Haydarov Xislat Qudratovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  «O‘zbekiston florasida Elaeagnaceae Juss. oilasi», 03.00.05–Botanika (biologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/B69.

Ilmiy maslahatchi: Xojimatov Olimjon Qaxxorovich, biologiya fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Botanika instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.V.39.01.

Rasmiy opponentlar: Xasanov Furqat Orunbaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Xamdamov Iskandar Xamdamovich, biologiya fanlari doktori, professor; Mavlanov  Xudargan, biologiya fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II.Tadqiqotning maqsadi: jiydadoshlar (Elaeagnaceae Juss.) oilasi turkumi turlarini taksonomik asoslash, istiqbolli formalarini ajratish va ishlab chiqarishga joriy etishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor Elaeagnaceae Juss. oilasi taksonlari qiyosiy tahlili asosida Elaeagnus L. turkumining ikkita turi (E. angustifolia L., E. songarica (Bernh. ex Schltdl.) Fisch. ex Trautv.) aniqlangan;

Hippophae L. turkumining bitta turi (H. rhamnoides L.) aniqlangan va H. turkestanica (Rousi) Tzvel.turi sinonimlashtirilgan;

ilk bor E. angustifolia ontogenez davri bosqichlari va jiyda nihollari uchun zarur bo‘lgan foydali haroratlar yig‘indisi aniqlangan;

jiyda va chakandada morfologik belgilarning o‘zgaruvchanligi aniqlangan va ularning polimorfligi isbotlangan;

ilk bor E. angustifolia va H. rhamnoides turlarida uch xil trixomalarning mavjudligini va novdalarining ikki xil simpodial – akrosimpodial va mezosimpodial shoxlanishi aniqlangan;

Elaeagneta formatsiyasiga oid 12 ta, Hippophaeta formatsiyasiga oid 7 ta yangi assotsiatsiyalar aniqlangan va ularning 6 ta senopopulyasiyasi strukturalari ochib berilgan;

jiyda va chakandadaning hayotiy formalari va moslanuvchanlik evolyusiyasi asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbekiston florasida Elaeagnaceae oilasimavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:

jiyda formalari zaxiralarini tiklash va kengaytirish maqsadida ularni ko‘paytirish hamda etishtirishning optimal usullari Samarqand, Navoiy va Xorazm viloyatlari tasarrufidagi o‘rmonchilik xo‘jaliklari amaliyotiga joriy etilgan (O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2018 yil 2 fevraldagi 05/06-306-son ma’lumotnomasi). Natijada jiyda va chakandaning mavjud etishtirish usullari samaradorligini oshirish va shular asosida 100 ga maydonda ko‘chatzorlar tashkil etish imkonini bergan;

jiyda va chakandaning ishlab chiqarish uchun istiqbolli hududlari bo‘yicha tuzilgan xaritalar Samarqand, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rmonchilik xo‘jaliklari amaliyotida ularning yillik zaxiralarini aniqlash tadbirlariga joriy etilgan (O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2018 yil 2 fevraldagi 05/06-306-son ma’lumotnomasi). Natijada jiyda va chakanda resurslarining potensial va real zaxiralarini aniqlash va xomashyo tayyorlashni baholash imkonini bergan;

to‘qayzorlardagi jiyda va chakandalarni muhofazaga muhtoj senopopulyasiyalari joylashgan maydonlarini saqlab qolish chora-tadbirlari Samarqand, Xorazm, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari ekologiya va tabiatni muhofaza qilish qo‘mitalari amaliy faoliyatilariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2018 yil 2 martdagi 03-01/12-1534-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu hudud to‘qayzorlarida 880 ga maydondagi jiyda va chakandalar senopopulyasiyalarini saqlab qolish va qayta tiklash imkonini bergan;

respublika hududida tarqalgan jiydaning 16 xil formalari «Bioversity International» xalqaro tashkilotning «Markaziy Osiyoda agrobioxilma-xillikni saqlash va foydalanish In situ/on-farm» loyihasida O‘zbekistonning yovvoyi va madaniy mevali o‘simliklari gen bankini yaratishda foydalanilgan («Bioversity International» halqaro tashkilotning 2018 yil 7 martdagi 07/07-1158-son ma’lumotnomasi). Natijada Markaziy Osiyo mintaqasiga xos mevali o‘simliklar gen banki kolleksiyasini boyitgan va yangi istiqbolli mevali daraxt formalarini ajratish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish