Raxmatullaev G‘ayratbek Davronbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Andijon viloyati sharoitida yangi va istiqbolli g‘o‘za navlaridan yuqori sifatli urug‘lik chigit etishtirish agrotexnologiyasini takomillashtirish», 06.01.08–O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Qx107.
Ilmiy rahbar: Axmedov Djamalxan Xodjaxanovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Nazarov Renat Saidovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Iminov Abduvali Abdumannobovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Andijon viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida ma’dan o‘g‘itlarning turli me’yorlarida takroriy ekinlar (mosh va soya) etishtirilgan fonda o‘rta tolali «Andijon-36» va «Navro‘z» g‘o‘za navlaridan sifatli urug‘lik chigit etishtirishning maqbul agrotadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Andijon viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida qisqa rotatsiyali (1:1) almashlab ekish tizimida takroriy ekinlar (mosh va soya) etishtirish va ma’dan o‘g‘itlarning turli me’yorlarining o‘rta tolali g‘o‘za navlarining urug‘lik sifatiga ta’siri aniqlangan;
Andijon viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida qisqa rotatsiyali (1:1) almashlab ekish tizimida kuzgi bug‘doydan so‘ng takroriy ekinlar mosh va soyaning maqbul oziqlantirish me’yorlari ishlab chiqilgan;
kuzgi bug‘doydan so‘ng turli o‘g‘it me’yorlarida etishtirilgan mosh va soyaning tuproqqa qoldirgan ildiz-ang‘iz qoldiqlariga bog‘liq holda o‘rta tolali g‘o‘za navlarining o‘sishi rivojlanishi va hosildorligi aniqlangan;
kuzgi bug‘doydan so‘ng takroriy ekinlar (mosh va soya) ning tuproqda qoldirgan ang‘iz va ildiz qoldiqlari miqdoriga bog‘liq holda o‘rta tolali «Andijon-36» hamda «Navro‘z» g‘o‘za navlarining tola va urug‘lik chigit texnologik sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida qisqa navbatli almashlab ekish va turli me’yorlarda ma’dan o‘g‘itlar qo‘llashni g‘o‘za navlari hosildorligi va urug‘lik chigitning sifatiga ta’siri bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida;
g‘o‘zaning o‘rta tolali «Andijon-36» va «Navro‘z» navlaridan sifatli urug‘lik chigit etishtirish agrotexnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha «Andijon viloyati sharoitida g‘o‘za navlaridan sifatli urug‘lik etishtirish» bo‘yicha tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 24 yanvardagi 07/20-94-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma respublikada urug‘lik paxta etishtiruvchi fermer xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
kuzgi bug‘doy+takroriy ekin (mosh, soya):g‘o‘za 1:1 almashlab ekish tizimida takroriy ekin moshda ma’dan o‘g‘itlarning N25P80K60 kg/ga, soya ekinida N60P90K60 kg/ga me’yorlari fonida g‘o‘zaning «Andijon-36» navida N200, P140, K100 kg/ga me’yorda mineral o‘g‘it qo‘llab, sifatli paxta hosili etishtirish agrotexnologiyasi Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida 268 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 27 dekabrdagi 07/20-1128-son ma’lumotnomasi). Natijada gektaridan 37,7 sentner hosil olingan va yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
takroriy ekin moshda ma’dan o‘g‘itlarning N25P80K60 kg/ga, soya ekinida N60P90K60 kg/ga me’yorlari fonida g‘o‘zaning «Navro‘z» navida N200, P140, K100 kg/ga ma’dan o‘g‘it qo‘llab etishtirish agrotexnologiyalari Andijon viloyatining Marhamat va Paxtaobod tumanlari fermer xo‘jaliklarida 187 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 27 dekabrdagi 07/20-1128-son ma’lumotnomasi). Natijada chigitning urug‘lik sifati yaxshilangan va paxta hosildorligi gektaridan 35,9 sentnerni tashkil etgan hamda yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.