Qidirov Adxam Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tuproqqa yuza ishlov beradigan frezaning passiv pichoqlari parametrlarini asoslash», 05.07.01–«Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1202.
Ilmiy rahbar: Otaxanov Baxrom Sadirdinovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-qurilish instituti, PhD.03/30.12.2019.T.90.01.
Rasmiy opponentlar: Tojiyev Rasuljon Jumaboyevich, texnika fanlari doktori, professor; Normirzayev Abduqayum Raximberdiyevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tuproqqa yuza ishlov beradigan freza konstruksiyasini ishlab chiqish va uning passiv pichoqlarini ish sifatini talablar darajasida kam energiya sarflagan holda ta’minlaydigan parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tuproqqa yuza ishlov berishda uni intensiv maydalash orqali bir o‘tishda dalalarni ekishga tayyorlaydigan ichki bo‘shlig‘iga passiv pichoqlar o‘rnatilgan frezali baraban konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
tuproqni frezali baraban aktiv va passiv pichoqlari bilan o‘zaro ta’sirlashsish jarayonining fizik modeli umumiy massadan qirqib olinayotgan bo‘lakka ta’sir etayotgan kuchlarni inobatga olgan holda ishlab chiqilgan;
frezali baraban passiv pichog‘ining egrilik radiusi, buralish burchagi va uning oraliq masofalarini aniqlash imkonini beradigan analitik ifodalar tuproq bo‘laklarini aktiv va passiv pichoqlar orasida qisilib qolishi, dumalashi va maydalanishini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
frezali barabanning aylanishlar soni va uning chiziqli tezligi energiya sarfi minimal bo‘lish shartidan kelib chiqib, regressiya tenglamalarini echish orqali tajribalarni matematik rejalashtirish usulida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tuproqqa yuza ishlov beradigan frezaning passiv pichoqlari parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tuproqqa yuza ishlov beradigan aktiv va passiv pichoqlari bo‘lgan frezali barabanning texnik echimiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtirosi uchun patent olingan («Tuproqqa ekishdan avval ishlov beruvchi frezali qurilma», IAP №06920. 30.05.2022 y.). Natijada, ichki bo‘shlig‘iga passiv pichoqlar o‘rnatilgan frezali baraban konstruksiyasini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
ichki bo‘shlig‘iga passiv pichoqlar o‘rnatilgan frezali barabanni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari va hisoblash usullari «BMKB-Agromash» AJ ga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi Vazirligining 2022-yil 5-oktyabrdagi 07/24-04/7195-son ma’lumotnomasi). Natijada ichki bo‘shlig‘iga passiv pichoqlar o‘rnatilgan frezali baraban bilan jihozlangan tuproqqa yuza ishlov beradigan kombinatsiyalshgan agregatni ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
ishlab chiqilgan tuproqqa yuza ishlov beradigan kombinatsiyalashgan agregat Namangan viloyati Mingbuloq tumani «Baxodir Abdusalom o‘g‘li», «Ilxomjon Eshondadayevich» hamda «Baxrombek Abdurasulov» fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi Vazirligining 2022-yil 5-oktyabrdagi 07/24-04/7195-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuproqqa ekish oldidan ishlov berishdagi mehnat sarfini 40 foizga va ekspluatatsion xarajatlarni esa 60 foizga kamaytirishga erishilgan.