Mamadjanov Zokir Nematjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy alyumosilikatlarni sul`fat kislotali qayta ishlash jarayonlarini o‘rganish va ular asosida koagulyantlar olish», 02.00.13–Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T27.
Ilmiy rahbar: Shamshidinov Israiljon Turgunovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Namazov Shafoat Sattarovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Sultonov Boxodir Elbekovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Angren koni kaolin gillarini samarador koagulyant – alyuminiy sul`fatga qayta ishlash jarayonlarini aniqlash va koagulyant olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Angren kaolin gillarini kislotada eriydigan shakllarini ortishiga kuydirish haroratini ta’siri aniqlangan;
ilk bor kaolin gillarini kislotali qayta ishlash siklining o‘zida kal`siyli reagentlardan foydalangan holda kislotalilikni kamaytirish va alyuminiy sul`fat eritmasini temir birikmalaridan tozalashning shart-sharoitlari aniqlangan;
kaolin gillarini konsentrlangan (60-98%) sul`fat kislota bilan qayta ishlash va shlamni yuvishning alyuminiyni maksimal ajralish darajasi ta’minlanadigan maqbul texnologik ko‘rsatkichlari aniqlangan;
ilk bor oldindan namlangan kaolin va konsentrlangan sul`fat kislotadan foydalanish xisobiga takomillashtirilgan usul bo‘yicha mahsulotning maksimal unumi bilan alyuminiy sul`fat olingan;
Angren koni kuydirilgan kaolinlaridan alyuminiyni konsentrlangan sul`fat kislotada ajratib olish yo‘li bilan koagulyant olishning energetik tejamkor texnologiyasi ishlab chikilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Angren koni kaolinlarini alyuminiy sul`fatga qayta ishlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va texnik echimlar asosida:
alyuminiy sul`fat olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligidan ixtiroga patent olingan (№ IAP 05574). Natijada kuydirilgan va oldindan namlangan kaolinni konsentrlangan sul`fat kislota bilan parchalash, suv bilan bo‘tqalashtirish, bo‘tqani fil`trlash, eritmani bug‘latish va mahsulotni kristallantirish yo‘li bilan koagulyant – alyuminiy sul`fat olish imkonini bergan;
Angren koni kaolin gillarini alyuminiy sulfatga qayta ishlash texnologiyasi «Qo’qon superfosfat zavodi» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2018 yil 15 martdagi 01/3-1066/P-son ma’lumotnomasi). Natijada respublikamizdagi mahalliy alyuminiyli xomashyo – Angren koni kaolinlaridan ilk marotaba alyuminiy sul`fat asosidagi samarador koagulyant olish imkonini bergan;
koagulyant – alyuminiy sul`fat Namangan viloyati “Suvoqava” davlat unitar korxonasida ichimlik suvlarini tozalashda foydalanilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2018 yil 15 martdagi 01/3-1066/P-son ma’lumotnomasi). Natijada koagulyasiya xususiyatiga ko‘ra import qilinadigan koagulyantlardan kolishmaydigan va tannarxi 2,5 marta arzon bo‘lgan mahsulot olish imkonini bergan.