Tashnazarova Dilfuza Samiddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Korxonalarda mahsulot tannarxi hisobini takomillashtirish», 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Iqt1602.
Ilmiy rahbar: Abdusalomova Nodira Baxodirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xotamov Komiljon Rabbimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqotlar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi korxonalarda mahsulot tannarxi hisobini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ustama ishlab chiqarish xarajatlarini “sabab-oqibat” mezoni asosida taqsimlash bazalarini tanlash, byudjetlashtirilgan taqsimlash stavkalarini hisoblash hamda “xarajatlarni yuzaga kelishining yagona bazis omili” asosida tannarx obyektlariga taqsimlash asoslangan;
korxonalarning hisob siyosatiga 1810 - “Ishlab chiqarishga chiqarilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri materiallar”, 1910 - “To‘g‘ridan-to‘g‘ri mehnat xarajatlari”, 2010 - “Ustama ishlab chiqarish xarajatlari”, 2110 - “Qayta ishlash xarajatlari” va 2300 - “Zaxira tannarxi” hisob-varaqlarini kiritish orqali axborot berish imkoniyatini oshirish taklifi asoslangan;
xalqaro standartlarga muvofiq holda jarayonli kostingni qo‘llash natijasida material hamda qayta ishlash moddalari bo‘yicha ekvivalent birligi tannarxi asosida tayyor mahsulotlar tannarxi hamda tugallanmagan ishlab chiqarishdagi birliklar tannarxini mutanosib aniqlashga doir uslubiy yondashuv taklif etilgan;
“Ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot tannarxi to‘g‘risidagi hisobot”ning 010-satr “To‘g‘ridan-to‘g‘ri material xarajatlar”, 020-satr “To‘g‘ridan-to‘g‘ri mehnat xarajatlari”, 030-satr “Ustama ishlab chiqarish xarajatlari”, 052-satr “Ekvivalent birlik tannarxi”, 070-satr “Ishlab chiqarish jarayoni oxiridagi zaxiralar tannarxi”, 100-satr “Tayyor mahsulotlar tannarxi” ko‘rsatkichlarini aks ettiruvchi yangi shakli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Korxonalarda mahsulot tannarxi hisobini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ustama ishlab chiqarishni xarajatlarini “sabab-oqibat” mezoni asosida taqsimlash bazalarini tanlash, byudjetlashtirilgan taqsimlash stavkalarini hisoblash hamda “xarajatlarni yuzaga kelishining yagona bazis omili” asosida tannarx ob’ektlariga taqsimlash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi korxonalari, jumladan “Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy” AJning hisob siyosatlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasining 2023-yil 10-apreldagi 12-son hamda “Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy” AJning 2022-yil 25-yanvardagi 27-A-son ma’lumotnomalari). Natijada, ustama ishlab chiqarish xarajatlarining mahsulot tannarxiga ob’ektiv taqsimlashga, pirovardida mahsulot tannarxi to‘g‘risida haqqoniy axborotlarning shakllantirilishiga xizmat qilgan;
korxonaning hisob siyosatiga 1810 - “Ishlab chiqarishga chiqarilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri materiallar”, 1910 - “To‘g‘ridan-to‘g‘ri mehnat xarajatlari”, 2010 - “Ustama ishlab chiqarish xarajatlari”, 2110 - “Qayta ishlash xarajatlari” va 2300 - “Zaxira tannarxi” hisob-varaqlarini kiritish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi korxonalari, jumladan “Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy” AJning hisob siyosatlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasining 2023-yil 10-apreldagi 12-son hamda “Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy” AJning 2022-yil 25-yanvardagi 27-A-son ma’lumotnomalari). Natijada, mahsulot tannarxi bo‘yicha jami tannarxi hamda tannarx kategoriyalari bo‘yicha axborotlarni shakllantirish, shuningdek hisobotlarning axborot qamrovi kengaytirilgan;
xalqaro standartlarga muvofiq holda jarayonli kostingni qo‘llash natijasida material hamda qayta ishlash moddalari bo‘yicha ekvivalent birligi tannarxi asosida tayyor mahsulotlar tannarxi hamda tugallanmagan ishlab chiqarishdagi birliklar tannarxini mutanosib aniqlashga doir uslubiy yondashuv bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi korxonalari, jumladan xorijiy korxona “Murel yatirim insaat A.S.” doimiy muassasasi hamda “Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy” AJning hisob siyosatlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasining 2023-yil 10 apreldagi 12-son, “Murel yatirim insaat A.S.” doimiy muassasasining 2022-yil 12-dekabrdagi hamda “Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy” AJning 2022-yil 25-yanvardagi 27-A-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida tayyor mahsulotlar hamda tugallanmagan ishlab chiqarishdagi birliklar tannarxini mutanosib aniqlash imkoniyati yuzaga kelgan;
“Ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot tannarxi to‘g‘risidagi hisobot”ning 010-satr “To‘g‘ridan to‘g‘ri material xarajatlar”, 020-satr “To‘g‘ridan-to‘g‘ri mehnat xarajatlari”, 030-satr “Ustama ishlab chiqarish xarajatlari”, 052-satr “Ekvivalent birlik tannarxi”, 070-satr “Ishlab chiqarish jarayoni oxiridagi zaxiralar tannarxi”, 100-satr “Tayyor mahsulotlar tannarxi” ko‘rsatkichlarini aks ettiruvchi yangi shakli O‘zbekiston Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi korxonalari, jumladan “Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy” AJning 2022-yil 25-yanvardagi 11-A-son buyrug‘i bilan hisob siyosatlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasining 2023-yil 10-apreldagi 12-son hamda “Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy” AJning 2022-yil 25-yanvardagi 27-A-son ma’lumotnomalari). Natijada, ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan qurilish-montaj ishlari tannarxi bo‘yicha ishonchli, o‘z vaqtida ta’minlanadigan hamda haqqoniy axborotlar olish ta’minlangan.