Nazarova Odina Jumadullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xandon pistada zamburug‘ qo‘zg‘atadigan kasalliklar va ularga qarshi kurash choralari”, 06.01.09 – O‘simliklarni himoya qilish (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Qx583
Ilmiy rahbar: Xujaev Otabek Temirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘rmon xo‘jaligi ilmiy–tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, PhD.05/04.03.2022.Qx.13.03.
Rasmiy opponentlar: Xo‘jaev Shomil Tursunovich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor; Xakimov Albert Axmedovich, qishloq xo‘jalik fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Akademik M.Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Samarqand va Jizzax viloyatlari sharoitida xandon pistada zamburug‘lar qo‘zg‘atadigan kasalliklarning zarari, tarqalishi va rivojlanishini aniqlash, kasallik qo‘zg‘atuvchilarining ayrim biologik xususiyatlarini o‘rganish hamda ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Samarqand va Jizzax viloyatlari sharoitida xandon pistaning zamburug‘lar qo‘zg‘atadigan 10 ta kasalliklari va ularning qo‘zg‘atuvchilari aniqlangan;
qayd etilgan kasalliklarning zarari, kasallik qo‘zg‘atuvchilarga haroratning ta’siri hamda ularning patogenlik xususiyatlari qayd qilingan;
xandon pistada kasallik qo‘zg‘atuvchi zamburug‘larning Septoria pistaciae Desm. turi qayd etildi hamda Fusarium solani (Mart.) App. et Wr., Alternaria alternata (Fr.) Keissler turlari ilk bor aniqlangan;
xandon pistaning septorioz va alternarioz kasalliklari ta’sirida sog‘lomiga nisbatan pistaning umumiy vazni va mag‘zi og‘irligining yo‘qotilishi aniqlangan;
alternarioz kasalligiga esa, “G‘allaorol”, “Mustaqillik”, “Farxod”, “Chaqmoq” va “Xursandchilik” navlarining chidamli ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xandon pistada zamburug‘ qo‘zg‘atadigan kasalliklar va ularga qarshi kurash choralari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
Ishlab chiqarish sharoitida xandon pistaning septorioz, alternarioz kasalligiga qarshi Skor joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2022 yil 10 avgustdagi №04/21-3661 sonli ma'lumotnomasi). Natijada Ishlab chiqarish sharoitida xandon pistaning septorioz kasalligiga qarshi Skor 250 em.k.ning 0,25 l/ga qo‘llanilganda hosildorlik 16,7 s/ga bo‘lib, nazoratga nisbatan iqtisodiy samaradorlik 21 700 000 so‘m, sarflangan bir so‘mning oqlanishi 16,6 marta, himoya qilish usulining rentabelligi 15,1% bo‘lishi aniqlangan. Bu fungitsidning shu sarf me’yori alternarioz kasalligiga qarshi qo‘llanilganda hosildorlik 18,6 s/ga bo‘lib, uning nazoratga nisbatan iqtisodiy samaradorligi 28 700 000 so‘m, sarflangan bir so‘mning oqlanishi 22 marta, himoya qilish usulining rentabelligi 18,4% ga erishilgan.
Fuzarioz kasalligiga qarshi urug‘lik pistalar konteynerga ekishdan oldin Maksim XL 035 FS, 3,5% sus.k. va Orgamika F biopreparatining 2∙108 khqb/ml titrdagi 1 ml/kg me’yori joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2022 yil 10 avgustdagi №04/21-3661 sonli ma'lumotnomasi). Natijada xandon pistaning fuzarioz kasalligiga qarshi urug‘lik pistalar konteynerga ekishdan oldin Maksim XL 035 FS, 3,5% sus.k. fungitsidining 2,0 ml/kg sarf me'yori bilan dorilanganda, nazoratga nisbatan 0,1 ga maydondan 6400 dona, Orgamika F biopreparatining 2∙108 khqb/ml titrdagi 1 ml/kg me'yori qo‘llanilganda esa 3200 dona ko‘chatlar saqlab qolingan. Bunda iqtisodiy samaradorlik gektariga mos holda 31 200 000 so‘m va 15 300 000 so‘m bo‘lganligi, sarflangan bir so‘mning oqlanishi 39,0 va 21,8 marta, himoya qilish usulining rentabelligi 24,5% va 12,0% ni tashkil etgan.
O‘rmon xo‘jaliklarida xandon pistada zamburug‘li kasalliklar hisoblangan septorioz, alternarioz va fuzariozning tarqalishi, zarari, tur tarkibi, bioekologik xususiyatlari hamda ularga qarshi uyg‘unlashgan kurash usullari joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2022 yil 10 avgustdagi №04/21-3661-sonli ma'lumotnomasi). Natijada kasalliklarga qarshi preparat Skor 25 % em.k.ning 0,25 l/ga qo‘llanilganda hosildorlik 16,7 s/ga bo‘lib, nazoratga nisbatan iqtisodiy samaradorlik gektariga 21 700 000 so‘m teng bo‘lgan hamda ushbu ishlanmalar 31 ga maydonda joriy qilinishi natijasida sarflangan 1 so‘mning 22 marta oqlanishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish