Saidmuratova Malohat Baxtiyorovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
«Bolalarda kitob o‘qishga qiziqishni shakllantirishning psixologik xususiyatlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivaojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/P195.
Ilmiy rahbar: Nishanova Zamira Taskarayevna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Salieva Dilorom Abdullayevna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bolalarda kitob o‘qishga qiziqish shakllanishining psixologik xususiyatlarini empirik jihatdan o‘rganish hamda ularda kitobsevarlikni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
    o‘quvchilarda kitob o‘qishga qiziqishning namoyon bo‘lishiga ko‘ra, «haqiqiy kitobxon» va «kitobsevar» o‘quvchi obrazi shakllanishiga oila a’zolarining kitobga munosabati ta’siri, mutoalaa qilishning refleksiv komponentini kuchaytirganligi tufayli yoshga oid individual psixologik farqlanishi mavjudligi dalillangan;
    kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda kitob o‘qishga qiziqish shakllanishi asar qahramonlarini semantik differensiatsiyalash va identifikatsiyalanishi o‘quv motivlarini baholashda ichki motivlarning ustuvorligi ta’minlaganligi tufayli boladagi kreativ tafakkurga to‘g‘ri proporsional rivojlanishi isbotlangan;
    o‘smirlardagi kitob o‘qishga qiziqish shakllanishi kitobsevarlikning «ong-faoliyat-muloqot» komponentlarini o‘zaro integratsiyasi kreativ tafakkurning ijtimoiy munosabatlarga yo‘nalganligini kuchaytirganligi tufayli yoshga oid xususiyatga bog‘liq ravishda o‘quv motivlarining namoyon bo‘lishida ijobiy bog‘lanish mavjudligi dalillangan;
     o‘quvchilarda kitob o‘qishga qiziqishni shakllantirish uchun «obraz-tushuncha», «obraz-hissiyot» assotsiativ tiplarini kitobga nisbatan emotsional munosabat orqali rivojlanishiga korreksion-adaptiv ta’sir etish muhimligiga ko‘ra «Kitobdan yaxshi do‘st yo‘q» kompleks usulni kiritish samarali ekanligi dalillangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bolalarda kitob o‘qishga qiziqishni shakllantirishning psixologik xususiyatlari bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
o‘quvchilarda kitob o‘qishga qiziqishning namoyon bo‘lishiga ko‘ra, «haqiqiy kitobxon» va «kitobsevar» o‘quvchi obrazi shakllanishiga oila a’zolarining kitobga munosabati ta’siri, mutoalaa qilishning refleksiv komponentini kuchaytirganligi tufayli yoshga oid individual psixologik farqlanishi mavjudligi dalillangan ilmiy ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yili 4 apreldagi PM13-son buyrug‘iga asosan «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yili 4 apreldagi PM13-M-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagog-psixologlarning o‘quvchilarda kitob o‘qishga qiziqishini shakllantirishning dinamik va yoshga oid xususiyatlarini prognozlash imkoniyatini takomillashtirishga erishilgan;;
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda kitob o‘qishga qiziqish shakllanishi asar qahramonlarini semantik differensiatsiyalash va identifikatsiyalanishi o‘quv motivlarini baholashda ichki motivlarning ustuvorligi ta’minlaganligi tufayli boladagi kreativ tafakkurga to‘g‘ri proporsional rivojlanishi isbotlangan ilmiy tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yili 4 apreldagi PM13-son buyrug‘iga asosan «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yili 4 apreldagi PM13-M-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi natijasida pedagog-psixologlarning o‘quvchilarida kitob o‘qishga qiziqish shakllanish shart-sharoitlari va mexanizmlarini rivojlantirishga oid bilimlarini boyitish imkoniyati paydo bo‘lgan;
o‘smirlardagi kitob o‘qishga qiziqish shakllanishi kitobsevarlikning «ong-faoliyat-muloqot» komponentlarini o‘zaro integratsiyasi kreativ tafakkurning ijtimoiy munosabatlarga yo‘nalganligini kuchaytirganligi tufayli yoshga oid xususiyatga bog‘liq ravishda o‘quv motivlarining namoyon bo‘lishida ijobiy bog‘lanish mavjudligi dalillangan ilmiy tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yili 4 apreldagi PM13-son buyrug‘iga asosan «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yili 4 apreldagi PM13-M-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak pedagog-psixolog mutaxassislarni kitob o‘qishga qiziqishni shakllantirish psixologiyasiga oid o‘quv mashg‘ulotlari mazmunini takomillashtirishga erishilgan;
o‘quvchilarda kitob o‘qishga qiziqishni shakllantirish uchun «obraz-tushuncha», «obraz-hissiyot» assotsiativ tiplarini kitobga nisbatan emotsional munosabat orqali rivojlanishiga korreksion-adaptiv ta’sir etish muhimligiga ko‘ra «Kitobdan yaxshi do‘st yo‘q» kompleks usulni kiritish samarali ekanligi dalillangan ilmiy tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yili 4 apreldagi PM13-son buyrug‘iga asosan «Konsultativ psixologiya va psixokorreksiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yili 4 apreldagi PM13-M-son ma’lumotnomasi). Mazkur modelning joriy etilishi natijasida bo‘lajak psixolog kadrlarning o‘quvchilarda kitobsevarlikni rivojlantirish, borasidagi amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida «Konsul’tativ psixologiya va psixokorreksiya» o‘quv fani doirasidagi mavzular mazmuni va o‘quv uslubiy majmua takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish