Safarova Guljaxon Eshtemirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Palladiy, kumush va simobni dietilamino-4-metilgeksin-2-ol-4 eritmasi bilan suvsiz amperometrik aniqlash», 02.00.02 – Analitik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/K412.
Ilmiy rahbar: Smanova Zulayxo Asanalievna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.04.2022.K.78.05.
Rasmiy opponentlar: Sultonov Marat Mirzaevich, kimyo fanlari doktori, professor; Abduraxmanov Ilxom Ergashboevich, kimyo fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy ob’ektlar va sanoat materiallari tarkibidagi palladiy(II), kumush(I) va simob(II) ionlarining miqdorini dietilamino-4-metilgeksin-2-ol-4 eritmasi bilan suvsiz va aralash muhitlarda amperometrik titrlash uslublarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dietilamino-4-metilgeksin-2-ol-4 va uning Pd(II), Ag(I) va Hg(II) ionlari bilan komplekslarini elektrooksidlanishi aylanuvchi platinali mikrodiskli anodda suvsiz va aralash muhitlarda vol`tamperometrik aniqlash uslubi ishlab chiqilgan;
Pd(II), Ag(I) va Hg(II) ionlarini dietilamino-4-metilgeksin-2-ol-4 eritmasi bilan amperometrik titrlashning maqbul sharoitlari topilgan va titrlash egrisining shakli va natijalariga turli omillar ta’siri aniqlangan;
Pd(II), Ag(I), Hg(II) ionlarini sirka kislotasi va uni 50 hajm% xloroform bilan aralashmasi, 30 hajm% benzol, 25 hajm% uglerod to‘rtxlorid, 20 hajm% geksan muhitlarida titrlab miqdoriy aniqlashda fon elektrolit sifatida 0,20M litiy perxlorat olingan va elektrodlardagi kuchlanish 0,95 V ni tashkil qilishi aniqlangan;
Pd(II), Ag(I) va Hg(II) ionlarining mikromiqdorlarini ularning individual, binar, uchlamchi va murakkab eritmalari tarkibidan dietilamino-4-metilgeksin-2-ol-4 eritmasi bilan amperometrik titrlash yordamida nisbiy standart chetlanishi 0,008 dan oshmagan miqdoriy tahlil uslublari ishlab chiqilgan va mertrologik ko‘rsatkichlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tabiiy va texnogen ob’ektlarda palladiy(II), kumush(I) va simob(II) larni dietilamino-4-metilgeksin-2-ol-4 eritmasi bilan suvsiz va aralash muhitlarda amperometrik titrlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
simob(I) ning miqdorini dietilamino-4-metilgeksin-2-ol-4 eritmasi bilan suvsiz va aralash muhitlarda amperometrik titrlab aniqlashning ishlab chiqilgan usuli «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJda amaliyotga joriy etilgan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJ ning 2021 yil 30 noyabrdagi 926/GK-11-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan usul tabiiy va texnogen ob’ektlar tarkibidagi simob(II) ning mikromiqdorini aniqlash imkonini bergan;
palladiy(II) va kumush(I) miqdorlarini dietilamino-4-metilgeksin-2-ol-4 yordamida suvsiz amperometrik titrlab aniqlashning ishlab chiqilgan usuli «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJda amaliyotga joriy etilgan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJ ning 2021 yil 27 dekabrdagi 1054/GK-12-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan usul yordamida standart namunalar tarkibidagi palladiy(II) va kumush(I) ionlari aniqlanishining quyi chegarasini bir tartibga kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish