Elmuratova Shoxista Ablakulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston uy-muzeylarining tarixiy rivojlanishi va madaniy hayotda tutgan o‘rni (Toshkent viloyati va Toshkent shahri misolida)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tar1054. 
Ilmiy rahbar: Hojiakbar Hamidov, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.12.2021.Tar.26.03.
Rasmiy opponentlar: Yunusova Xurshida Erkinovna, tarix fanlari doktori, professor; Tursunov Ravshan Normuratovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda uy-muzeylarining shakllanishi va rivojlanish tarixi hamda ularning madaniy hayot taraqqiyotidagi o‘rni, ahamiyatini Toshkent viloyati va Toshkent shahri uy-muzeylari faoliyati misolida ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan va mustaqillik yillarida tashkil etilgan uy-muzeylar hamda ularning faoliyatini tarixiy nuqtai nazardan takomillashtirish ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy tarbiyani tashkil qilishda asosiy omil ekanligi ochib berilgan;
Toshkent viloyati va Toshkent shahrida yashab ijod etgan turli sohadagi taniqli davlat arboblari hamda madaniyat namoyondalarining davlat boshqaruvi tarixi, milliy madaniyat va adabiyot tarixiga oid bo`lgan faoliyatlarida uy-muzeylar fondlari asosiy manbalardan biri ekanligi asoslab berilgan; 
Toshkent viloyati va Toshkent shahrida homiylik asosida tashkil etilgan mehnat qahramonlarining xotira muzeylari mavqeini ular tomonidan hayotlik davrida yaratilgan qalamtasvir sur’atlar, oilaviy fotosuratlar, xat va yozishmalar, turli hujjatlar hamda mehnat qahramonlarini vatanparvarlik namunasi sifatida ularni uy-muzeylar bilan tenglashtirish mumkinligi dalillangan;
O‘zbekistonda uy-muzeylari va ularda saqlanayotgan eksponatlarning xavfsizlik va daxlsizligini ta’minlash tizimi sifatida ilg`or texnologiyalardan foydalanishning zarurati hamda uy-muzeylar ziyorat turizmi yo`nalishlari uchun qulay infratuzilma ekanligi isbotlab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda uy-muzeylar faoliyatining shakllanish va rivojlanish tarixi, ularning madaniy hayotimizdagi ahamiyatini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
O‘zbekistonda uy-muzeylarning tashkil etilishi va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida qabul qilingan hukumat qarorlari hamda me’yoriy hujjatlarning uy-muzeylar rivojida asosiy omil ekanligiga oid xulosalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatida targ‘ibot-tashviqot ishlari uchun o‘tkazilgan “Milliy davlatchiligimizning tarixi, buyuk ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini o‘rganish, ularni tarbiyalashda adabiyot, madaniyat, san’at namunalaridan keng foydalanish chora-tadbirlari” mavzusidagi tadbirda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 15 fevraldagi 02.02.204-son ma’lumotnomasi). Natijada targ‘ibot tadbiri davomida ishtirokchilarning, ayniqsa yoshlarning ma’naviy-axloqiy dunyoqarashi yanada kengayishiga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda ish olib borayotgan va mustaqillik yillarida yangi tashkil etilgan uy-muzeylar tarixini boshqa viloyat va shaharlarga ham keng tatbiq qilishda, Toshkent viloyati va Toshkent shahrida yashab ijod etgan turli sohadagi taniqli davlat arboblari hamda madaniyat namoyondalari uy-muzeylarining davlat boshqaruvi tarixi, milliy madaniyatimiz va adabiyotimiz tarixiga oid bo‘lgan faoliyatlarini o‘rganishda uy-muzey fondlari asosiy manbalardan ekanligi dalillangan yangiliklardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan 2022 yil 16 fevralda o‘tkazilgan “Mustaqillik yillarida uy-muzeylar faoliyatini yanada takomillashtirish borasidagi islohotlarning mazmun-mohiyati” mavzusidagi ilmiy anjumanni o`tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2022 yil 16 fevraldagi 04-12-08-532-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘tkazilgan seminarning sermazmun bo‘lishi va ishtirokchilarda ijobiy taassurot qolishiga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda birinchi bor Toshkent viloyatida tashkil etilgan uy-muzeylar madaniy merosni o`rganish va ziyorat turizmini rivojlantirishga oid natijalardan O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligi huzuridagi madaniy meros agentligi tomonidan 2022 yil 15 fevralda o‘tkazilgan “Toshkent viloyati va Toshkent shahri uy-muzeylarining jihozlanishi jarayonlarida ilg‘or texnologiyalardan foydalanish masalalari” mavzusidagi ilmiy seminarni o`tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligi huzuridagi madaniy meros agentligining 2022 yil 15 fevraldagi 01-01-368-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘tkazilgan seminar ishtirokchilarda ijobiy ko‘nikmalarning shakllanishiga xizmat qilgan;
uy-muzeylarni tashkil etish va faoliyati bilan bog‘liq qabul qilingan qonun, farmon, qarorlar aniqlangan hamda uy-muzeylar faoliyatini yanada kengaytirishda uy-muzeylarga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish zarurligiga oid natijalardan O‘zbekiston milliy teleradiokampaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi stenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2022 yil 4 martdagi 04-12-08-532-son ma’lumotnomasi). Natijada “Taqdimot” ko‘rsatuvining mazmunli va tomoshabop bo‘lishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish