Narzullayeva Firuza Olimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ingliz va o‘zbek tillarida inson bosh qismi a’zolarini ifodalovchi lisoniy birliklar semantikasi», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyoshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil1452.
Ilmiy rahbar: Gadoyeva Mavluda Ibragimovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Oybek Saporbayevich, filologiya fanlari doktori, professor; Davlatova Muxayyo Hasanovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida inson bosh qismi a’zolarini ifodalovchi “bosh/head”, “ko‘z/eye”, “quloq/ear”, “burun/nose”, “og‘iz/mouth”, “til/tongue” kabi lisoniy birliklarning o‘z va ko‘chma ma’nolari, ular ishtirokida shakllantirilgan so‘z birikmalari, turg‘un iboralarning lingvomadaniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillaridagi inson bosh qismi a’zolarini ifodalovchi leksik birliklarning leksik-semantik mohiyati har ikkala xalq tilining milliy-lisoniy, nominatsion-motivatsion, til va nutq madaniyati, milliy mentaliteti, dunyoqarashi, ruhiyati, e’tiqodiy tushunchalari, o‘ziga xos urf-odat va marosimlari, poetik tafakkuri kabi omillar integratsiyasi negizida shakllanganligi aniqlangan;
har ikkala tilda inson bosh qismi a’zolarini ifodalovchi leksik birliklarning yuqori funksional potensialga va o‘zining pragmatik tabiatiga egaligi, kontekstual, konseptual va kommunikativ shartlanganligi, paradigmatik va sintagmatik aktuallashuvi semantika-funksiya-pragmatika bo‘linmas uchligida namoyon bo‘lishi isbotlangan;
qiyoslanayotgan tillar tizimidagi “bosh/head”, “ko‘z/eye”, “quloq/ear”, “burun/nose”, “og‘iz/mouth”, “til/tongue” kabi inson bosh qismi a’zolarini ifodalovchi leksik birliklarda ifodalangan konnotativ ma’nolar millat mentalitetiga xos bo‘lgan mantiqiy, lisoniy, madaniy-axloqiy tafakkurning verballashuv hodisasi ekanligi asoslangan;
turli tizimli tillarda inson bosh qismi a’zolarini ifodalovchi leksik birliklarning grammatik, leksik va frazeologik xususiyatlari semantik, struktural va funksional maydon konstityuentlarining tasnifiy omillari ekanligi va ularning dominant komponent (yadro) atrofida birlashuvchi ikkilamchi (periferik) elementlar qo‘llanishini voqelantiruvchi kuch ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida inson bosh qismi a’zolarini ifodalovchi lisoniy birliklar semantikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillaridagi inson bosh qismi a’zolarini ifodalovchi leksik birliklarning leksik-semantik mohiyati har ikkala xalq tilining milliy-lisoniy, nominatsion-motivatsion, til va nutq madaniyati, milliy mentaliteti, dunyoqarashi, ruhiyati, e’tiqodiy tushunchalari, o‘ziga xos urf-odat va marosimlari, poetik tafakkuri kabi omillar integratsiyasi negizida shakllanganligi oid nazariy xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F-1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyoshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 10-oktabrdagi 17.01/185-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillarida inson bosh qismi a’zolarini ifodalovchi “bosh/head”, “ko‘z/eye”, “quloq/ear”, “burun/nose”, “og‘iz/mouth”, “til/tongue” kabi lisoniy birliklar semantikasi tahliliga asoslangan soha lug‘atlari yaratish uchun yangi ilmiy-nazariy manba va ma’lumotlar bilan boyitilgan;
har ikkala tilda inson bosh qismi a’zolarini ifodalovchi leksik birliklarning yuqori funksional potensialga va o‘zining pragmatik tabiatiga egaligi, kontekstual, konseptual va kommunikativ shartlanganligi, paradigmatik va sintagmatik aktuallashuvi semantika-funksiya-pragmatika bo‘linmas uchligida namoyon bo‘lishiga oid nazariy va amaliy materiallardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2016-2018-yillarda amalga oshirilgan 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” innovatsion tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 7-sentabrdagi 2448/30.08.01-son ma’lumotnomasi). Natijada inson bosh qismi a’zolarini ifodalovchi leksik birliklarning sinxron va diaxron shakllanishiga doir masalalarni mukammallashtirish imkoniyati yaratilgan;
qiyoslanayotgan tillar tizimidagi “bosh/head”, “ko‘z/eye”, “quloq/ear”, “burun/nose”, “og‘iz/mouth”, “til/tongue” kabi inson bosh qismi a’zolarini ifodalovchi leksik birliklarda ifodalangan konnotativ ma’nolar millat mentalitetiga xos bo‘lgan mantiqiy, lisoniy, madaniy-axloqiy tafakkurning verballashuv hodisasi ekanligi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida “Assalom, Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘jiza” teleko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil 8 sentabrdagi 1/232-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarning kitobxonlikka qiziqishini oshirishda, telekompaniya ijodiy jamoasining sohaviy, keng omma tinglovchilarining lingvokulturologik bilimlari boyitilishiga, ingliz va o‘zbek tillarini chuqur o‘zlashtirishda somatizmlarning o‘rnini, mazmun-mohiyatini, bildirilgan fikrni teletomoshabinlarga yetkazishga erishilgan; mazkur ishning ilmiy natijalari qo‘llanilishi ushbu teleko‘rsatuv uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashuviga, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga, ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligi ta’minlanishiga xizmat qilgan.