Abdullayev Botir Nurillayevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zardushtiylik dini tarixiy-ijtimoiy asoslarining Avesta “Goh”larida ifodalanishi”, 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tar595.
Ilmiy rahbar: Is’hoqov Mirsodiq Mirsultonovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03./30.12.2021.Tar.26.03.
Rasmiy opponentlar: Asqarov Ahmadali Asqarovich, tarix fanlari doktori, akademik; Maxmudova Guli Tilabovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Avesta “Goh”larida aks etgan zardushtiylik (Mazda Yasna) dinining tarixiy-ijtimoiy, g‘oyaviy asoslarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Zardushtning ta’limoti bronza davrining so‘nggi bosqichi va temir asri boshlarida shakllangani ilk bora “Goh”larning mazmunidan kelib chiqib dalillanib, miloddan avvalgi X-VII asrlarda ibtidoiy urug‘-jamoachilik, qabilachilik munosabatlariga ega oqsoqollar kengashi (xanjamana) boshqaruvidan davlatchilikka xos ijtimoiy-siyosiy hokimiyat boshqarish sari o‘tish oralig‘i zardushtiylikni diniy mafkuraviy omil sifatida zaruriyat darajasiga olib chiqqani asoslab berilgan;
Zardusht shaxsining sivilizatsion, passionar mohiyati fenomenal hodisa sifatida ochib berilib, yakkaxudolik g‘oyasi jahon dinlari qatorida “Goh”larda birinchilardan bo‘lib eng mukammal tarzda asoslab berilgani isbotlangan;
“Goh”larda Axura Mazda yakkaligi hamda yaratuvchilik funksiyasining butun moddiy borliqqa, shuningdek, barcha ruhiy samoviy zotlarga dahldor yangi mafkuraviy hodisa ekani, dinning monoteistik mohiyati barcha turdagi e’tiqod shakllaridan ustun ekanligi, Haq (Arta-Asha) Ahura Mazdaning oliy maqomi absolyut ekanligini ifodalovchi tushuncha sifatida moddiy va ruhiy olam uchun bir hilda universal mohiyatga ega ekani isbotlangan; 
“Goh”larda uchraydigan jamiyatning tarkibiy tuzilmasi (muayyan shaxslar ismlari, patriarxal katta oila, urug‘, qabila va boshqa ijtimoiy guruhlarning pog‘onalashgan tizimi)ga xos ma’lumotlarlar orqali zardushtiylik diniy-axloqiy ta’limoti yo‘naltirilgan muhit murakkab tabaqalashgan ijtimoiy tuzilma ekani ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zardushtiylik tarixiy-ijtimoiy asoslarining Avesta “Goh”larida ifodalanishini tadqiq etish jarayonida olingan natijalar asosida:
Zardushtning ta’limoti bronza davrining so‘nggi bosqichi va temir asri boshlarida shakllangani ilk bora Gohlarning mazmunidan kelib chiqib asoslangan va miloddan avvalgi X-VII asrlarda ibtidoiy urug‘-jamoachilik, qabilachilik munosabatlariga ega oqsoqollar kengashi (xanjamana) boshqaruvidan davlatchilikka xos ijtimoiy-siyosiy hokimiyat boshqarish sari o‘tish oralig‘i zardushtiylikni diniy mafkuraviy omil sifatida zaruriyat darajasiga olib chiqqani masalalari O‘zbekiston tarixi davlat muzeyini mazmunini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023 yil 27 fevraldagi 3/1255-399-son ma’lumotnomasi). Natijada aholining Vatanimiz hududida vujudga kelgan ilk davlatlarning paydo bo‘lishida zardushtiylik dining ahamiyatini tushunishga xiziat qilgan;
Zardusht shaxsining sivilizatsion, passionar mohiyati fenomenal hodisa sifatida ochib berilgan. Yakkaxudolik g‘oyasi jahon dinlari qatorida “Goh”larda birinchilardan bo‘lib eng mukammal tarzda asoslab berilgani isbotlangan. Mulkiy tabaqalanish, ilk hududiy davlatchilik kurtaklarining yuzaga kelish sharoiti ushbu tarixiy zaruriyatni yuzaga keltirgani ko‘rsatilgan. Gohlar ushbu mafkuraviy zaruriyatni nazariy asoslashga xizmat qilganiga oid masalalar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Ibtido” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbekiston teleradiokanali”ning 2022 yil 15 sentyabrdagi 02-32-1506-son ma’lumotnomasi). Bu esa qadimgi dinlar, xususan, zardushtiylik dini muqaddas kitobi Avestaning nodir qismi bo‘lmish Gohlarni mazmun va mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, uning tarixiy bilim, diniy dunyoqarashini boyitishga xizmat qilgan;
“Goh”larda Axura Mazda yakkaligi hamda yaratuvchilik funksiyasining butun moddiy borliqqa, shuningdek, barcha ruhiy samoviy zotlarga dahldor yangi mafkuraviy hodisa ekani, dinning monoteistik mohiyati barcha turdagi e’tiqod shakllaridan ustun ekanligi, Haq (Arta-Asha) Ahura Mazdaning oliy maqomi absolyut ekanligini ifodalovchi tushuncha sifatida moddiy va ruhiy olam uchun bir hilda universal mohiyatga ega ekanligiga oid ma’lumotlar asosida Respublika “Oltin meros” xalqaro xayriya fondi xuzuridagi “Avesto” nomli muzey mazmunini boyitishda foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2022 yil 2 fevraldagi 01-6-03/0222-son ma’lumotnomasi). Natijada “Oltin meros” xayriya jamoat fondining ma’lumotlar bazasini boyitish, aholining Avesta xususidagi bilimlari va tarixiy tafakkurini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etgan;
“Goh”larda uchraydigan jamiyatning tarkibiy tuzilmasi (muayyan shaxslar ismlari, patriarxal katta oila, urug‘, qabila va boshqa ijtimoiy guruhlarning pog‘onalashgan tizimi)ga xos ma’lumotlarlar orqali zardushtiylik diniy-axloqiy ta’limoti yo‘naltirilgan muhit murakkab tabaqalashgan ijtimoiy tuzilma ekaniga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan “Uchtepa Buloqmozor” mavzusidagi arxeologik loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda amalda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 6 martdagi 02-07-881/04-son ma’lumotnomasi). Natijada “Uchtepa Buloqmozor” arxeologik yodgorligini o‘rganishga, “moviy osmon ostidagi muzey” mazmunini shakllantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish