Mamasolieva Shohista Lutfullaevna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Yuqori gigienik va ekspluatatsion xususiyatli maxsus kiyim ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish” 05.06.04 – “Tikuvchilik buyumlari va kostyum dizayni” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2923 
Ilmiy rahbar: Rasulova Mastura, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Abdukarimova Mashkura Abduraimovna texnika fanlari doktori, dotsent; Maqsudov Nabijon Bahodirovich  texnika fanlari bo‘yicha PhD, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: avtomobil` sanoati korxonalari ishchilari uchun gigienik va ekspluatatsion xususiyati oshirilgan maxsus kiyim ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishni asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yangi tolaviy tarkibli gazlamadan tayyorlangan maxsus kiyim mikroiqlimining ko‘rsatkichlarini tadqiq qilish asosida inson tanasidan ajraladigan issiqlik oqimining kiyim tomonidan yutilishini miqdoriy baholash imkonini beradigan termik qarshilik koeffisienti ishlab chiqilgan;
yangi tolaviy tarkibli gazlamadan tayyorlangan maxsus kiyimning ekspluatatsion xususiyatini oshirish uchun mochevinoformal`degid oligomer tarkibli eritmani shimdirish yo‘li bilan to‘qimachilik materiallari va ulardan tayyorlangan buyumlarning kam kirishuvchanligini ta’minlash usuli ishlab chiqilgan;
ilmiy tajribani matematik rejalashtirish usuli asosida maxsus kiyim detallari ipli birikmalarining mustahkamlik ko‘rsatkichlari baxya yirikligi, tikuv ipining metrik raqami va gazlamaning tolaviy tarkibiga bog‘liqligi ishlab chiqilgan;
yangi tolaviy tarkibli gazlamadan maxsus kiyim tayyorlashning ratsional texnologik parametrlari, ya’ni  100-110 raqamli tikuv ignalari, 50/2 raqamli LL tikuv ipi hamda  2,5-3 mm baxya yirikligi mos kelishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dissertatsiyada tavsiya etilgan ilmiy ishlanmalarni asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ishchilar uchun maxsus kiyim to‘plamlariga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining sanoat namunalariga patentlari olingan 
(SAP 01950, 2019 y; SAP 02129, 2020 y.). Natijada yangi tolaviy tarkibli gazlamadan tayyorlangan maxsus kiyim  komplekti xizmat muddatini oshirish imkonini bergan; 
avtomobil` sanoati ishchilariga maxsus kiyim to‘plamlari uchun konstruktorlik-loyihalashtirish va texnologik hujjatlari «Nurafshon Nur» MChJ, «VM tex» MChJ, «Nurota tikuvchilik» MChJ, «Zarbdor tekstil`» MChJ tikuvchilik korxonalarida va «Savdoenergo» AJ «Charog‘on tekstil`» tikuv fabrikasida joriy etilgan («O’zto’qimachiliksanoat» uyushmasining 2023 yil 10 fevraldagi  №03/25-293-sonli ma’lumotnomasi). Joriy etilgan natijalar kam kirishuvchan xususiyatga ega yangi tolaviy tarkibli gazlamadan tayyorlangan maxsus kiyim ishlab chiqarish imkonini bergan;
yangi tolaviy tarkibli gazlama va maxsus kiyimlarning kam kirishuvchanligini ta’minlash usuliga Rossiya Federatsiyasi Intellektual mulk federal xizmati tomonidan ixtiro uchun patent (№ 2739185, 2020 y.) olingan. Natijada maxsus kiyimbop gazlamalarning kamkirishuvchanligini 12 % ga, mustahkamligini 10 % ga, g‘ijimlanmaslikni 11 % ga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish