Xujakulov Siyovush Baxtiyorovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Huquqbuzarliklar profilaktikasi: genezisi, nazariyasi va amaliyoti», 12.00.14 – Huquqbuzarliklar profilaktikasi. Jamoat xavfsizligini ta’minlash. Probatsiya faoliyati (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Yu133.
Ilmiy rahbar: Rasulev Abdulaziz Karimovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Kabulov Rustam, yuridik fanlar doktori, professor; Otajonov Abror Anvarovich, yuridik fanlar doktori, professor; Abduqodirov Sherzod Yoqubjonovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi huquqbuzarliklar profilaktikasining genezisini aniqlashtirish hamda nazariyasi va amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan konseptual ahamiyatga ega taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aholi tomonidan hududda sodir etilayotgan huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha profilaktika inspektorini zudlik bilan xabardor qilish maqsadida «SOS» mobil ilovasini yaratish va fuqarolarga qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etish funksiyalarini joriy qilish zarurati asoslantirilgan;
huquqbuzarliklarning sabablari va sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish samaradorligini oshirish maqsadida sodir etilgan jinoyatlarni mahallada muhokama qilish jarayonini masofadan turib nazorat qilish elektron modulini joriy qilish zarurati asoslantirilgan;
ichki ishlar organlari zimmasiga maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari qayd etgan huquqbuzarliklar haqidagi ma’lumotlarning elektron aloqa tarmog‘i orqali yagona markazlashtirilgan axborot tizimiga kiritilishini nazorat qilish va ta’minlash vazifasining yuklatilishi lozimligi asoslantirilgan;
ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan, ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlar bo‘yicha javobgarlikka tortilgan shaxslar va jabrlanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni markazlashtirilgan hisobga olish tizimidan elektron tartibda masofadan turib foydalanish imkonining yaratilishi huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirishga xizmat qilishi asoslantirilgan;
ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘linmalari tomonidan g‘ayriijtimoiy xulq-atvorli, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan, shuningdek huquqbuzarliklar sodir etgan xotin-qizlar haqida ularning ish (o‘qish) joyidagi ish beruvchini (ma’muriyatni) va yashash joyidagi fuqarolar yig‘inlarini xabardor qilish asoslarini ishlab chiqish hamda huquqiy jihatdan mustahkamlash zarurati asoslantirilgan;
mutafakkirlarning huquqbuzarliklarning sabab va sharoitlari hamda profilaktikasi to‘g‘risidagi g‘oyalari, fikrlari, qarashlari va nuqtai nazarlari, xalq og‘zaki ijodi namunalari, diniy ta’limotlar, maxsus ilmiy tadqiqotlar, normativ-huquqiy hujjatlar huquqbuzarliklar profilaktikasining fan sifatida shakllanishida (huquqbuzarliklar profi-laktikasi genezisini o‘rganishda) asos bo‘lib xizmat qilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi: genezisi, nazariyasi va amaliyoti bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
aholi tomonidan hududda sodir etilayotgan huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha profilaktika inspektorini zudlik bilan xabardor qilish maqsa¬dida «SOS» mobil ilovasini yaratish va fuqarolarga qo‘shimcha ma’lumot¬larni taqdim etish funksiyalarini joriy qilishga doir taklifdan O‘zbe¬kiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktabrdagi 645-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organ¬lari tizimiga axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha chora-tadbir¬lar Dasturining 80-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIV Tashkiliy departamenti Yuridik ta’minlash boshqarma¬sining 2022-yil 24-yanvardagi 33/183-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi aholining ichki ishlar organlarining hududiy profilak¬tika inspektorlari bilan tezkor ma’lumot almashinuvi hamda o‘z vaqtida sodir etilgan huquqbuzarliklarni fosh va aybdorlarni ushlash uchun sharoit yaratilishiga xizmat qilgan;
huquqbuzarliklarning sabablari va sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish samaradorligini oshirish maqsadida sodir etilgan jinoyatlarni mahallada muhokama qilish jarayonini masofadan turib nazorat qilish elektron modulini joriy qilish va amaliyotga tatbiq etishga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktabrdagi 645-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tizimiga axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturining 79-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIV Tashkiliy departamenti Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022-yil 24-yanvardagi 33/183-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi sodir etilgan huquqbuzarliklarni mahallada muhokama qilishning ta’sirchan nazoratini olib borish hamda huquqbuzar¬lik¬larning sabablari va sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish samaradorligini oshirish imkoniyatini yaratgan;
ichki ishlar organlari zimmasiga maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari qayd etgan huquqbuzarliklar haqidagi ma’lumotlarning elektron aloqa tarmog‘i orqali yagona markazlashtirilgan axborot tizimiga kiritilishini nazorat qilish va ta’minlash vazifasini yuklashga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-maydagi 322-son qarori bilan tasdiqlangan «Ma’muriy huquqbu¬zarlik sodir etgan shaxslar va ma’muriy huquqbuzarlik yo‘li bilan ma’naviy, jismoniy yoki mulkiy zarar yetkazilgan shaxslarni markazlashti¬rilgan hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»ning 23-modda 4-xatboshi¬sini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasi¬ning 2020-yil 4-noyabrdagi 12/20-19-son dalolat-nomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi ma’muriy huquq¬buzarlik sodir etgan va undan jabrlangan shaxslarning markazlashtirilgan hisobini yuritish bo‘yicha ichki ishlar vazirligining vakolatlarini aniqlashtirishga xizmat qilgan;
ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan, ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlar bo‘yicha javobgarlikka tortilgan shaxslar va jabrlanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lu¬motlarni markazlashtirilgan hisobga olish tizimidan elektron tartibda maso¬fadan turib foydalanishga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-maydagi 322-son qarori bilan tasdiqlangan «Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va ma’muriy huquqbuzarlik yo‘li bilan ma’naviy, jismoniy yoki mulkiy zarar yetkazilgan shaxslarni markazlashtirilgan hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»-ning 23-modda 5-xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarma¬sining 2020-yil 4-noyabrdagi 12/20-19-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan va undan jabrlangan shaxslarning markazlashtirilgan hisobini yuritish bo‘yicha ichki ishlar vazirligining vakolatlarini aniqlashtirishga xizmat qilgan;
amaldagi qonunchilikda ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masa¬la¬lari bo‘yicha bo‘linmalari tomonidan g‘ayriijtimoiy xulq-atvorli, huquq¬buzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan, shuningdek huquqbuzarliklar sodir etgan xotin-qizlar haqida ularning ish (o‘qish) joyidagi ish beruvchini (ma’muriyatni) va yashash joyidagi fuqarolar yig‘inlarini xabardor qilish asoslarini ishlab chiqish hamda huquqiy jihatdan mustah¬kamlashga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2019-yil 11-iyuldagi 181-sonli buyrug‘i bilan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan «Ichki ishlar organlari¬ning huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom»ning 126-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasining IIV Huquqbuzarliklar pro¬fi¬lak¬tikasi bosh boshqarmasining 2019-yil 10-oktabrdagi 265/5-3354-son dalolatnoma). Ushbu taklifning inobatga olinishi ichki ishlar organlari¬ning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘linmalari tomonidan xotin-qizlar tomonidan huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablari va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlar to‘g‘risida tegishli tashkilotlarni xabardor qilish asoslarini qonunchilikda mustahkamlanishiga xizmat qilgan;
huquqbuzarliklar profilaktikasi fanining obyekti, predmeti, vazifa va funksiyalari doirasini belgilashga doir ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi o‘quv jarayonida foydalanish uchun tavsiya etilgan «Huquqbuzarliklar profilaktikasi» nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 4-oktabrdagi 892-son buyrug‘iga asosan berilgan 892-125-son guvohnoma). Ilmiy tavsiyalarning tatbiq etilishi yuridik oliy ta’lim muassasalari tinglovchi, kursant va talabalari, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda tadqiqotchilar, shuningdek, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi amaliyotchi xodimlarga huquqbu¬zar¬liklar profilaktikasida hisobdorlikning nazariy asoslariga doir bilim hamda ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
mutafakkirlarning huquqbuzarliklarning sabab va sharoit¬lari hamda profilakti¬kasi to‘g‘ri-sidagi g‘oyalari, fikrlari, qarashlari va nuqtai nazarlari, xalq og‘zaki ijodi namunalari, diniy ta’limotlar, maxsus ilmiy tadqiqotlar, normativ-huquqiy hujjat¬lar huquqbuzarliklar profilakti¬ka-sining fan sifatida shakllanishida (huquqbu¬zar¬liklar profilaktikasi genezisini o‘rganishda) asos bo‘lib xizmat qilishiga doir ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi o‘quv jarayonida foyda¬lanish uchun tavsiya etilgan «Huquqbuzarliklar profilaktikasi» nomli dars¬likni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta max¬sus ta’lim vazirligining 2019-yil 9-fevraldagi 133-son buyrug‘iga asosan berilgan 133-203-son guvohnoma). Ilmiy tavsiyalarning tatbiq etilishi O‘zbekiston Respub¬likasi Ichki ishlar vazirligi akademik liseylari o‘quvchilari, professor-o‘qituvchilar va amaliyot xodimlarining huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir ta’limotlarning shakllanishi va rivojlanishiga doir bilim hamda ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan.