Izzatillayev Parviz Inoyatillayevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Eron navoiyshunosligi: tadqiq, talqin va tarjima”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyoshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil525.
Ilmiy rahbar: Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01. 
Rasmiy opponentlar: Musurmonov Erkin Rabbimovich, filologiya fanlari doktori, professor To‘xsanov Qahramon Raximboyevich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Eron navoiyshunosligining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlarini aniqlash, Eron tarjimonlari tomonidan Alisher Navoiyning fors tiliga tarjima qilingan asarlari namunalarini qiyosiy adabiyoshunoslik rakursida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Eron navoiyshunosligining ilk davrida fors tiliga o‘girilgan “Majolis un-nafois” tazkirasining Eron adabiy muhitida tutgan o‘rni va ahamiyati manbalar asosida dalillangan hamda tazkiraning tarjima variantlari original matn bilan qiyosan tekshirilib, tarjima variantlar va original turkiy matndagi tafovut va ixtiloflar hamda tarjima variantlardagi o‘zaro nomuvofiqliklar va farqli jihatlar aniqlangan;
Eron navoiyshunosligida shoir asarlarining tarjima an’analari davom ettirilib, tarjimonlarning tarjima ishidagi yondashuvlari, asl nusxalarning nozik individual uslub xususiyatlarini butun mukammalligi bilan asrashga say’-harakat qilganligi, asarlarning asli asosida tarjima matnini yaratishga kirishganligi ochib berilgan;
Eronda navoiyshunoslikning zamonaviy davriga kelib, Alisher Navoiy asarlarining tarjima variantlari bilan bir qatorda uning turkiy tildagi asarlariga ham keng murojaat qilina boshlanganligi, bu davrga kelib shoirning “Mezon ul-avzon” va “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarlarining forsiy tarjimasi yaratilib, ilmiy tadqiqot obyektiga aylanganligi isbotlangan;
Eron navoiyshunosligining zamonaviy davrida buyuk mutafakkir asarlarining ilmiy tanqidiy matnini yaratishga kirishilganligi hamda olimlarning har ikki asarni turli qo‘lyozma variantlar bilan o‘zaro qiyosiy tekshirishlari natijasida, mazkur ilmiy-tanqidiy matnlarning tuzilganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Eron navoiyshunosligi: tadqiq, talqin va tarjima tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mumtoz o‘zbek adabiyotida ijtimoiy hodisalarning badiiy ifodasi, janrlarning mavzu ko‘lami, adabiyot va milliy o‘zlikni anglash masalalari Alisher Navoiy hayoti va faoliyati misolida dalillanganligi, jahon ilm-fani kesimida yangi “Navoiyshunoslik” ilmining paydo bo‘lishi, shoir hayoti va ijodiy merosining Eronda tarjima, tadqiq va tahlil qilinishi, eronlik olimlar tarjimasidagi shoir asarlarida originallik va adekvatlik masalalarining aks etishi hamda qiyosiy adabiyoshunoslik aspektida tahlil etish, daho shoir asarlarining tarjima qilinishi natijasida nafaqat turkiy xalqlar adabiyoshunosligi, balki jahon adabiyoti tadqiqi rivojiga ko‘rsatgan ijobiy ta’siri davr adabiy mezonlari zamirida asoslanganiga doir ilmiy-nazariy xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2020-yillarda bajarilgan “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyani (7-jild) chop etish” mavzusidagi OT-F1-030-raqamli fundamental loyihaning nazariy qismida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 23-yanvardagi 01/4-134-son ma’lumotnomasi). Natijada, jahon navoiyshunosligining taraqqiyot tendensiyalari, xususan, Eronda Alisher Navoiy asarlarini tarjima, tadqiq va nashr etish bilan bog‘liq yangi faktlar ilmiy istifodaga olib kirilgan;
dunyo navoiyshunosligi kesimida Eronda Alisher Navoiy asarlarini o‘rganish, tadqiq, tahlil va talqin qilinishi, qolaversa, Eron navoiyshunosligining shakllanish tarixi va taraqqiyot bosqichlarining mavjud manbalar asosida yoritilishi va ushbu bosqichlarning ilmiy asoslab berilishi, Alisher Navoiy asarlariga bo‘lgan e’tibor va qiziqishning kuchayishi natijasida shoir asarlarining fors tilidagi tarjima variantlarining yaratilishi hamda uning qalamiga mansub asarlarning tarjima va original matnlar asosida tadqiq etilishi, tarjima va asliyatdagi matnlarning o‘zaro qiyoslanishi natijasida tarjima variantlarda aniqlangan yutuq va kamchiliklarning ilmiy dalillangan xulosalar asosida isbotlab berilishi, ulug‘ mutafakkir asarlariga Eronda munosabat, xususan, olimlarning Alisher Navoiy asarlariga yondashuvlariga oid yangiliklarning ilk bor ilmiy muomalaga kiritilishi, umuman olganda, Eron navoiyshunosligining o‘tmishi va bugungi holatiga oid yangi ilmiy ma’lumot va xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2018-2020-yillarda bajarilgan “Navoiyshunoslik tarixi (XX-XXI asrlar)” mavzusidagi amaliy loyihaning o‘zbek navoiyshunoslari antologiyasi qismida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 23-yanvardagi 01/4-133-son ma’lumotnomasi). Natijada, dunyo navoiyshunosligi kesimida shakllanib, taraqqiy etayotgan Eron navoiyshunosligiga oid yangi faktlar ilk bor ilmiy jamoatchilik hukmiga havola etilgan va antologiya zamonaviy navoiyshunoslik tendensiyalariga oid yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish