Azimova Musharraf Utkirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Integrativ yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalarda iqtisodiy tushunchalarni shakllantirish texnologiyasi ”, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4306.
Ilmiy rahbar: Abdullayeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraximova Dilfuza Aliyevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Berdieva Muxabbat Meylievna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi integrativ yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalarda iqtisodiy tushunchalarni shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha yoshdagi bolalarda iqtisodiy tushunchalarni shakllantirish jarayoni iqtisodiy olamning yaxlit tasavvurini shakllantirishga qaratilgan subardinatsiya va uning natijalari ketma-ketligini ijodiy tasniflash, fikrlarni sintezlash, iqtisodiy bilimlar yig‘indisini o‘zlashtirish hamda ota-onalar bilan munosabatni tahliliy o‘rganishga ko‘ra iqtisodiy faoliyatga jalb qilish faolligi dinamikligiga erishishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda iqtisodiy tushunchalarni shakllantirish samaradorligi ta’lim va tarbiya tizimining proporsional idientivligini ta’minlash, tashkiliy shakllarning o‘zgaruvchanligi, jamiyat va shaxs ehtiyojlariga moslashuvchanligi hamda mustaqillikni ta’minlash tashabbusini rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan moddiy xarajatlarni hisoblash va tejamkorlik tushunchalari shakllanishining pedagogik ta’sir darajalarini barqaror ta’minlashga ustuvorlik asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda iqtisodiy tushunchalarni shakllantirish texnologiyasi ijtimoiy-hissiy, ijodiy-rivojlantiruvchi shakllarini integrativ yondashuv tamoyillariga moslashtirish hamda iqtisodiy tushunchalarni shakllantirish jarayonini loyihalashda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonlarining integratsion-rivojlantiruvchi maqsadlarga izchil yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda iqtisodiy tushunchalarni shakllantirish modeli iqtisodiy tilni o‘zlashtirish, iqtisodiy madaniyatni uyg‘un idrok etish hamda o‘z-o‘zini rivojlantirish va ijtimoiy xulq-atvorni shakllantirishga qaratilgan ishchan mikromuhitni yaratish hamda tejamkorlikka oid qadriyatli-madaniy me’yorlarni idientiv sinxronlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Integrativ yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalarda iqtisodiy tushunchalarni shakllantirish texnologiyasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
maktabgacha yoshdagi bolalarda iqtisodiy tushunchalarni shakllantirish jarayoni iqtisodiy olamning yaxlit tasavvurni shakllantirishga qaratilgan subardinatsiya va uning natijalari ketma-ketligini ijodiy tasniflash, fikrlarni sintezlash, iqtisodiy bilimlar yig‘indisini o‘zlashtirish hamda ota-onalar bilan munosabatni tahliliy o‘rganishga ko‘ra iqtisodiy faoliyatga jalb qilish faolligi dinamikligiga erishishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 17-martdagi 106-son buyrug‘i asosida berilgan 106-136 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan iqtisodiy tushunchalarni shakllantirishning pedagogik imkoniyatlarini aniqlash imkoni kengaytirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda iqtisodiy tushunchalarni shakllantirish samaradorligi ta’lim va tarbiya tizimining proporsional idientivligini ta’minlash, tashkiliy shakllarning o‘zgaruvchanligi, jamiyat va shaxs ehtiyojlariga moslashuvchanligi hamda mustaqillikni ta’minlash tashabbusini rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan moddiy xarajatlarni hisoblash va tejamkorlik tushunchalari shakllanishining pedagogik ta’sir darajalarini barqaror ta’minlashga ustuvorlik asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar “Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 17-martdagi 106-son buyrug‘i asosida berilgan 106-136 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bolalarda iqtisodiy tushunchalarni shakllantirish jarayonlarining pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlashga sharoit yaratilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda iqtisodiy tushunchalarni shakllantirish texnologiyasi ijtimoiy-hissiy, ijodiy-rivojlantiruvchi shakllarini integrativ yondashuv tamoyillariga moslashtirish hamda iqtisodiy tushunchalarni shakllantirish jarayonini loyihalashda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonlarining integratsion-rivojlantiruvchi maqsadlarga izchil yo‘naltirish asosida takomillashtirishga doir takliflar “Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 17-martdagi 106-son buyrug‘i asosida berilgan 106-136 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, maktabgacha yoshdagi bolalarda iqtisodiy tushunchalarni shakllantirish texnologiyalarini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda iqtisodiy tushunchalarni shakllantirish modeli iqtisodiy tilni o‘zlashtirish, iqtisodiy madaniyatni uyg‘un idrok etish hamda o‘z-o‘zini rivojlantirish va ijtimoiy xulq-atvorni shakllantirishga qaratilgan ishchan mikromuhitni yaratish hamda tejamkorlikka oid qadriyatli-madaniy me’yorlarni idientiv sinxronlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 17-martdagi 106-son buyrug‘i asosida berilgan 106-136 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy tushunchalarni shakllantirishning integrativ modelini takomillashtirish imkoni oshirilgan.