Abdunazarov Mansur Mexridinovich 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Past zichlikdagi qog‘ozlar uchun ofset bosish jarayoni parametrlarini asoslash» 05.02.03 – «Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizmlari» (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T1515
Ilmiy rahbar: Babaxanova Xalima Abishevna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Shin Illarion Georgievich texnika fanlari doktori, professor; Sipaylo Sergey Vladimirovich texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Past zichlikdagi qog‘ozlarda mahsulot sifatini barqarorligini ta’minlash uchun ofset bosish jarayoni parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ofset bosma uskunasining pnevmatik samonakladi tomonidan varaqning ajratilishi va uzatilishi sharoitlarini kuch jihatidan hisoblash asosida zichligi past bo‘lgan qog‘oz varag‘ini bir tekis ajratish uchun kerak bo‘ladigan vakuum bosimini aniqlash tenglamalari olingan;
zichligi past bo‘lgan qog‘oz varag‘ining orqa chekkasini ko‘tarish uchun vakuumning minimal bosimi r  va itaruvchi kuchning qiymati a=3,47 m/s2 tezlanishda 0,087 N dan kam bo‘lmagan sharoitda ofset bosma uskunasining bosish seksiyasiga past zichlikdagi qog‘oz varag‘ining me’yorida uzatilishi aniqlangan;
kontrastning 0,45 dan 0,5 gacha chegarada bo‘lishini ta’minlanish hisobiga g‘adir-budurligi past bo‘lgan qog‘ozda bosma elementlarini to‘liq va yo‘qotishlarsiz hosil qilish usuli ishlab chiqilgan;
bosma uskunasining rejim parametrlari, ya’ni bosma tezligining 8000 dan 12000 nusxa/soatga oshirilishida past zichlikdagi qog‘ozlarni taklif qilingan rejimlarda uzatilishi nusxalarning effektiv liniaturasi va axborot sig‘imining yo‘qotilishiga  olib kelmasligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Heidelberg kompaniyasining Speedmaster-74 markali ofset bosma uskunasi pnevmatik samonakladining rejimli parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
past zichlikdagi qog‘ozlar uchun yangi rejimli parametrlar «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, «MISS SAMINAXON TEKSTIL» MChJ XK hamda «PrintWell» XK korxonalarida joriy etilgan va sinash aktlari olingan. (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2023 yil 25 yanvardagi 06-09-327-son ma’lumotnomasi). Natijada past zichlikdagi 65 g/m2 qog‘ozlarda chop etilganda, 70 g/m2 bo‘lgan ofset qog‘ozlariga nisbatan 27,3% tejamkorlikka erishishga imkoniyat yaratilgan, ko‘p bo‘yoqli nusxalar rang tuslarining uzatilishi standart me’yorlariga mosligiga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish