlash, ijodkorlik kabi aspektlari mavjudligi va ijodkorning ijodiy niyati ijodiy xotira negizida shakllanishi, ijroviy lirika namunalarida sotsioantropologik dominantlik subyektning jamiyatdagi kurashuvchan va taniqli shaxslar, badiiy asarlardagi tipik obrazlar orasidan tanlangani, shuningdek, unda gender munosabatlar ifodalangani ochib berilgan;
Abdulla Oripov she’riyatidagi ijroviy lirika namunalari asosan to‘rtlik shaklida ekanligi, teran falsafiy g‘oyalar qisqa satrlarda ochib berilgani, Usmon Azim ijodida ijroviy lirikaga oid she’rlar nisbatan ko‘p ekani, shoirning turli motivlar orqali betizgin ruhiyatini ifodalash xususiyatiga egaligi, shuningdek, ijtimoiy voqelikka ko‘ra taniqli obrazlar xarakterini qayta yaratgani ko‘rsatib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi o‘zbek she’riyatida ijroviy lirika poetikasi (Abdulla Oripov va Usmon Azim ijodi misolida) mavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
ijroviy lirikaning genezisi yoritilib, uning lirik qahramonning shoir shaxsiyati bilan umumiy o‘xshashligi bo‘lgan she’rlar va shoir shaxsiyatidan farqli she’rlar; turli jismlar, o‘simlik va hayvonlar tilidan aytilgan she’rlar kabi semantik hamda an’anaviy ijroviy lirika, mazmunan doston, rivoyat-ertak xarakterida bo‘lgan she’rlar, xalq qo‘shiqlari yo‘lida ijro etiladigan she’rlar kabi strukturaviy guruhlarga tasniflanib, ikki subyektivlikka ega ekani ochib berilganiga oid nazariy xulosalar va amaliy tavsiyalardan F1-FA-0-43429, FA-F1, G002 “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” hamda FA-F1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyoshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihalarida foydalanilgan (O‘zR FA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2023-yil 16-yanvardagi 18.01/07-son ma’lumotnomasi). Natijada birlamchi manbalar va ularning talqinlari sintezi kabi tushunchalar haqida batafsil ma’lumot olish imkonini bergan;
lirik qahramon ruhiyatini ochishda ijtimoiy voqelikning ta’siri, ya’ni XX asrda ijtimoiy dardning kuchaygani, milliy koloritning sun’iylashgani, natijada o‘zbek she’riyatida ijroviy lirika rivojlangani, shunigdek, subyektlar psixologizmining psixologik tasvir usuli sifatida namoyon bo‘lishi aniqlanganiga doir xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan o‘tkazilishi rejalashtirilgan bir qator ilmiy, badiiy, madaniy-ma’rifiy tadbirlar tematikasini belgilashda muhim nazariy manba sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2023-yil 21-fevraldagi 01-03/232-son ma’lumotnomasi). Natijada Yangi O‘zbekistonning belgilangan strategik rivojlanish tamoyillarini, yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularining uyg‘onishida, o‘zbek milliy adabiyot o‘qituvchilarining o‘qitish uslublari bugungi kun talablariga mos bo‘lishi kerakligini ko‘rsatib berish imkonini bergan.