Yorboboev Ruslan Chorievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Markaziy Qizilqum fosforitlarini nitrat kislotali qayta ishlash asosida kompleks o‘g‘itlar olishning chiqindisiz texnologiyasini yaratish», 02.00.13 - Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1715.
Ilmiy rahbar: Mirzaqulov Xoltura Chorievich,texnika fanlari doktori., professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019. K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Namozov Shafoat Sattorovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Turaev Zokirjon, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: MQ fosforitlarini nitrat kislotasi bilan donadorlangan NPCa-o‘g‘itlar va SAKO‘ga qayta ishlashning kompleks, chiqindisiz texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
MQ fosforitlarini (BFX, YuQK va YuKFK) nitrat kislota bilan parchalanish jarayonining kinetik parametrlar: tezlik konstantasi, harorat koeffisienti va faollanish energiyasi hisoblangan va nazariy asoslangan, ularning o‘rtacha qiymati mos ravishda Ks=1,717 min-1; Tk=1,16 va Ea=4,56 kDj/mol`ni tashkil etgan hamda MQ fosforitlari reaksion qobiliyati yuqori bo‘lgan xomashyolar turiga tegishli ekanligi isbotlangan;
MQ fosforitlarini nitrat kislota bilan parchalab NKE olish jarayoniga texnologik parametrlarning ta’siri qonuniyatlari va nordon bo‘tqani ammonizatsiyalash jarayonining maqbul texnologik sharoitlari aniqlangan;
nordon va ammonizatsiyalangan bo‘tqalarni fil`trlash jarayonining optimal texnologik parametrlari hamda suyuq va qattiq fazalarning reologik va fizik-kimyoviy xossalari aniqlangan;
ilk bor, ammonizatsiyalangan NKEdan qattiq fazani fil`trlashda PAA-gel` flokulyantini qo‘llab, jarayon haroratiga bog‘liq ravishda fil`trlanish tezligini 2,5-3,0 marta oshirishi isbotlangan;
MQ fosforitlarini nitrat kislotasi bilan kompleks qayta ishlash asosida tarkibida sekin ta’sir etuvchi va suvda eruvchan fosfor tutgan donadorlangan NPCa-o‘g‘itlari va SAKO‘ olish jarayoniga texnologik parametrlarning ta’siri qonuniyatlari va maqbul sharoitlari aniqlangan;
tarkibida sekin ta’sir etuvchi va suvda eruvchan fosfor tutgan donadorlangan NPCa-o‘g‘iti va ammonizatsiyalangan bo‘tqadan ajratilgan suyuq fazani gazsimon ammiak, ammoniyli selitra yoki karbamidning sifatsiz qismini qo‘shish orqali netrallab olingan SAKO‘ning kimyoviy va tuzli tarkiblari va tovar xossalari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
MQ fosforitlarini nitrat kislota bilan parchalash orqali sekin ta’sir qiluvchi va suvda eruvchan fosforli donador NPCa-o‘g‘itlari va SAKO‘ olishning chiqindisiz texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
MQ fosforitlarini nitrat kislotali parchalash asosida olingan NPCa-1 o‘g‘itini olish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK-AJning «2023-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Elektrokimyozavod» QK-AJning 2023 yil 7 fevraldagi 25-son ma’lumotnomasi). Natijada, donadorlangan, sekin ta’sir qiluvchi fosfor tutgan NPCa-o‘g‘itlar olish imkonini beradi;
donadorlangan NPCa-o‘g‘itga EFK ko‘shish orqali Sa moduli kamaytirilgan NPCa-2 o‘g‘iti olish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK-AJning «2023-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Elektrokimyozavod» QK-AJning 2023 yil 7 fevraldagi 25-son ma’lumotnomasi). Natijada, turli tuproqqa va o‘simliklarning vegetatsiya davriga mos keladigan, tarkibida suvda eriydigan shakldagi fosforli assortimentini o‘z ichiga olgan donador NPCa-2 o‘g‘itlarini ishlab chiqarish imkoni beradi.