Mirzayev Jamol Dustiyarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Navli bug‘doy unlarining novvoylik xossalarini yaxshilash texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.17 - Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T1733.
Ilmiy rahbar: Ravshanov Suvonqul Saparovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/28.02.2022.T.101.01.
Rasmiy opponentlar: Majidova Nargiza Qaxramonovna, texnika fanlari doktori; Qobilova Nilufar Xudoyshukurovna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: novvoylik xossalari past navli mahalliy bug‘doy un navlarini granulometrik fraksion tarkibga ajratib, ularning novvoylik xossalarini yaxshilash texnologiyasini ishlab shiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy bug‘doy doni turkumlaridan tortilgan yuqori navli novvoylik unlarining tarkibida 10 mkmdan kishik granulometrik fraksya miqdori 7% dan ortiqligi eksperimental aniqlangan;
mahalliy bug‘doy don turkumlaridan tortilgan un navlarining novvoylik xossalari kraxmal donashalarining o’lshami va mexanik shikastlanganlik darajasiga bog‘liqligi nazariy va eksperimental isbotlangan;
navli novvoylik bug‘doy uni tarkibidagi 10 mkmdan kishik granulometrik fraksya ilk bor pnevmotsentrofugalash usulida ajratilib, non shiqishi va uning sifat ko’rsatkishlarini oshirishga erishilgan;
novvoylik bug‘doy unidan ajratib olingan 10 mkm dan kishik o’lshamli mexanik shikastlangan kraxmalli granulometrik fraksyani unli qandolat mahsulotlarini ishlab shiqarish resepturasida qo’llash bo’yisha tavsiya ishlab shiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy bug‘doy don turkumlaridan tortilgan yuqori navli novvoylik bug‘doy unlarining texnologik xossalarini oziqaviy qo’shimshalarsiz yaxshilash texnologiyasini ishlab shiqish bo’yisha olingan ilmiy natijalar asosida:
navli novvoylik bug‘doy uni tarkibidagi kishik o’lshamli va mexanik shikastlangan kraxmal donashali fraksyalarni ajratish orqali ularning funksional-texnologik xossalarini oziqaviy qo’shimshalarsiz yaxshilash texnologiyasi «OLTIN BOSHOQ ISSIQ NONI» MShJning «2024-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo’yisha istiqbolli ishlanmalar ro’yxati»ga kiritilgan («O’zdonmahsulot» AKning 2023-yil 25-yanvardagi 6-1-2/12-72-son ma’lumotnomasi). Natijada, non hajmini nazorat namunasiga nisbatan 35-75 sm³ ga, solishtirma hajmini 0,50-0,58 g/sm3 ga, mag‘iz g‘ovakligini 11-14% ga, H/D ko’rsatkishini 0,12-0,13 birlikka, non sifati organoleptik bahosini 8-9 ballga yaxshilash imkonini beradi;
navli novvoylik un turkumlari tarkibidan ajratilgan kishik o’lshamli va mexanik shikastlangan kraxmal donashali fraksyadan unli qandolat mahsulotlari ishlab shiqarish texnologiyasi «Ko’ksaroy» MShJ ning «2024-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo’yisha istiqbolli ishlanmalar ro’yxati»ga kiritilgan («O’zdonmahsulot» AKning 2023-yil 25-yanvardagi 6-1-2/12-72-son ma’lumotnomasi). Natijada, unli qandolat mahsulotlarining bo’kuvshanligini nazorat namunasiga nisbatan 14% ga, namlik va qand miqdorini 1% gasha yaxshilash imkonini beradi.