Sultonov Komolitdin Sadriddinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Uzumning yuqori sifatli sertifikatlangan ko‘chatlarini ishlab chiqarish tizimining ilmiy asoslari», 06.01.07–Mevachilik va uzumchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Qx37.
Ilmiy maslahatchi: Bo‘riev Xasan Cho‘tbaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, Andijon qishloq xo‘jalik instituti, DSc27.06.2017.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Kayimov Abjuxalil Kayimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Kojaxmetov Sovetbek Kojaxmetovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Xujamshukurov Nortoji Abduxalikovich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Akademik M.Mirzaev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tokning yangi, fitosanitar holati yaxshilangan tayanch ona tokzorlarini yaratish va sog‘lomlashtirilgan, yuqori sifatli, sertifikatlangan ko‘chatlarni jadal ko‘paytirish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekistonda fitosanitar holati yaxshilangan ona tokzorlar barpo etish zarurligi aniqlangan;
yuqori sifatli sertifikatlangan ko‘chatchilikka mo‘ljallangan ona tokzorlar yaratish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
himoyalangan va ochiq er sharoitlarida tok ko‘chatlarini vertikal va gorizontal parxishlash yo‘li bilan ko‘paytirishning samarali usuli ishlab chiqilgan;
yog‘ochlashgan qalamchalarda ildiz olish jarayonlari jadalligining qo‘shimcha ozuqa (biogumus) berishga va ozuqaga to‘yingan novdalardan foydalanishga bog‘liqligi aniqlangan;
tok yashil qalamchalarida ildiz tizimi regeneratsiyasining novda olish muddatiga (r=0,87), qalamchalarni ekish sxemasiga (r=0,85) o‘zaro bog‘liqlik darajasi (korrelyasion) isbotlangan;
sog‘lomlashtirilgan tok ko‘chatlarini biotexnologik usulda in vitro sharoitida o‘stirish uchun eksplantlarni olish tartibi, muddati va samarali ozuqa muhiti aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda yuqori sifatli uzum ko‘chatini jadal ishlab chiqarish texnologiyasining ilmiy va amaliy asoslari bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
uzumchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun «Tok ko‘chatlarini yashil qalamchasidan etishtirish» tavsiyanomasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 20 fevraldagi 02/22-123-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma uzumchilikkka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
biogumus substratidan foydalangan holda ochiq erda tok ko‘chatlarini tezkor etishtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan texnologik ishlanma Parkent tumanidagi «Norchontol» fermer xo‘jaligida 0,6, «Shomaxmud Nazira» fermer xo‘jaligida 0,2, «Gulbog‘ O‘taboev O‘ktam» fermer xo‘jaligida 0,2, «Sardor» fermer xo‘jaligida 0,3, «Inoqov Akrom» fermer xo‘jaligida 0,2 gektar va Bo‘stonliq tumanidagi «Mushtariy Malika Kamron» fermer xo‘jaligida 0,2 gektar, jami 1,1 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 20 fevraldagi 02/22-123-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida gektariga 52083 dona sertifikatlangan tok ko‘chati chiqishiga erishilgan, iqtisodiy samaradorlik gektariga o‘rtacha 78489,166 ming so‘mni tashkil etgan;
ochiq er sharoitlarida tok ko‘chatlarini vertikal va gorizontal parxishlash yo‘li bilan tezkor ko‘paytirish texnologiyasi Parkent tumanidagi «Madr ota» fermer xo‘jaligida 0,2, «Mirpo‘lat» fermer xo‘jaligida 0,2, «Norchontol» fermer xo‘jaligida 0,2, «Inoqov Akrom» fermer xo‘jaligida 0,3 gektar va Bo‘stonliq tumanidagi «Farxod do‘stlik agro» fermer xo‘jaligida 0,2, «Abduraxim va Ruxsatgul» fermer xo‘jaligida 0,15 gektar, jami 1,25 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 20 fevraldagi 02/22-123-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida gektariga 78987 dona sertifikatlangan tok ko‘chati chiqishiga erishilgan, iqtisodiy samaradorligi gektariga o‘rtacha 95186,114 ming so‘mni tashkil etgan;
sanoat tokzorlari fitosanitar holatining standart ko‘chatlar chiqishiga ta’siri bo‘yicha ishlab chiqilgan texnologik ishlanma Parkent tumanidagi «Gulbog‘ O‘taboev O‘ktam» fermer xo‘jaligida 0,3, «Shomaxmud Nazira» fermer xo‘jaligida 0,3 gektar va Bo‘stonliq tumanidagi «Farxod do‘stlik agro» fermer xo‘jaligida 0,3, «Mushtariy Malika Kamron» fermer xo‘jaligida 0,4 gekar, jami 1,3 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 20 fevraldagi 02/22-123-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida gektariga 393450 dona yog‘ochlashgan standart qalamchalar chiqishiga erishilgan, iqtisodiy samaradorligi gektariga o‘rtacha 65828,75 ming so‘mni tashkil etgan;
ochiq er sharoitlarida ko‘chatlarni tezkor ko‘paytirish uchun tokning klon ona ko‘chatzorlarini barpo etish bo‘yicha ishlanmasi Parkent tumanidagi «Madr ota» fermer xo‘jaligida 0,2, «Norchontol» fermer xo‘jaligida 0,3, jami 0,4 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 20 fevraldagi 02/22-123-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida yiliga gektaridan 417500 donagacha standart qalamchalar (ekish materiali) chiqishiga erishilgan, iqtisodiy samaradorligi gektariga o‘rtacha 88500,0 ming so‘mni tashkil etgan.