Toshev Otabek Sodiqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv institutining o‘ziga xos xususiyatlari», 12.00.09–Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Yu769. 
Ilmiy rahbar: Suyunova Dilbar Joldasbayevna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: To‘laganova Gulchexra Zaxitovna, yuridik fanlar doktori, professor; Mo‘minov Bexzod Abduvaxobovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Tadqiqotning maqsadi aybiga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv institutining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash, mazkur sohadagi munosabatlarni tartibga soluvchi amaldagi protsessual qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish va ularni qo‘llash amaliyoti samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
II.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv jinoyat ishini yuritishni o‘ziga nisbatan qo‘yilgan gumonga, ayblovga rozi bo‘lgan, jinoyatning ochilishiga faol ko‘maklashgan va keltirilgan zararni bartaraf etgan gumon qilinuvchining yoki ayblanuvchining iltimosnomasiga asosan nazorat qiluvchi prokuror bilan ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, uncha og‘ir bo‘lmagan va og‘ir jinoyatlar bo‘yicha tuziladigan kelishuv ekanligi asoslantirilgan;
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani surishtiruvning va dastlabki tergovning istalgan bosqichida berishi zarurligi asoslangan;
kelishuv prokuror, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, uning himoyachisi tomonidan imzolanishi, kelishuv imzolanguniga qadar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi kelishuv tuzish masalasini va uning oqibatlarini himoyachi bilan xoli qolib va maxfiy holda muhokama qilish huquqiga ega ekanligi isbotlangan;
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi bilan aybiga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzilgan bo‘lsa, himoyachidan voz kechishiga yo‘l qo‘yilmasligi asoslantirilgan.
III.    Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. Aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv institutini takomillashtirish yuzasidan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida: 
aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv jinoyat ishini yuritishni o‘ziga nisbatan qo‘yilgan gumonga, ayblovga rozi bo‘lgan, jinoyatning ochilishiga faol ko‘maklashgan va keltirilgan zararni bartaraf etgan gumon qilinuvchining yoki ayblanuvchining iltimosnomasiga asosan nazorat qiluvchi prokuror bilan ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, uncha og‘ir bo‘lmagan va og‘ir jinoyatlar bo‘yicha tuziladigan kelishuv ekanligi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining 
2021-yil 18-fevraldagi O‘RQ-675-son “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunning 2-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022-yil 13-dekabrdagi 06-13/71-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning tatbiq etilishi aybiga iqrorlik kelishuvi tushunchasini aniqlashtirishga xizmat qilgan;
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani surishtiruvning va dastlabki tergovning istalgan bosqichida berishi zarurligi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 
18-fevraldagi O‘RQ-675-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunning 2-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022-yil 13-dekabrdagi 06-13/71-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning tatbiq etilishi aybiga iqrorlik kelishuvini tuzishga oid ishlarni ko‘rib chiqishda sansalorlik oldini olishga yordam berib, protsess ishtirokchilari huquq va manfaatlari himoya qilinishiga imkon bergan;
kelishuv prokuror, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, uning himoyachisi tomonidan imzolanishi, kelishuv imzolanguniga qadar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi kelishuv tuzish masalasini va uning oqibatlarini himoyachi bilan xoli qolib va maxfiy holda muhokama qilish huquqiga ega ekanligi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi O‘RQ-675-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunning 2-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022-yil 
13-dekabrdagi 06-13/71-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning tatbiq etilishi aybiga iqrorlik kelishuvini tuzishga oid ishlarni ko‘rib chiqishda protsess ishtirokchilari huquqiy yordam olishini ta’minlashga imkon bergan;
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi bilan aybiga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzilgan bo‘lsa, himoyachidan voz kechishiga yo‘l qo‘yilmasligi haqidagi takliflar Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan ta’minlashga oid qonunlarni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 17-son qarorining 14 bandi beshinchi xatboshisida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2022-yil 10-noyabrdagi 08/752-22-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning tatbiq etilishi aybiga iqrorlik to‘g‘risida kelishuvni tuzishda himoyachi ishtiroki ta’minlanishiga yordam berib, fuqarolarning huquqlari himoya qilinishiga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish