Jumayev Jabbor Hamroqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Azot tutgan halqali birikmalarning to‘yinmagan hosilalari sintezi, xossalari va texnologiyasi», 02.00.14 ‒ Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.RhD/T3245.
Ilmiy rahbar: Axmedov Voxid Nizomovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, PhD.17/30.07.2022.T.06.03.
Rasmiy opponentlar: Kadirov Xasan Irgashevich texnika fanlari doktori, professor; Beknazarov Hasan Soyibnazarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: azot tutgan halqali birikmalarni yuqori asosli sistemalarda vinilatsetilen ishtirokida qo‘shbog‘ va uchbog‘ saqlagan aminlar hamda ularning hosilalarini olish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
morfolin, piperidin vinilatsetilen bilan katalitik birikish jarayoni atmosfera bosimida tabiati turlicha bo‘lgan erituvchilar va katalizatorlar ishtirokida sistemali tadqiq qilingan hamda aminlarga vinilatsetilen birikish jarayoni kinetikasi asoslangan;
KOH-DMSO yuqori asosli sistemada tanlangan aminlarni vinilatsetilenga biriktirishda, asosan N-morfolinbutadiyen-2,3, va N-piperidinbutadiyen-2,3 hosil bo‘lishi aniqlangan va texnologik jarayonni olib borishning maqbul sharoiti topilgan;
qo‘shbog‘ va uchbog‘ saqlagan aminlarning hosilalari ishlab chiqarish jarayonida ingibitor sifatida qo‘llanilishi yuqori samarador ekanligi isbotlangan;
uchbog‘ saqlagan aminlardan tegishli karbonil tutgan ingibitorlar sintez qilingan va texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Azot tutgan halqali birikmalarning to‘yinmagan hosilalari sintezi, xossalari va texnologiyasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
sintez qilingan N-piperidinbutanon-2, N-morfolinbutanon-2 ingibitorlari “Sho‘rtan gazkimyo majmuasi” MCHJda amaliyotga joriy etilgan (“Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ ning 2022-yil 26-dekabrdagi 50-13/1348-son ma’lumotnomasi). Natijada, sintez qilingan N-piperidinbutanon-2, N-morfolinbutanon-2 larni ingibitorlar sifatida sanoat aylanma suvlarida qo‘llash metall konstruksiyalarini himoya qilish imkonini bergan;
tarkibiga uchlamchi amin hamda donor atomlari bo‘lgan ingibitorlar “Sho‘rtan gazkimyo majmuasi” MCHJda amaliyotga joriy etilgan (“Sho‘rtan gazkimyo majmuasi” MCHJ ning 2022-yil 26-dekabrdagi 50-13/1348-son ma’lumotnomasi); Natijada, N-piperidinbutanon-2, N-morfolinbutanon-2 ingibitorlaridan foydalanish 68900970 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan.