Taxirov Madjid Xamidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklarida aktivlar sifatini oshirish yo‘llari», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit» (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2021.4.PhD/Iqt1910.
Ilmiy rahbar: Umarov Zafar Absamatovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Toshpo‘latov Davron Akromovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bank aktivlari sifatini oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bank aktivlari sifatini oshirish maqsadida bank hisobvarag‘ida muntazam pul oqimi mavjud bo‘lgan, kreditga layoqatliligi bo‘yicha skoring bali 85 ga teng va undan katta bo‘lgan hamda muddati o‘tgan qarzdorlikka yo‘l qo‘ymagan yuridik shaxslarga ta’minotsiz ajratiladigan qisqa muddatli kreditlarni ta’minlanmagan kreditlar toifasiga kiritish taklif etilgan;
tadbirkorlik sub’ektlariga aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun 12 oydan oshmagan muddatga, faoliyat turi va xususiyatidan kelib chiqqan holda 18 oydan oshmagan muddatga yoki har yili kredit qarzdorligini to‘liq yopish sharti bilan kredit liniyasi ochish orqali (revolver) 3 yilgacha bo‘lgan muddatga kredit berish taklif etilgan;
bank tomonidan kreditlar ajratilishida qarz oluvchining kreditlanayotgan investisiya loyihalaridagi ishtiroki loyiha qiymatining 30 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda o‘z mablag‘lari yoki ularga tenglashtirilgan boshqa manbalar bilan moliyalashtirilgan taqdirda ko‘rib chiqilishi taklif etilgan;
emitentlarning qarz qimmatli qog‘ozlariga, shuningdek Repo-bitimlarga qilinadigan qo‘yilmalar bo‘yicha olinadigan daromad, qo‘yilma muddatiga ko‘ra uch yil muddatgacha bo‘lganda qayta moliyalashtirish stavkasining 60 foizidan kam bo‘lmasligi lozimligi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tijorat banklari aktivlarini oshirish yo‘llari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida: 
bank aktivlari sifatini oshirish maqsadida bank hisobvarag‘ida muntazam pul oqimi mavjud bo‘lgan, kreditga layoqatliligi bo‘yicha skoring bali 85 ga teng va undan katta bo‘lgan hamda muddati o‘tgan qarzdorlikka yo‘l qo‘ymagan yuridik shaxslarga ta’minotsiz ajratiladigan qisqa muddatli kreditlarni ta’minlanmagan kreditlar toifasiga kiritish taklifi «Asakabank» aksiyadorlik jamiyatining 2022 yilga mo‘ljallangan Kredit siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan. («Asakabank» aksiyadorlik jamiyatining 2023 yil 24 fevraldagi 19-12/66-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, tijorat bankining 2022 yil uchun ishlab chiqilgan kredit siyosati yanada takomillashtirilgan, bankning kredit riski pasayishiga xizmat qilgan hamda bank aktivlari 2021 yilga nisbatan 0,74 foizga oshgan va 51 180,35 mlrd so‘mni tashkil etgan;
tadbirkorlik sub’ektlariga aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun 12 oydan oshmagan muddatga, faoliyat turi va xususiyatidan kelib chiqqan holda 18 oydan oshmagan muddatga yoki har yili kredit qarzdorligini to‘liq yopish sharti bilan kredit liniyasi ochish orqali (revolver) 3 yilgacha bo‘lgan muddatga kredit berish taklifi «Asakabank» aksiyadorlik jamiyatining 2022 yilga mo‘ljallangan Kredit siyosati va bankning 2022 yil 9 iyundagi 0609-07-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan «Kredit ajratish yuzasidan hujjatlar aylanmasi tartibi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan («Asakabank» aksiyadorlik jamiyatining 2023 yil 24 fevraldagi 19-12/66-son ma’lumotnomasi). Natijada, bankning kredit mahsulotlari soni va sifati oshgan, bankning kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli kreditlari hajmi 86,2 foizga yetgan. Shuningdek, bankning muammoli kreditlari hajmini o‘tgan yilga nisbatan 6,2 foizga kamayishiga erishilgan;
bank tomonidan kreditlar ajratilishida qarz oluvchining kreditlanayotgan investisiya loyihalaridagi ishtiroki loyiha qiymatining 30 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda o‘z mablag‘lari yoki ularga tenglashtirilgan boshqa manbalar bilan moliyalashtirilgan taqdirda ko‘rib chiqilishi taklifi «Asakabank» aksiyadorlik jamiyatining 2022 yilga mo‘ljallangan Kredit siyosati va bankning 2022 yil 4 fevraldagi 02-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan «Asakabank» AJning investisiya siyosati»ni ishlab chiqishda foydalanilgan («Asakabank» aksiyadorlik jamiyatining 
2023 yil 24 fevraldagi 19-12/66-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, bank aktivlari diversifikatsiya darajasi ortgan, investisiya portfeli hajmi o‘tgan yilga nisbatan 53,7 foizga oshgan va 2 387,38 mlrd. so‘mni tashkil etgan;
emitentlarning qarz qimmatli qog‘ozlariga, shuningdek Repo-bitimlarga qilinadigan qo‘yilmalar bo‘yicha olinadigan daromad, qo‘yilma muddatiga ko‘ra uch yil muddatgacha bo‘lganda qayta moliyalashtirish stavkasining 60 foizidan kam bo‘lmasligi lozimligi taklifi «Asakabank» aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 4 fevraldagi 02-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan «Asakabank» AJning investisiya siyosati»ni ishlab chiqishda foydalanilgan. («Asakabank» aksiyadorlik jamiyatining 2023 yil 24 fevraldagi 19-12/66-son ma’lumotnomasi). Natijada, bankning foizli daromadi 2021 yil yakunlari bo‘yicha o‘tgan hisobot davriga nisbatan 18,4 foizga ko‘payishiga erishilgan va 4 647,41 mlrd. so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish