Sheraliyeva Intizor Dilmurodovnaning
dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) berish uchun e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifrlari (fan tarmog‘i): «Qo‘zilarning pasterellyoziga va diplokokkoziga qarshi assotsiatsiyalangan vaksina yaratish», 16.00.03. Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasi, mikologiyasi, mikotoksikologiyasi va immunologiyasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/V7
Ilmiy rahbar: Abdusattorov Abdusalom, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.06/29.10.2021.V.139.01.
«Qo‘ylarning diplokokkoz va pasterellyoz kasalliklariga qarshi assotsiatsiyalangan vaksina» №IAP06161-2020 y; O‘zbekiston Respublikasi intelektual mulk agentligining 2022 yil 7 iyuldagi 02/23-287-son ma’lumotnomasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Qo‘zilarda aralash holdagi pasterellyoz va diplokokkozning epizootologiyasini o‘rganish, ularga qarshi maxsus profilaktik vosita ishlab chiqish va laboratoriya sharoitida immunogenligini aniqlash hamda joriy etish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy shtammlar asosida «Qo‘zilarning pasterellyoz va diplokokkozga qarshi assotsiatsiyalangan vaksina» yaratilgan;
«Qo‘zilarning pasterellyoz va diplokokkozga qarshi assotsiatsiyalangan vaksina»ning qo‘y-qo‘zilar uchun 1-marta 2 ml, 12-14 kundan so‘ng 2-marta 3 ml miqdorida optimal dozasi aniqlangan;
mahalliy shtammlar asosida tayyorlangan «Qo‘zilarning pasterellyoz va dip-lokokkozga qarshi assotsiatsiyalangan vaksina»ni immunitet davomiyligi diplokokkoz uchun 6 oy, pasterellyoz uchun 12 oy ekanligi aniqlangan;
tadqiqotlar natijasida pasterellyoz va diplokokkozning mahalliy shtammlaridan tayyorlangan «Qo‘ylarning diplokokkoz va pasterellyoz kasalligiga qarshi assotsiatsiyalangan vaksina» nomli № IAP 06161 raqamli ixtiroga O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligi tomonidan patent olingan va Tashkilot standarti (Texnik sharti), qo‘llash bo‘yicha Yo‘riqnoma ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qo‘zilarning pasterellyoz va diplokokkoziga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
Qo‘zilarning diplokokkoz va pasterellyoziga qarshi «Qo‘ylarning diplokokkoz va pasterellyoz kasalliklariga qarshi assotsiatsiyalangan vaksina» mavzusida 1 ta ixtiroga patent (№ IAP 06161) olingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 7 iyuldagi 02/23-287-son ma’lumotnomasi). Natijada qo‘zilarning pasterellyoz va diplokokkoz kasalliklarini 80-90% oldini olishga erishilgan.
«Qo‘zilarning pasterellyoziga va diplokokkoziga qarshi assotsiatsiyalangan vaksina» Samarqand, Navoiy, Qashqadaryo, Namangan viloyatlarining va aholining shaxsiy qaramog‘idagi chorvachilik fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 7 iyuldagi 02/23-287-son ma’lumotnomasi). Natijada qo‘y-qo‘zilar pasterellyoz va diplokokkozlarini davolash hamda oldini olishga sarflangan 1 so‘m harajatga 4,5 so‘m iqtisodiy samara olishga erishilgan.
Pasterellyoz bilan zararlangan qo‘zilarni giperimmun qon zardobi bilan davolash usuli joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 7 iyuldagi 02/23-287-son ma’lumotnomasi). Ushbu ishlab chiqilgan ilmiy yechilmalar, berilgan tavsiyalar chorvachilik, fermer-dehqon, yordamchi va shaxsiy xo‘jaliklarda joriy qilingan. Natijada tavsiya etilgan chora-tadbirlarni joriy etilishi hisobiga qo‘y-qo‘zilarning pasterellyozini davolash imkoniyatiga erishilgan.