Imamkulova Muslima Narkulovnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarda axloqiy-madaniy munosabatni rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped1956.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Botirova Shaxlo Isamiddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Nurmanov Abdunazar Toshbaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Umurova Guzal Xatamovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi talabalarda axloqiy-madaniy munosabatni rivojlantirish metodikasining ilmiy-nazariy va amaliy asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda axloqiy-madaniy munosabatni rivojlantirish metodikasi axloqiy-madaniy munosabatlarni rivojlantirishga undovchi g‘oyalarni turkumlashtirish, talabalarning ma’naviy fazilatlarini rivojlantiruvchi innovatsion texnologiyalar, metod va vositalar imkoniyatlarini integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda axloqiy-madaniy munosabatlarni rivojlantirishning pedagogik-psixologik mexanizmlari talabalar ongiga umuminsoniy hamda milliy ma’naviy qadriyatlarni, odob-axloq qoidalarini va urf-odatlarni maqsadli singdirib borish orqali rivojlantirilgan;
talabalarda axloqiy-madaniy munosabatlarni rivojlantirish modelining amaliy komponenti milliy axloqiy-madaniy qadriyatlar (etnik qadriyatlar, inson ideali va munosib hayot haqidagi g‘oyalar)ning axloqiy munosabatlarni rivojlantirishdagi roli hamda komponentlarini integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
talabalarda axloqiy-madaniy munosabatlarni rivojlantirishning pedagogik-psixologik shart-sharoitlari (OTM o‘quv-tarbiya jarayonida ma’naviy-axloqiy muhitning o‘rnatilganligi, talabalarning bilim, kechinma va xulq-atvorining zamonaviy jamiyat ideallariga mosligi, “o‘qituvchi-talaba”, “talaba -o‘qituvchi”, “talaba-talaba” tizimlarida dialogik va polilogik muloqot jarayonida ma’naviy-axloqiy axborotlardan refleksiv-perseptiv darajada almashinishning yo‘lga qo‘yilganligi, talabaning ma’naviy-axloqiy ehtiyojlarining inobatga olinganligi, ma’naviy-axloqiy munosabatlarning shaxs uchun ahamiyatli qadriyat sifatida uni anglash va his etish orqali interiorizatsiyalanganligi)ni aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda axloqiy-madaniy munosabatni rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
talabalarda axloqiy-madaniy munosabatni rivojlantirish metodikasi axloqiy-madaniy munosabatlarni rivojlantirishga undovchi g‘oyalarni turkumlashtirish, talabalarning ma’naviy fazilatlarini rivojlantiruvchi innovatsion texnologiyalar, metod va vositalar imkoniyatlarini integratsiyalash hamda auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda axloqiy-madaniy munosabatlarni rivojlantirishning pedagogik-psixologik mexanizmlari talabalar ongiga umuminsoniy hamda milliy ma’naviy qadriyatlarni, odob-axloq qoidalarini va urf-odatlarni maqsadli singdirib borish orqali rivojlantirilgan yangilikdan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘nligi asosida ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy fundamental loyihasini amalga oshirishda hamda 2017-2020 yillarda bajarilgan F3-2016-09081165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘bekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 23 noyabrdagi 394-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda axloqiy-madaniy munosabatni samarali yo‘lga qo‘yish, shuningdek, talabalarning axloqiy - madaniyatini rivojlantirishni tizimli tashkil qilishga, ko‘nikmalar shakllanishini nazorat qilish, funksiyasini aniq belgilashga hamda ijrosini to‘liq ta’minlashga imkon bergan;
talabalarda axloqiy-madaniy munosabatlarni rivojlantirish modelining amaliy komponenti milliy axloqiy-madaniy qadriyatlar (etnik qadriyatlar, inson ideali va munosib hayot haqidagi g‘oyalar)ning axloqiy munosabatlarni rivojlantirishdagi roli hamda komponentlarini integratsiyalash asosida takomillashtirilganligiga oid xulosalardan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘nligi asosida ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy fundamental loyihasini amalga oshirishda hamda 2017-2020 yillarda bajarilgan F3-2016-09081165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘bekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 23 noyabrdagi 394-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur qoidalarning 11-moddasiga o‘zgartirishlar kiritish taklifidan foydalanilgan;
talabalarda axloqiy-madaniy munosabatlarni rivojlantirishning pedagogik-psixologik shart-sharoitlari (OTM o‘quv-tarbiya jarayonida ma’naviy-axloqiy muhitning o‘rnatilganligi, talabalarning bilim, kechinma va xulq-atvorining zamonaviy jamiyat ideallariga mosligi, “o‘qituvchi-talaba”, “talaba -o‘qituvchi”, “talaba-talaba” tizimlarida dialogik va polilogik muloqot jarayonida ma’naviy-axloqiy axborotlardan refleksiv-perseptiv darajada almashinishning yo‘lga qo‘yilganligi, talabaning ma’naviy-axloqiy ehtiyojlarining inobatga olinganligi, ma’naviy-axloqiy munosabatlarning shaxs uchun ahamiyatli qadriyat sifatida uni anglash va his etish orqali interiorizatsiyalanganligi)ni aniqlashtirishga oid xulosalar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 24 maydagi 04-36-729-son ma’lumotnomasi). Natija va xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O`zbekiston” teleradio kanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muhaririyati tomonidan eshittirishlar senariyasida foydalanilgan.