Ermatova Munojat Qosimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sug‘oriladigan tuproqlar eritmasining tarkibi va konsentratsiyasini o‘simliklar oziqlanishi uchun maqbullashtirish yo‘llari”, 06.01.04 – Agrokimyo (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2022.1.PhD/Qx834
Ilmiy rahbar: Sidiqov Saidjon, qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, PhD.05/04.03.2022.Qx.13.03.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Nazarbay Madrimovich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor; Karimberdieva Amina Azimovna, qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sug‘oriladigan tuproqlar eritmasining tarkibi va konsentratsiyasini o‘simliklar oziqlanishi uchun maqbullashtirish yo‘llarini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 O‘zbekistonda ilk marotaba sug‘oriladigan tuproqlarning eng murakkab qismi-tuproq eritmasi ajratib olingan; 
 tuproq eritmasining konsentratsiyasi, kimyoviy tarkibi, osmotik bosimi, muvozanatliligi aniqlandi va ushbu ko‘rsatkichlarni ko‘plab tabiiy va antropogen omillar ta’sirida o‘zgarib turishi yoritib berilgan;
 tuproq eritmasining kimyoviy tarkibi va konsentratsiyasini turli agrofonlar va o‘simlikning vegetatsiya davrida o‘zgarishi aniqlangan;    
 tuproq eritmasining kimyoviy tarkibi va konsentratsiyasini g‘o‘zaning fiziologik ko‘rsatkichlari, o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri ilmiy asoslangan;
 tuproq eritmasini o‘simlik oziqlanishi nuqtai nazaridan optimal holatini doimiy ta’minlashni boshqarishning ilmiy asosi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sug‘oriladigan tuproqlar eritmasining tarkibi va konsentratsiyasini o‘simliklar oziqlanishi uchun maqbullashtirish yo‘llari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
Sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar xossalarini yaxshilash, g‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishi uchun tuproq eritmasining optimal sharoitini yaratish uchun gektariga 250-300 kg azot, 210 kg fosfor va 150 kg kaliy qo‘llash tavsiya etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 22 dekabrdagi № 02/022-5097-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tavsiya etilgan o‘g‘it me’yori sug‘oriladigan tuproqlarning unumdorligi va ekinlar hosildorligini oshirishda asos bo‘lib xizmat qilgan.
Sug‘oriladigan tuproqlar eritmasining tarkibi va konsentratsiyasini optimal holatini yaratish uchun ishlab chiqilgan tavsiyalar “Ro‘ziev Abray” fermer xo‘jaligining 55 gektar maydonida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 22 dekabrdagi № 02/022-5097 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada gektariga N250P175K125 o‘g‘it qo‘llanilganda, eritma konsentratsiyasi 15,9-21,8 l/mmol bo‘lib, g‘o‘zaning hosildorligi 34,10 s/ga ni tashkil qilgan. O‘g‘it me’yori N300P210K150 gacha ko‘paytirilganda, eritmaning konsentratsiyasi oshib (29,8 l/mmol), o‘simlik uchun optimal oziqlanish sharoiti yaratilishi hisobiga hosildorlik 37,40 s/ga miqdorga ko‘tarilgan.
Tuproq eritmasining tarkibi va konsentratsiyasini g‘o‘zaning oziqlanishi uchun maqbullashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar “Tal’at Zohirshox” fermer xo‘jaligining 25 gektar maydonida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 22 dekabrdagi № 02/022-5097 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada gektariga N250P175K125 me’yorda o‘g‘it qo‘llanilganda, eritmaning konsentratsiyasi 16,0-22,1 l/mmol bo‘lib, 37,30 s/ga hosil olingan. O‘g‘it me’yori N300P210K150 gacha ko‘paytirilganda, eritmaning konsentratsiyasi oshib (30,0 l/mmol), hosildorlik 41,11 s/ga miqdorga ko‘tarilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish