Narimanov Bekzod Abduvaliyevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy mexanizmini takomillashtirish”, 12.00.02. – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/Yu403.
Ilmiy maslahatchi: Xakimov Raxim Rasuljonovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.02.
Rasmiy opponentlar: Ismailova Gulnoza Saydiganixodjayevna, yuridik fanlar doktori, professor; Zulfiqorov Sherzod Xurramovich, yuridik fanlari doktori, professor; Nematov Jo‘rabek Nematilloyevich, yuridik fanlar doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nodavlat notijorat tashkilotlarining jamiyat va davlat hayotidagi rolini oshirish uchun ularning huquqiy maqomini Konstitutsiya darajasida mustahkamlanishi zarurligi asoslantirilgan;
nodavlat notijorat tashkilotlariga grant loyihasining sifatli, o‘z vaqtida amalga oshirilishi va natijalarning monitoring qilinishida amaliy yordam berish hamda hamkor tashkilotlarning ishini muvofiqlashtirib borish uchun mas’ullik “Milliy hamkor”ga yuklatilishi zarurligi asoslantirilgan;
fuqarolik jamiyatining rivojlanish holati va tendensiyalarini kuzatib borish imkoniyatini beradigan elektron portal bazasida ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning yangi zamonaviy mexanizmlarini joriy etish zarurligi asoslantirilgan; 
elektron jamoatchilik nazoratini amalga oshirish istiqbollari asosida davlat organlari va tashkilotlari tomonidan majburiy tartibda elektron portalga joylashtirib borilishi talab etiladigan masalalar aniq belgilanishi lozimligi asoslab berilgan; 
nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning amaldagi tartibini tahlil etish asosida keng jamoatchilikning taklif va mulohazalarini inobatga olgan holda, davlat grantlari va ijtimoiy buyurtmalar uchun tanlovlarning ustuvor yo‘nalishlarini shakllantirish zarurligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagilarda foydalanilgan:
nodavlat notijorat tashkilotlari institutining jamiyat va davlat hayotidagi rolini oshirish uchun ularning huquqiy maqomi Konstitutsiya darajasida mustahkamlanishi zarurligiga oid taklif Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XIII bobi, 72-moddasini ishlab chiqishda inobatga olingan (Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2023-yil 4-maydagi 02/6-09-19-son dalolatnomasi). Ushbu taklif nodavlat notijorat tashkilotlarining konstitutsiyaviy-huquqiy maqomiga ega bo‘lishi va ularning faoliyatini tartibga soluvchi hamda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlariga doir qonunchilik hujjatlarining tizimlashtirishga xizmat qilgan;
Adliya vazirligi tomonidan NNTga grant loyihasini amalga oshirishda amaliy yordam berish va hamkorlik qilish uchun milliy hamkorni biriktirish, milliy hamkorning biriktirilganligi haqida ushbu tashkilotni xabardor qilishi zarurligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyundagi 328-son qarori bilan tasdiqlangan Mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlarining xalqaro grant loyihalarini amalga oshirishda davlat boshqaruvi organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 8 va 9-bandlarini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022-yil 25-avgustdagi 12/21-58-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi davlat organlarida faoliyat yurituvchi tor doiradagi mutaxassislarning NNTga grant loyihasini amalga oshirishda amaliy yordam berish va hamkorlik qilish kafolatlarini ta’minlashga xizmat qilgan;
nodavlat notijorat tashkilotlariga grant loyihasining sifatli, o‘z vaqtida amalga oshirilishi va natijalarning monitoring qilinishida amaliy yordam berish hamda hamkor tashkilotlarning ishini muvofiqlashtirib borish uchun mas’ullik Milliy hamkorga yuklatilishi zarurligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyundagi 328-son qarori bilan tasdiqlangan Mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlarining xalqaro grant loyihalarini amalga oshirishda davlat boshqaruvi organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 11 va 12-bandlarini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022-yil 25-avgustdagi 12/21-58-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi grant loyihasini amalga oshirishda NNT va davlat organlarining samarali hamkorligini ta’minlashga xizmat qilgan;
fuqarolik jamiyatining rivojlanish holati va tendensiyalarini kuzatib borish imkoniyatini beradigan elektron portal bazasida ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning yangi zamonaviy mexanizmlarini joriy etish zarurligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 208-son qarorining 2-bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘limining 2022-yil 16-dekabrdagi 33/1-576-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi raqamli texnologiyalarni keng jalb etgan holda ijtimoiy sheriklik munosabatlarini yanada shaffoflashtirishga xizmat qilgan;
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan majburiy tartibda elektron portalga joylashtirib borilishi talab etiladigan masalalar aniq belgilanishi lozimligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 208-son qarorining 3-bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘limining 2022-yil 16-dekabrdagi 33/1-576-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi nodavlat notijorat tashkilotlarining jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmini takomillashtirishga xizmat qilgan;
nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning amaldagi tartibini tahlil etish asosida keng jamoatchilikning taklif va mulohazalarini inobatga olgan holda, davlat grantlari va ijtimoiy buyurtmalar uchun tanlovlarning ustuvor yo‘nalishlarini shakllantirish hamda taqdim etilgan loyihalarni baholash jarayonlarining jamoatchilikka oshkoraligini ta’minlash zarurligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 192-son qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning 5-bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2022-yil 15-maydagi 12-15-12-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi nodavlat notijorat tashkilotlarining jamoatchilik nazorati faoliyatini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish