Djumabayeva Salomat Kamiljanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
“Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyani o‘qitishda statistik ma’lumotlardan foydalanish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (geografiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4107.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Rajabov Furqat Turaqulovich, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Tojiyeva Zulxumor Nazarovna, geografiya fanlari doktori, professor; Xaydarova Surayyo Abdusalomovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiy va ijtimoiy geografiyani o‘qitishda statistik ma’lumotlarninig foydalanish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
geografiya mashg‘ulotlarida diagramma, grafik, jadval kabi statistik ma’lumotlardan foydalanishning metodik ta’moyillari talabalar kognitiv faoliyati samaradorligini dominant kasbiy kompetensiyalariga muvofiq oshirish hamda statistik ko‘rsatkichlar bilan ishlash metodikasini talabalarning individual ta’lim trayektoriyasiga nisbatan ta’limiy qo‘llash asosida aniqlashtirilgan;
geografik masala va mashqlarni bajarishda statistik ma’lumotlardan foydalanish metodikasi o‘quv jarayonini zamonaviy pedagogik yondashuvlarga muvofiq optimallashtirish va fanning didaktik ta’minotini modernizatsiyalash sharoitida talabalarning geografik amaliy kompetensiyalarini zamonaviy pedagogik paradigmalarga muvofiq tizimli shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
statistik ma’lumotlardan foydalanishda talabalarning tayanch va fanga oid kompetensiyalarini shakllantirishning innovatsion modeli ta’limning kognitiv va motivatsion komponentlarini kasbiy o‘zini anglash muhitida qayta aloqasi identivligiga hamda talabalar kasbiy rivojlanishiga nisbatan jarayonlar izchilligiga ko‘ra progressiv monitoringli qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning statistik materiallar bilan ishlash tafakkurini takomillashtirishga qaratilgan didaktik, texnologik va kreativ topshiriqlar tizimi innovatsion ta’lim muhiti sharoitida mustaqil ta’limni ta’lim sifatini baholashning izlanishli, reproduktiv va produktiv mezonlari talablariga nisbatan optimal moslashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyani o‘qitishda statistik ma’lumotlardan foydalanish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
talabalar kognitiv faoliyati samaradorligini dominant kasbiy kompetensiyalariga muvofiq oshirish hamda statistik ko‘rsatkichlar bilan ishlash metodikasini talabalarning individual ta’lim trayektoriyasiga nisbatan ta’limiy qo‘llash asosida aniqlashtirilgan geografiya mashg‘ulotlarda diagramma, grafik, jadval kabi statistik ma’lumotlardan foydalanishning metodik ta’moyillariga doir taklif va tavsiyalar Uzb-Ind-2021-89-sonli “O‘zbekiston va Hindiston qurg‘oqchil va yarim qurg‘oqchil daryolar havzalarida suv taqchilligi hamda qurg‘oqchillikka tog‘onlar va iqlim o‘zgarishi ta’sirini baholash”nomli amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining 2023 yil 15-maydagi 04/11-2900-son ma’lumotnomasi). Natijada, iqtisodiy va ijtimoiy geografiyani o‘qitishda statistik ma’lumotlardan foydalanish usullarini takomillashtirilishiga xizmat qilgan;
geografik masala va mashqlarni bajarishda statistik ma’lumotlardan foydalanish metodikasini o‘quv jarayonini zamonaviy pedagogik yondashuvlarga muvofiq optimallashtirish va fanning didaktik ta’minotini modernizatsiyalash sharoitida talabalarning geografik amaliy kompetensiyalarini zamonaviy pedagogik paradigmalarga muvofiq tizimli shakllantirish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan A1-XT-0-92997 “Yoshlarni tarixiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash muammosi” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023 yil 24 martdagi 159-son ma’lumotnomasi). Natijada, iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kurslari bo‘yicha ta’lim mazmunini modernizatsiyalashning didaktik ta’minoti takomillashtirilgan;
ta’limning kognitiv va motivatsion komponentlarini kasbiy o‘zini anglash muhitida qayta aloqasi identivligiga hamda talabalar kasbiy rivojlanishiga nisbatan jarayonlar izchilligiga ko‘ra progressiv monitoringli qo‘llash asosida takomillashtirilgan statistik ma’lumotlardan foydalanishda talabalarning tayanch va fanga oid kompetensiyalarini shakllantirishning innovatsion modeli, innovatsion ta’lim muhiti sharoitida mustaqil ta’limni ta’lim sifatini baholashning izlanishli, reproduktiv va produktiv mezonlari talablariga optimal moslashtirish asosida takomillashtirilgan talabalarning statistik materiallar bilan ishlash tafakkurini takomillashtirishga qaratilgan didaktik, texnologik va kreativ topshiriqlar tizimiga doir ilmiy tavsiyalardan “O‘zbekiston” teleradiokompaniyasida efirga uzatiladigan “Tavsilot” ma’naviy-ma’rifiy ko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zMTRK “O‘zbekiston” teleradiokanali DUKning 2023 yil 17 martgi 01-04/54-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning iqtisodiy-geografik hodisalar mohiyati, ularning o‘zaro aloqadorligiga oid bilim va tushunchalarini boyitishga xizmat qilgan.