Tursunnazarova Elvira Taxirovnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz tilini o‘rganish jarayonida nomutaxassis o‘qituvchilarning motivatsiyasini shakllantirishda mnemonika usullaridan foydalanish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va o‘qitish metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped2122.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Ibraimov Xolboy Ibragimovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Xodjaniyozov Sardor Umarovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tilini o‘rganish jarayonida nomutaxassis o‘qituvchilarining motivatsiyasini shakllantirishda mnemonika usullaridan foydalanish tizimini takomillashtirish bo‘yicha metodlar yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz tilini o‘rganish jarayonida nomutaxassis o‘qituvchilarning motivatsiyasini shakllantirishda mnemonika usullari (vizual, audil, kinestetik)dan foydalanish bosqichlari integrativ yondashuv asosida uyg‘un va individual yondashuvga ustuvorlik berish orqali aniqlangan;
ta’lim subyektlarida "motivatsiya", "qadriyatli-motivatsiya", "pragmatik motivatsiya" kategoriyalari assotsiativ (mantiqiy bog‘liqlik) tushunchalari orqali mualliflik nuqtai nazaridan til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini yanada orttirishga qaratilgan didaktik, immitatsion, syujetli, muloqotga asoslangan texnologiyalar integratsiyasi asosida takomillashtirilgan;
ingliz tilini o‘rganish jarayonini takomilashtirishning metodik tizimi, mazmuni, xotirada saqlashga mo‘ljallangan modifikatsiyalashgan model kasbiy faoliyatga doir zamonaviy ko‘nikmalarni intensiv shakllantirishga ustuvorlik berish hamda nomutaxassis o‘qituvchilarning motivatsiyasini mnemonika metodlari (Siseron, Ayvazovskiy)dan foydalanish asosida takomillashtirilgan;
ingliz tilini o‘rganish jarayonida nomutaxassis o‘qituvchilarning motivatsiyasini shakllantirishda mnemonika usullaridan foydalanish bo‘yicha kodlashtirish, vizuallash pedagogik, metodik tavsiyalar asosida xorijiy tilni o‘rganish jarayonining didaktik imkoniyatini kengaytirish samaradorligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tilini o‘rganish jarayonida nomutaxassis o‘qituvchilarning motivatsiyasini shakllantirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
ingliz tilini o‘rganish jarayonida nomutaxassis o‘qituvchilarning motivatsiyasini shakllantirishda mnemonika usullari (vizual, audil, kinestetik)dan foydalanish bosqichlari integrativ yondashuv asosida uyg‘un va individual yondashuvga ustuvorlik berish orqali aniqlashga oid takliflar A-1-197 raqamli "Ingliz tili va nemis tillarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv-uslubiy modullardan foydalanish va ularni takomillashtirishning nazariy va amaliy asoslari" mavzusidagi amaliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021-yil 6-oktyabrdagi 02-07-2774\04-son dalolatnomasi). Natijada, ingliz tilini o‘rganish jarayonida nomutaxassis o‘qituvchilarning motivatsiyasini shakllantirishda mnemonika usullaridan foydalanish bosqichlarini aniqlash imkoniyati oshirilgan;
ta’lim subyektlarida "motivatsiya", "qadriyatli motivatsiya", "pragmatik motivatsiya" kategoriyalari assotsiativ (mantiqiy bog‘liqlik) tushunchalari orqali mualliflik nuqtai nazaridan til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini yanada orttirishga qaratilgan didaktik, imitatsion, syujetli, muloqotga asoslangan texnologiyalar integratsiyasi asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2017927124 raqamli "Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish" nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021-yil 6-oktyabrdagi 02-07-2774\04-son dalolatnomasi). Natijada, ta’lim subyektlarida xorijiy tillarni o‘rganish motivatsiyasini oshirish imkoniyati yaratilgan;
ingliz tilini o‘rganish jarayonini takomilashtirishning metodik tizimi mazmuni kasbiy faoliyatga doir zamonaviy ko‘nikmalarni intensiv shakllantirishga ustuvorlik berish orqali nomutaxassis o‘qituvchilarning motivatsiyasini mnemonika metodlari (Siseron, Ayvazovskiy)dan foydalanish asosida xotirada saqlashga mo‘ljallangan modifikatsiyalashgan model takomillashtirishga oid takliflar A-1-197 raqamli "ingliz tili va nemis tillarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv-uslubiy modullardan foydalanish va ularni takomillashtirishning nazariy va amaliy asoslari" mavzusidagi amaliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021-yil 6-oktyabrdagi 02-07-2774\04-son dalolatnomasi). Natijada, ingliz tilini o‘rganish jarayonida nomutaxassis o‘qituvchilarning motivatsiyasini mnemonika metodlaridan foydalanish imkoniyati oshirilgan;
ingliz tilini o‘rganish jarayonida nomutaxassis o‘qituvchilarning motivatsiyasini shakllantirishda mnemonika usullaridan foydalanish bo‘yicha kodlashtirish, vizuallash pedagogik, metodik tavsiyalar asosida xorijiy tilni o‘rganish jarayonining didaktik imkoniyati kengaytirishga oid tavsiyalar PZ-2017927124 raqamli "Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish" nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021-yil 6-oktyabrdagi 02-07-2774\04-son dalolatnomasi). Natijada, nomutaxassis o‘qituvchilarning motivatsiyasini shakllantirish uchun mnemonika usullaridan maqsadli foydalanish va uning samaradorlik darajasini oshirishga erishilgan.