Kamolov Jahongir Mamasidiqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Markaziy Osiyo davlatchiligi tarixida ilk o‘rta asrlar davrida Eftaliylar davlatining tutgan o‘rni”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2020.4.PhD/Tar759.
Ilmiy rahbar: G‘aybullo Boboyorov, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.12.2021.Tar.26.03. 
Rasmiy opponentlar: Egamberdiyeva Nigora Azadovna, tarix fanlari doktori, dotsent; Djumaniyazova Feruza Djumanazarovna, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Markaziy Osiyo davlatchiligi tarixida ilk o‘rta asrlar davrida Eftaliylar davlatining tutgan o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Eftaliylar davlatning paydo bo‘lishi va barham topishi masalasida farqli yondashuvlar genezisini aniqlash orqali eramizning 450-yillarda davlatchilik munosabatlarining qaror topganligi, 560-yillar o‘rtalarida inqirozga uchragan bo‘lsada, Toxaristonning Badg‘is, Kishm yerlarida VIII asr boshlarigacha muayyan siyosiy birlashma sifatida mavjud bo‘lganligi isbotlangan;
V asrning to‘rtinchi choragida Eftaliylar ijtimoiy hayotida yuz bergan o‘zgarishlar davlat boshqaruviga ham bevosita ta’sir qilib, muayyan qonunlar asosida Markaziy Osiyo ko‘chmanchilariga xos boshqaruv yo‘lga qo‘yilgani, VI asrning birinchi choragida esa o‘troq voha davlatlariga xos an’analar o‘zlashtirilgani dalillangan;
Eftaliylar davlat boshqaruvida “yabg‘u”, “tegin”, “tarxon” kabi turkiy hamda “xudot”, “asparabid”, “karalarang” kabi sharqiy-eroniy negizli unvonlardan foydalanilgani, bosh hukmdor “yabg‘u”, shahzodalar esa “tegin” deb atalgani hamda ularning lavozim xizmatlari bir biridan ierarxik farq qilganligi isbotlangan;
Eftaliylar davlat boshqaruvidagi tashkiliy va funksional o‘zgarishlar harbiy sohadagi islohotlarni ham jadallashtirib, harbiy qo‘shin yuz mingdan ortiq jangchiga ega bo‘lgani, uning katta qismi otliqlardan tashkil topgani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Markaziy Osiyo davlatchiligi tarixida ilk o‘rta asrlar davrida Eftaliylar davlatining tutgan o‘rni mavzusi hamda unga oid ishlab chiqilgan ilmiy tahlil natijalari va amaliy takliflardan:
Eftaliylar davlatning paydo bo‘lishi va barham topishi masalasida farqli yondashuvlar genezisini aniqlash orqali eramizning 450-yillarda davlatchilik munosabatlarining qaror topganligi, 560-yillar o‘rtalarida inqirozga uchragan bo‘lsada, Toxaristonning Badg‘is, Kishm yerlarida VIII asr boshlarigacha muayyan siyosiy birlashma sifatida mavjud bo‘lganligini isbotlashga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan Markaziy Osiyo davlatchiligi tarixida ilk o‘rta asrlar davrida Eftaliylar davlatining tutgan o‘rni tadqiqotidan I-OT-2019-5 raqamli “Ertosh–Do‘lana yodgorligini tadqiq etish o‘zbek xalqining etnogenez tarixini o‘rganishda birlamchi manba” nomli loyiha doirasida belgilangan vaziflarni bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 12 noyabrdagi 82-07-4026/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada eftaliylar davlatchiligi tarixiga oid manba va tadqiqotlar bilan tanishib chiqish va ularni tahlil qilish samaradorligi ortgan; 
V asrning to‘rtinchi choragida Eftaliylar ijtimoiy hayotida yuz bergan o‘zgarishlar davlat boshqaruviga ham bevosita ta’sir qilib, muayyan qonunlar asosida Markaziy Osiyo ko‘chmanchilariga xos boshqaruv yo‘lga qo‘yilgani, VI asrning birinchi choragida esa o‘troq voha davlatlariga xos an’analar o‘zlashtirilganini dalillashga oid tavsiyalar “O`zbekiston tarixi” telekanalining “Mavzu”, “Ibtido” kabi ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O`zbekiston teleradiokanali davlat muassasasining 06-28-1801 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada eftaliylar davlatining tashkil topishi arafasida Markaziy Osiyoda siyosiy ahvolni yoritishga sharoit yaratilgan;
“Eftaliylar davlat boshqaruvida “yabg‘u”, “tegin”, “tarxon” kabi turkiy hamda “xudot”:, “asparabid”, “karalarang” kabi sharqiy-eroniy negizli unvonlardan foydalanilgani, bosh hukmdor “yabg‘u”, shahzodalar esa “tegin” deb atalgani hamda ularning lavozim xizmatlari bir biridan ierarxik farq qilganligini isbotlashga oid tavsiyalar Markaziy Osiyo davlatchiligi tarixida ilk o‘rta asrlar davrida Eftaliylar davlatining tutgan o‘rni tadqiqoti asosida I-OT-2019-5 raqamli “Ertosh–Do‘lana yodgorligini tadqiq etish o‘zbek xalqining etnogenez tarixini o‘rganishda birlamchi manba” nomli loyiha doirasida belgilangan vaziflarni bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 12 noyabrdagi 82-07-4026/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada eftaliylarda davlatchilik xususiyatlari: davlatning tashkil topishi bosqichlari, mafkuraviy asosi, huquq va qonunchiligi, mudofaa tizimi tartiblarni tahlil qilishga erishilgan;
Eftaliylar davlat boshqaruvidagi tashkiliy va funksional o‘zgarishlar harbiy sohadagi islohotlarni ham jadallashtirib, harbiy qo‘shin yuz mingdan ortiq jangchiga ega bo‘lgani, uning katta qismi otliqlardan tashkil topganini aniqlashga oid tavsiyalar Respublika Ma’naviyat va marifat markazining 2023 yil uchun chora-tadbirlar dasturining IV yo‘nalishida belgilangan “Vatanparvarlik tuyg‘ularini rivojlantirishga qaratilgan targ‘ibot tashviqot ishlari” 21-bandi “Millatimizga xos fazilat va an’analarni yosh avlod qalbiga singdirish maqsadida tarixiy qahramonlarimiz haqida yosh xususiyatlaridan kelib chiqib, qisqa metrajli animatsion media mahsulotlarni yaratish” mavzusidagi targ‘ibot ishlarini o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va marifat markazining 02-22/223-son dalolatnomasi). Natijada eftaliylarda davlat tuzumi, boshqaruv tartibotidagi qo‘llanilgan usul va vositalar, an’anaviylik va vorisiylik, boshqaruvida qo‘llanilgan unvon va lavozimlar, ularning vazifalarii va genezisi kabi masalalarni tadqiq etish imkoni kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish