Xolmo‘minov Feruz Zarif o‘g‘lining
bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Indoneziyada islom dini tarqalishida samarqandlik olimlarning o‘rni”, 24.00.01 – Islom tarixi va manbashunosligi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B 2021.3.PhD/Tar971.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Nizomiddinov Najmiddin G‘ulomovich; tarix fanlari nomzodi, dotsent Zohidov Qobiljon Toirjonovich.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Indoneziyada islom dinining tarqalish jarayonida samarqandlik ulamolar faoliyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Indoneziyaga islomning Gujarot, Makka, Xitoy va Eron orqali kirib kelgani to‘g‘risidagi yondashuvlar orasida “Makka nazariyasi”ning (النظرية المكية) tarixiy voqelikka hamohangligi qadimiy Barus shahrida (مدينة باروس) VII asr o‘rtalaridayoq arab-musulmon qishlog‘ining bo‘lgani hamda u yerdan topilgan arab tilida “Shayx Rukuniddin 672-yilda vafot etgan” va “Shayx Usuluddin” bitiklari yozilgan qabr toshlariga binoan dalillangan;
XIV-XV asrlarda Indoneziyada islom tarqalishi Jumadil Kubro, Ibrohim Samarqandiy, Mavlono Ishoq ilgari surgan pir-murid, insoniy poklik, latoif g‘oyalari ta’sirida kubroviylik tariqati rivojlanib, “Valiy songo” (Wali Sanga) avliyolar silsilasi shakllanishi hamda ular asos solgan diniy maktabda yetishib chiqqan Ali Rahmatulloh (1401–1481), Sunan Bonang (1465–1525), Sunan Qudus (vaf. 1550) singari izdoshlari faoliyati natijasi ekani asoslangan;
Indoneziyada faoliyat yuritgan Jumadil Kubro, Ibrohim Samarqandiy va Mavlono Ishoqning samarqandlik Burhoniddin Sog‘arjiy avlodlari ekani uning Xitoydagi faoliyati hamda “Yava o‘lkasi tarixi” (Babad Tanah Jawi) asaridagi Sunan Kaliyaga (1450–1513) nasabnomasida Jumadil Kubrodan oldin Sog‘arjiy nomining keltirilishiga asosan isbotlangan;
Ibrohim Samarqandiy o‘z targ‘ibotida “namoz” (الصلاة), “jannat” (الجنة) kabi atamalar o‘rniga yava tilidagi “sembahyang”, “swarga” singari muqobillarini qo‘llashi, masjidlar binosini mahalliy ibodatxonalar kabi uchburchak piramida ko‘rinishida qurdirishidek o‘ziga xos uslublari Champa, Yava va Sumatra aholisi orasida islomni oson qabul qilinishiga sabab bo‘lgani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Indoneziyada islom dini tarqalishida samarqandlik olimlarning o‘rni bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
Indoneziyaga islom dinining Gujarot, Makka, Xitoy va Eron orqali kirib kelgani to‘g‘risidagi yondashuvlar orasida “Makka nazariyasi”ning (النظرية المكية) tarixiy voqelikka hamohangligi qadimiy Barus shahrida VII asr o‘rtalaridayoq arab-musulmon qishlog‘ining bo‘lgani hamda u yerdan topilgan arab tilida “Shayx Rukuniddin 672-yilda vafot etgan” va “Shayx Usuluddin” bitiklari yozilgan qabr toshlariga binoan dalillangani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita buyurtmasi asosida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan tayyorlangan “Xorijiy mamlakatlardagi diniy vaziyat tahlili” deb nomlangan kitob mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2023-yil 10-fevraldagi 02-03/816-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu Indoneziyaga islom dini kirib kelishi va tarqalishi borasidagi tushunchalarni va mintaqa diniy madaniyati rivojidagi xorijlik olimlar ahamiyatini ko‘rsatishga oid tahlillarni amalga oshirish uchun xizmat qilgan;
XIV–XV asrlarda Indoneziyada islom tarqalishi Jumadil Kubro, Ibrohim Samarqandiy, Mavlono Ishoq ilgari surgan pir-murid, insoniy poklik, latoif g‘oyalari ta’sirida kubroviylik tariqati rivojlanib, “Valiy songo” (Wali Sanga) avliyolar silsilasi shakllanishi hamda ular asos solgan diniy maktabda yetishib chiqqan Ali Rahmatulloh (1401–1481), Sunan Bonang (1465–1525), Sunan Qudus (vaf. 1550) singari izdoshlari faoliyati natijasi ekani asoslangani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalaridan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan tayyorlangan “Islom sivilizatsiyasi” qomusiy lug‘atini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining 2023-yil 7-fevraldagi 05-13/16-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu jahon ilm-fani va islom madaniyati tamadduniga hissa qo‘shgan allomalarimiz ilgari surgan-g‘oyalarning jamiyat hayotini yuksalishiga qaratilgan insonparvarlik, ma’rifatparvarlik tushunchalarini rivojlanishiga xizmat qilgan;
Indoneziyada faoliyat yuritgan Jumadil Kubro, Ibrohim Samarqandiy va Mavlono Ishoqning samarqandlik Burhoniddin Sog‘arjiy avlodlari ekani uning Xitoydagi faoliyati hamda “Yava o‘lkasi tarixi” (Babad Tanah Jawi) asaridagi Sunan Kaliyaga (1450–1513) nasabnomasida Jumadil Kubrodan oldin Sog‘arjiy nomining keltirilishiga asosan isbot-langaniga doir xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi buyurtmasi asosida tayyorlangan “O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi” nomli kitobi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2023-yil 7-fevraldagi 02/58-son ma’lumotnomasi). Natijada, kelib chiqishi samarqandlik bo‘lgan allomalarning Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasida islom dini va madaniyati taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini ochib berishga xizmat qilgan;
Ibrohim Samarqandiy o‘z targ‘ibotida “namoz” (الصلاة), “jannat” (الجنة) kabi atamalar o‘rniga yava tilidagi “sembahyang”, “swarga” singari muqobillarini qo‘llashi, masjidlar binosini mahalliy ibodatxonalar kabi uchburchak piramida ko‘rinishida qurdirishidek o‘ziga xos uslublari Champa, Yava va Sumatra aholisi orasida islomni oson qabul qilinishiga sabab bo‘lgani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalari O‘zbekiston musulmonlar idorasi tasarrufidagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan buyurtma asosida tayyorlangan “Buyuk yurt allomalari” nomli kitob mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston musulmonlari idorasining tasarrufidagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2023-yil 
9-fevraldagi 01-07/29-son ma’lumotnomasi). Natijada, islom dinining milliy qadriyat va an’analar rivojidagi o‘rni kengroq ochib berilib, dinlararo bag‘rikenglik g‘oyalarini yanada kengroq yoyishga asos bo‘lib xizmat qilgan

Yangiliklarga obuna bo‘lish