Radjapova Muhtaram Ziyodullaevna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Jinoyat ishlarini yuqori sud instansiyalarida ko‘rilishida prokuror funksiyalari va vakolatlarini takomillashtirish: qiyosiy-huquqiy tahlil”, 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi (Yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Yu258.
Ilmiy rahbar: Po‘latov Baxtiyor Xalilovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, DSc.31/31.12.2020.Yu.67.01.
Rasmiy opponentlar: Mirazov Davron Miragzamovich, yuridik fanlar doktori, professor; Astanov Istam Rustamovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sud`yalar oliy kengashi huzuridagi Sud`yalar oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Tadqiqotning maqsadi jinoyat ishlari bo‘yicha yuqori instansiya sudlarida prokuror funksiya va vakolatlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
II.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan sud qarorlarini bekor qilish yoki o‘zgartirish asoslarining nazarda tutilishi hamda quyi sud hukmining, ajrimining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini ishda mavjud bo‘lgan va qo‘shimcha ravishda taqdim etilgan dalillarga ko‘ra tekshirilishining qonunchilikda belgilanishi asoslantirilgan; 
taraflar tomonidan birinchi instansiya sudining hukmi, ajrimiga apellyatsiya tartibida yoki muqobil asosda kassatsiya tartibida munosabat bildirish huquqining qonunchilikda belgilanishi asoslantirilgan; 
quyi prokurorlar tomonidan keltirilgan apellyatsiya yoki kassatsiya protestlari va ularga asos bo‘lgan hujjatlarning nusxalari sudda samarali prokuror ishtirokini ta’minlash uchun darhol tegishli yuqori turuvchi prokuraturaga yuborilishi haqidagi talabning kiritilishi asoslantirilgan;
birinchi instansiya sudining hukmini e’lon qilish, taraflarga taqdim etish tartibiga oid o‘zgartishlarni, apellyatsiya shikoyati (protesti) keltirishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklashga ta’sir etishi shart  bo‘lgan holatlarni qonunchilikda belgilash asoslantirilgan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jinoyat ishlarini yuqori sud instansiyalarida ko‘rilishida prokuror funksiyalari va vakolatlarini takomillashtirishga oid tadqiqot ishi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan haqiqiy holatlar to‘liq aniqlanganligi va ish yurituvi har tomonlama olib borilganligi, jinoyat qonuni normalari to‘g‘ri qo‘llanilganligi va ish yuritishni amalga oshirish chog‘ida jinoyat-protsessual qonun normalariga rioya etilgan yoki etilmaganligi, quyi sud hukmining, ajrimining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi ishda mavjud bo‘lgan va qo‘shimcha ravishda taqdim etilgan dalillarga ko‘ra tekshirilishiga oid takliflar “Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-967-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2023 yil 3 may kungi 04/2-10/1535-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi yuqori turuvchi instansiya sudlarida ishni mazmunan qayta ko‘rilishini ta’minlash va bunda taraflarning tortishuv tamoyili to‘la qonli amalga oshirilishiga xizmat qilgan;
taraflar tomonidan birinchi instansiya sudining hukmi, ajrimiga apellyatsiya tartibida yoki muqobil asosda kassatsiya tartibida munosabat bildirish huquqining qonunchilikda belgilanishi haqidagi taklifdan “Sud qarorlarining   qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ayrim normalarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2023 yil 1 may kungi 30-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi ma’lum sabablarga ko‘ra apellyatsiya instansiyasi sudida ko‘rilmagan sud qarorlarining kassatsiya tartibida ko‘rilishini kafolatlagan;
quyi prokurorlar tomonidan kiritilgan apellyatsiya va kassatsiya protestlari hamda ularga asos bo‘lgan hujjatlarning nusxalari darhol tegishli yuqori turuvchi prokuraturaga yuborilishi haqida ishlab chiqilgan taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining ayrim buyruqlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2021 yil 27 apreldagi 227-sonli buyrug‘ini tayyorlashda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2023 yil 10 apreldagi ma’lumotnomasi). Ushbu taklif jinoyat ishi apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlarida ishtirok etuvchi yuqori turuvchi prokuratura xodimining sud muhokamasiga tayyorgarlik ko‘rishi va unda samarali prokuror ishtirokini ta’minlashga xizmat qilgan;
birinchi instansiya sudining hukmini e’lon qilish, taraflarga taqdim etish tartibiga oid o‘zgartirish, apellyatsiya shikoyati (protesti) keltirishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash va unga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan holatlar haqida bildirilgan takliflardan O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi JPK loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2023 yil 17 apreldagi 27/2-111-23-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi xalqaro standartlarda belgilangan qoidalarga muvofiq birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan qarorlariga o‘z vaqtida asoslantirilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) keltirish, sud qarorlari va sud bayonnomasining qonunda belgilangan muddatlarda rasmiylashtirilishini ta’minlashga xizmat qilgan;
prokurorning jinoyat ishlari bo‘yicha yuqori sud instansiyasida davlat ayblovini quvvatlashi haqidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023 yil 16 yanvardagi PF-11-sonli Farmoni 9-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan “Sudlarda ishlar ko‘rilishida prokuror vakolatini ta’minlash faoliyati yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni asosida JPKning 409-moddasini to‘ldirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2023 yil 17 apreldagi 27/2-112-23-son dalolatnomasi). Ushbu taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonida belgilangan talablarning ijrosini ta’minlashga hamda protsessual qonunchilikdagi mavjud bo‘shliqlarni to‘ldirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish