Babadjonov Saloxiddin Sobitdjonovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarning mediakompetentligini rivojlantirish texnologiyasi («Informatika va axborot texnologiyalari» fanini o‘qitish misolida)», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ped 225.

Ilmiy maslahatchi: Zakirova Feruza Mahmudovna, pedagogika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.27.06. 2017.Ped.26.01.

Rasmiy opponentlar: Tayloqov Norbek Isaqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Ibraymov Asqar Esbosinovich,pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining mediakompetentligini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

o‘qituvchining mediakompetentligi kasbiy pedagogik faoliyati bilan bog‘lanib, mediasiyosatni amalga oshirish,  ta’lim jarayoniga media tushunchalarni joriy etish va mediatexnologiyalardan foydalanish, o‘z-o‘zini kasbiy rivojlantirish layoqatlari mazmunini hamda mezonlarini aniqlash orqali pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalari mediakompetentligini rivojlantirish mazmuni takomillashtirilgan;

pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalari mediakompetentligining mediabilim va mediatahlil etish darajalariga  mediakreativlik darajasini kiritish orqali talabalarning mediaijodkorligi va mediaraqobatligi qobiliyatlarini shakllantirish imkoniyatlari kengaytirilgan;

pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalari mediakompetentligini «Informatika va axborot texnologiyalari» va «Mul`timedia texnologiyalari» fanlari mazmuni, o‘qitish usul va vositalari tarmoq, mobil` va mul`timedia texnologiyalarining mediata’limiy imkoniyatlarini kengaytirish orqali rivojlantirish mexanizmi takomillashtirilgan;

pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarini mediata’limni tadbiq etishga tayyorgarligini baholash yuzasidan pedagogik mediakompetentligini rivojlantirishga qaratilgan hamda mediakreativlik kabi darajasini ta’minlab beruvchi mul`timediali axborot-ta’lim resurslari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining mediakompetentligini rivojlantirish texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va ishlab chiqilgan takliflar asosida:

pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining mediakompetentligini rivojlantirishga xizmat qiladigan takliflar «Mul`timedia tizimlari va texnologiyalari» darsligida aks etirilgan (603, 24.01.2017 y.). Mazkur materiallar pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining mediakompetentligini rivojlanishining o‘quv-uslubiy taminotini takomillashtirishga xizmat qilgan;

pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining mediakompetentligini takomillashtirishga qaratilgan takliflar tegishli vazirlikning 2015 yil 21 avgustdagi 303-son va 2016 yil 6 aprel` 137-sonli buyruqlari asosida Davlat ta’lim standarti mazmuniga singdirilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 5 martdagi 01-02/2-2-79-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning mediakompetentlik darajasini mediakreativlik darajasigacha oshirilishiga erishilgan;

zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida bo‘lajak o‘qituvchi mediakompetentligini takomillashtirish mazmuni, rivojlanish bosqichlari va darajalariga oid takliflardan Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2016 yil 25 fevraldagi 11-son qo‘shma buyrug‘i bilan tasdiqlangan uzluksiz ta’lim tizimi rahbar va pedagog kadrlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha kompetentligiga qo‘yiladigan talablarga (6-band v-) kichik bandi) kiritilib, mediakreativligiga oid malaka talablarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 1 noyabrdagi 89-03-2650-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar mutaxassislarda mediakompetentlikni  va mediamadaniyatni rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish