Muradova Firuza Rashidovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kasb-hunar kollejlarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda didakdik o‘yinlardan foydalanish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Ped66.

Ilmiy rahbar: Olimov Qaxramon Tanzilovich, pedagogika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.28.12.2017.Ped.01.09.

Rasmiy opponentlar: Abduqodirov Abduqaxxor Abduvakil`evich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mo‘minov Bahodir Boltaevich, texnika fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadikasb-hunar kollejlarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish jarayonida didaktik o‘yinlardan samarali  foydalanish metodikasini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining o‘quv-bilish faolligini rivojlantirish, bilimlarini to‘laqonli shakllantirish va nazorat qilishga qaratilgan didaktik o‘yinlarni amalga oshirish bosqichlarini muvofiqlashtirish va sifat ko‘rsatkichlarini optimallashtirish orqali o‘yinli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari (variativlik, musobaqaviylik va natijaviylik) kengaytirilgan;

o‘quvchilarning o‘z-o‘zini namoyon qilish, boshqarish va baholash imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilgan musobaqali, rolli va ishbilarmonlik kabi didaktik o‘yinlar tizimi bilish faolligi darajalarini klassifikatsiyalash va immitatsion modellashtirish asosida ishlab chiqilgan;

“Informatika va axborot texnologiyalari” fanini bo‘lajak mutaxassislarda individuallik, tashabbuskorlik, kreativlik va jamoaviylik kabi kasbiy mobil sifatlarni shakllantirishga qaratilgan didaktik o‘yinlarni axborot dasturiy vositalardan foydalanish asosida o‘qitish orqali o‘quv-tarbiya jarayonining integrativ funksiyalari takomillashtirilgan;

kasb-hunar kollejlarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda didaktik o‘yinlardan bosqichma-bosqich foydalanish va ta’lim natijalarini avtomatik baholash bo‘yicha axborot-uslubiy ta’minot (o‘quv-qo‘llanma, metodik qo‘llanma) mazmuni takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Kasb-hunar kollejlarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish jarayonida didaktik o‘yinlardan samarali foydalanish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:

kasb-hunar kollejlarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda didaktik o‘yinlarni axborot dasturiy vositalardan foydalanish orqali ta’lim samaradorligini oshirishga oid metodik tavsiyalar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi grifi bilan chop etilgan “Informatika” nomli o‘quv qo‘llanmaning (11.05.2011 y., №192-48) mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 1 noyabrdagi 89-03-2636-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv qo‘llanma bo‘lajak mutaxassislarni kasb-hunarga tayyorlash jarayonida didaktik o‘yinlardan bosqichma-bosqich foydalanish va ta’lim natijalarini avtomatik baholashning axborot-uslubiy ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan;

o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, kreativlik, tashabbuskorlik va jamoaviylik sifatlarini shakllantirish maqsadida didaktik o‘yinlarni tanlash tamoyillari va tashkil etish bosqichlarini optimallashtirish, o‘yinli texnologiyalar va axborot dasturiy vositalardan foydalanishga oid tavsiyalar “Kasb-hunar kollejlari uchun “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan mashg‘ulotlarni didaktik o‘yinlar asosida tashkil etish va o‘tkazish metodikasi” nomli metodik qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 1 noyabrdagi 89-03-2636-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalar bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashda o‘z-o‘zini namoyon qilish, boshqarish va baholash kompetensiyalarni shakllantirish jarayonini, kasb-hunar kolleji o‘quvchilarining bilish faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv-metodik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan;

o‘quvchi shaxsining bilish faolligi darajalarini klassifikatsiyalash va immitatsion modellashtirish asosida o‘z-o‘zini namoyon qilish, boshqarish va baholash imkoniyatlarini hisobga olgan holda, musobaqali, rolli va ishbilarmonlik kabi didaktik o‘yinlar majmuasidan kasb-hunar kollejlarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 1 noyabrdagi 89-03-2636-son ma’lumotnomasi). Mazkur metodik taklif va tavsiyalar kasb-hunar kolleji o‘qituvchilarining pedagogik-psixologik mahoratini rivojlantirishni takomillashtirishga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish