Akbarov Alisher Normatjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Takomillashgan beshinch sinf aylanma kinematik juftlik konstruksiyasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash», 05.02.02 – Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2494.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kenjaboyev Shukurjon Sharipovish, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-qurilish instituti, PhD.03/30.12.2019.T.90.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Mamaxanov Azam Abdumajidovich, texnika fanlari doktori, dotsent;
Sobirov Xolxuja Abbozovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Farg‘ona politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi texnologik mashinaning vallari tayanchlarida sodir bo‘ladigan ishqalanishlarni kamaytirish hamda ish resurslarini oshirish uchun yangi takomillashgan beshinchi sinf aylanma kinematik juftlik konstruksiyasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslashdan iborat.
III.     Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
rotatsion mashinalar vallarining tayanchlari uchun moylash samaradorligini oshiradigan va ishqalanuvchi yuzalarni kamaytirish imkonini beradigan beshinchi sinf aylanma kinematik juftlikning samarali konstruksiyasi ishlab chiqilgan; 
takomillashgan beshinchi sinf aylanma kinematik juftlikning ichki silindriga ochilgan bo‘ylama ariqchalarning soni, uzunligi va aylanish o‘qiga nisbatan qiyalik burchagini inobatga olgan holda kinematik juftlikdagi ishqalanish kuchining momentini aniqlash imkonini beradigan analitik ifoda ishlab chiqilgan;
ichki silindr (vali)da ariqchalari bo‘lgan kinematik juftlikdagi ishqalanish kuchining momentini sapfa og‘irligidan hosil bo‘ladigan yuklanishga bog‘liq holda o‘zgarishini ifodalash imkonini beradigan bog‘lanishlar ishlab chiqilgan;
ishchi organlari tarkibida beshinchi sinf aylanma kinematik juftliklari mavjud bo‘lgan, o‘simlik moyini ishlab chiqaruvchi G-24 rusumli moy siqish mashinasi yuritgichining mexanik xarakteristikasi, texnologik qarshiligi, ishqalanish kuchining momentlari, deformatsiyalanuvchi bo‘g‘inlarning dissipativ xususiyatlarini inobatga olgan holda to‘rt massali mashina agregatning dinamika masalasi yechilgan, massalarning harakat qonunlari aniqlangan.
IV.    Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Takomillashgan beshinchi sinf aylanma kinematik juftlik konstruksiyasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan ichki silindrida bo‘ylama ariqchalari mavjud bo‘lgan beshinchi sinf aylanma kinematik juftlik konstruksiyasi Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi «Uchqo‘rg‘on-yog‘» AJda joriy etilgan (Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2022-yil 23-avgustdagi OZ/3-699-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnologik tizmdagi G-24 rusumli moy siqish mashinasidagi val tayanchining ish resursini 1,3 martaga oshirishga va ish jarayonidagi shovqinni 1,5 martaga kamaytirishga erishilgan;
moylash samaradorligi oshirilgan va ishqalanuvchi yuzasi kamaytirilgan beshinchi sinf aylanma kinematik juftlik konstruksiyasi Namangan viloyati Namangan tumanidagi «Namangan tola-tekstil» MChJda joriy etilgan (Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2022-yil 23-avgustdagi OZ/3-699-son ma’lumotnomasi). Natijada, chigitni qayta ishlash texnologik tizimidagi «ADAMAK» rusumli moy siqish mashinasining vali tayanchlaridagi yeyilish darajasini bronza vtulkada 28-30 % ga, po‘lat vtulkada esa 25-28%ga kamaytirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish