Sultonboeva Munira Bahodirovnaning
doktorlik dissertatsiyasi (DSc) himoyasihaqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda investisiya fondlarini rivojlantirishning konseptual jihatlari», 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/Iqt125.
Ilmiy maslahatchi: Mustafakulov Sherzod Igamberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.15.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Norboy G‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xamidulin Mixail Borisovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Elmirzaev Samariddin Eshkuvatovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida O‘zbekistonda investisiya fondlari faoliyatini samarali tashkil etish va barqaror rivojlantirishning konseptual jihatlarini asoslashga doir ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aholi pul jamg‘armalarining investisiyalarga aylanishi, qimmatli qog‘ozlar bozorining samarali ishlashi, real sektor korxonalari uchun qo‘shimcha investisiya resurslarini taqdim etish imkonini beruvchi venchur investisiya fondlari bo‘yicha zamonaviy moliyaviy instrumentning tashkiliy-iqtisodiy asosi ishlab chiqilgan;
moliyaviy resurslarni taqsimlash jarayonini rivojlantirish bo‘yicha venchur investisiya fondlarining samarali ishlash mexanizmi yangi tarkibiy elementlarni joriy etish asosida takomillashtirilgan;
maxsus tijoriy investision loyihalarni ishlab chiqish, ularni baholash va ixtisoslashgan ishonchli boshqaruvchilarga taqdim etish yuzasidan loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha uslubiy yo‘llanmalar taklif etilgan;
venchur investisiya fondlari faoliyatini rivojlantirish, ularning jozibadorligini oshirish, investorlarning talabini rag‘batlantirishning iqtisodiy-moliyaviy, tashkiliy-huquqiy tavsifdagi imtiyozlar paketi ishlab chiqilgan;
xalqaro moliya bozorlaridagi tendensiyalar, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan institusional o‘zgarishlar va belgilangan strategiyalardan kelib chiqqan holda investisiya fondlari faoliyatini yaqin istiqbolda rivojlantirishning ustuvor jihatlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda investisiya fondlarini rivojlantirishning konseptual asoslarini ilmiy-uslubiy jihatdan takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar asosida:
venchur investisiya fondlari bo‘yicha mamlakat moliya bozorining rivojlanishi uchun taklif etilgan yangi moliyaviy instrumentning institusional asosini tatbiq etish taklifi “Investisiya va pay fondlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 13-moddasining “Investisiya fondining faoliyatidagi cheklovlar” bandida qo‘shimcha ravishda kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining 2018 yil 23 apreldagi MM-6-3/17-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi natijasida aholi pul jamg‘armalarini investisiyalarga aylanishi, qimmatli qog‘ozlar bozorining samarali ishlashi, real sektor korxonalari uchun qo‘shimcha investisiya resurslarini jamlash va taqdim etish imkoni yaratilgan;
moliyaviy resurslarni samarali taqsimlash jarayonini tobora rivojlantirish bo‘yicha venchur investisiya fondlari faoliyatining samarali mexanizmini qo‘llash taklifi ekspert-analitik guruh tomonidan uslubiy yo‘riqnomani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining 2018 yil 23 apreldagi MM-6-3/17-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy qilinishi natijasida aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ixtiyoridagi bo‘sh pul mablag‘larining investisiya fondlariga jamlanishi va ulardan maqsadli foydalanish darajasi oshgan;
venchur investisiya fondlari maxsus tijoriy investision loyihalarni moliyalashtirishini hisobga olib, maxsus tijoriy loyihalarni ishlab chiqish, mavjud loyihalarni adolatli baholash va mazkur loyihalarni ixtisoslashgan ishonchli boshqaruvchilarga taqdim qilish yuzasidan Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha uslubiy yo‘llanmalardan foydalanish taklifi investisiya fondlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha uslubiy yo‘riqnomani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining 2018 yil 23 apreldagi MM-6-3/17-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi natijasida investisiya fondlari mablag‘larini qimmatli qog‘ozlar bozoriga jalb etish bilan bir qatorda turli investision loyihalarni moliyalashtirish imkonini yaratgan;
to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritiladigan venchur investisiya fondlari faoliyatini rivojlantirish, ularning jozibadorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan imtiyozlar paketidan foydalanish taklifi qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish bo‘yicha yaratilayotgan ichki yo‘riqnomani ishlab chiqishda tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining 2018 yil 23 apreldagi MM-6-3/17-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida mamlakatda investisiya muhitini yanada yaxshilash, xususiylashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik jihatdan qayta jihozlash va rekonstruksiya qilish, aholi ixtiyoridagi bo‘sh mablag‘larni iqtisodiyotga jalb etish, venchur investisiya fondlarini tashkil qilish asnosida investisiyalar ko‘lamini kengaytirish va investisiyalarni erkin almashtiriladigan valyuta yoki yangi zamonaviy texnologik asbob-uskuna tarzida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritiladigan venchur investisiya fondlari faoliyatini rivojlantirishga imkon yaratgan;
xalqaro moliya bozorlaridagi tendensiyalar, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan institusional o‘zgarishlar va belgilangan strategiyalardan kelib chiqqan holda investisiya fondlari faoliyatini yaqin istiqbolda rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha taklifi ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining 2018 yil 23 apreldagi MM-6-3/17-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida O‘zbekistonda investisiya fondlari faoliyatini samarali tashkil etishning asosiy yo‘nalishlari va istiqbol ko‘rsatkichlari to‘g‘risida xulosa chiqarish imkoni yaratilgan.