Nizamov G‘ofur Mamarasulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida talabalarning kasbiy kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish», 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4372.
Ilmiy rahbar: Xalikov A’zam Abdusalomovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Mattiev Ilxom Begmatdulobovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nofilolgik ta’lim yo‘nalishi talabalarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida kasbiy kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning kasbiy kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatlari kasbiy bilimlarni sohaviy xorijiy til bilan integratsiyalash jarayonini loyihalash hamda ta’lim maqsadlariga ko‘ra lingvodidaktikaning kasbiy faoliyat sub’ekti sifatidagi yahlitligini intensiv taminlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning xorijiy tillardan kasbiy kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoni ta’limni tashkil etishning axborot-kommunikatsion ijodiy muhitini yaratish, til va o‘qib-tushunish faoligini aniqlash orqali refleksiv-korreksion samaradorlik imkoniyatlarini Moodle va HEMIS platformasiga bosqichma-bosqich moslashishtirish hamda to‘g‘ri nutqiy xatti-harakat dinamikligini barqaror ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning kasbiy kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish modeli xorijiy tillarni o‘rganish faoliyatida sohaviy ko‘nikmalarini rivojlantirish texnologiyalarining shaxsga yo‘naltirilgan individual traektoriyasini loyihalashtirish hamda tabaqalashtirilgan umumiy-sohaviy, autentik-differensial integratsiyalashgan ijodiy bosqichlarini “Case-study”, “SMART”, “SWOT”, “Insert” reproduktiv turlar yaxlitligini izchil ta’minlash va o‘zaro uyg‘un moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning kasbiy kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish darajasi ijtimoiy kasbiy faoliyatini B1, B2 va B2+ darajalarga oshirish indikatorlarini qiyosiy tasniflash, mutaxassislika kirishda kasbiy rivojlantirishning lingvopedagogik traektoriyasini aniqlash hamda HEMIS platformasiga joylashtirish uchun tayyorlangan malakali mutaxassislik bo‘yicha topshiriqlarni oddiydan murakkabga qarab differensiallashtirish amaliy produktivligini faktik ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: nofilolgik ta’lim yo‘nalishi talabalarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida kasbiy kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
talabalarning kasbiy kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatlari kasbiy bilimlarni sohaviy xorijiy til bilan integratsiyalash jarayonini loyihalash hamda ta’lim maqsadlariga ko‘ra lingvodidaktikaning kasbiy faoliyat sub’ekti sifatidagi yahlitligini intensiv taminlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Deusch als Fremdsprache” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 166-son buyrug‘iga asosan berilgan 166-315-son guvohnomasi). Natijada talabalarining kasbiy kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishda nemis tili bilan sohaviy bilimlarni integratsiyalash imkoni yaratilgan;
talabalarning xorijiy tillardan kasbiy kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoni ta’limni tashkil etishning axborot-kommunikatsion ijodiy muhitini yaratish, til va o‘qib-tushunish faoligini aniqlash orqali refleksiv-korreksion samaradorlik imkoniyatlarini Moodle va HEMIS platformasiga bosqichma-bosqich moslashishtirish hamda to‘g‘ri nutqiy xatti-harakat dinamikligini barqaror ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Deusch als Fremdsprache” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 166-son buyrug‘iga asosan berilgan 166-315-son guvohnomasi). Natijada talabalar individual yondoshuvini loyihalashtirishning tabaqalashtirilgan umumiy-sohaviy, autentik, differensial integratsiyalashgan ijodiy bosqichlarini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan;
talabalarning kasbiy kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish modeli xorijiy tillarni o‘rganish faoliyatida sohaviy ko‘nikmalarini rivojlantirish texnologiyalarining shaxsga yo‘naltirilgan individual traektoriyasini loyihalashtirish hamda tabaqalashtirilgan umumiy-sohaviy, autentik-differensial integratsiyalashgan ijodiy bosqichlarini “Case-study”, “SMART”, “SWOT”, “Insert” reproduktiv turlar yaxlitligini izchil ta’minlash va o‘zaro uyg‘un moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Deusch als Fremdsprache” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 166-son buyrug‘iga asosan berilgan 166-315-son guvohnomasi). Natijada talabalarning kasbiy kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish darajalari mutaxassislika kirish kasbiy rivojlantirish samaradorligi oshgan;
talabalarning kasbiy kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish darajasi ijtimoiy kasbiy faoliyatini B1, B2 va B2+ darajalarga oshirish indikatorlarini qiyosiy tasniflash, mutaxassislika kirishda kasbiy rivojlantirishning lingvopedagogik traektoriyasini aniqlash hamda HEMIS platformasiga joylashtirish uchun tayyorlangan malakali mutaxassislik bo‘yicha topshiriqlarni oddiydan murakkabga qarab differensiallashtirish amaliy produktivligini faktik ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Deusch als Fremdsprache” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 166-son buyrug‘iga asosan berilgan 166-315-son guvohnomasi). Natijada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida talabalarning kasbiy kommunikativ kompetensiyalarini rivojlanganlik darajasi monitoringini baholash mezonlarini aniqlash imkoni yaratilgan.