Urazimbetov Aybek Baxtiyarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Talabalarda milliy identiklikni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini takomillashtirish», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2398.
Ilmiy rahbar: Matjanov Nurjan Sultamuratovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/03.12.2021.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Yarmatov Raxim Baxramovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda milliy identiklikni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda milliy identiklikni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari jamiyat ijtimoiy buyurtmasiga mos malaka talablarning o‘zaro uyg‘unligini ta’minlashga qaratilgan faol bunyodkorlik sifatlarini vujudga keltiruvchi an’anaviy va zamonaviy qadriyatlar yaxlitligini izchil ta’minlashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda milliy identiklikni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini aniqlash jarayoni ijobiy-mustaqil faoliyatni tashkil etishning imitatsion usullarini qo‘llash, an’anaviylikning milliy xususiyatlarini namoyon etishga qaratilgan ma’rifatparvarlik hamda vatanparvarlik hislatlari amaliyligini ta’minlashga bosqichma-bosqich yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda milliy identiklikni rivojlantirish texnologiyalari an’analar va urf-odatlar mohiyatini tahliliy aniqlashga qaratilgan intellektual-estetik darajasining motivatsion-kognitiv va produktiv-refleksiv komponentlar uyg‘unligini ta’minlashga ustuvorlik berish hamda intellektual-viktorinali didaktik topshiriqlarni kiritish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning milliy identikligini rivojlantirish mezonlari xissiy-motivatsion, akseologik-faoliyatli va kognitiv xulq-atvor darajalar mazmunini milliy-ma’naviy qadriyatlardan foydalanish amaliyligini ta’minlashga qaratilgan yangi hayotiy g‘oyalarini qaror toptirishning ta’sirchan didaktik elementlarini kiritishga barqaror ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda milliy identiklikni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
talabalarda milliy identiklikni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari jamiyat ijtimoiy buyurtmasiga mos malaka talablarning o‘zaro uyg‘unligini ta’minlashga qaratilgan faol bunyodkorlik sifatlarini vujudga keltiruvchi an’anaviy va zamonaviy qadriyatlar yaxlitligini izchil ta’minlashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” mavzusidagi ilmiy loyihada bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 17 maydagi 02-07-1794/04-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning milliy identikligini rivojlantirishda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil qilish samaradorligi oshgan;
talabalarda milliy identiklikni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini aniqlash jarayoni ijobiy-mustaqil faoliyatini tashkil etishning imitatsion usullarini qo‘llash, an’anaviylikning milliy xususiyatlarini namoyon etishga qaratilgan ma’rifatparvarlik hamda vatanparvarlik hislatlari amaliyligini ta’minlashga bosqichma-bosqich yo‘naltirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalardan Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” mavzusidagi ilmiy loyihada bajarishida foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 17 maydagi 02-07-1794/04-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning milliy identikligini rivojlantirishda motivatsion, kognitiv va kommunikativ malakalarini rivojlantirish imkoni yaratilgan;
talabalarda milliy identiklikni rivojlantirish texnologiyalari an’analar va urf-odatlar mohiyatini tahliliy aniqlashga qaratilgan intellektual-estetik darajasining motivatsion-kognitiv va produktiv-refleksiv komponentlar uyg‘unligini ta’minlashga ustuvorlik berish hamda intellektual-viktorinali didaktik topshiriqlarni kiritish asosida takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” mavzusidagi ilmiy loyihada bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 17 maydagi 02-07-1794/04-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning milliy identikligini rivojlantirishga asoslangan mustaqil faoliyat yuritishi va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish samaradorligi oshgan;
talabalarning milliy identikligini rivojlantirish mezonlari xissiy-motivatsion, akseologik-faoliyatli va kognitiv xulq-atvor darajalar mazmunini milliy-ma’naviy qadriyatlardan foydalanish amaliyligini ta’minlashga qaratilgan yangi hayotiy g‘oyalarini qaror toptirishning ta’sirchan didaktik elementlarini kiritishga barqaror ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” mavzusidagi ilmiy loyihada bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 17 maydagi 02-07-1794/04-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda milliy identiklikni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish