Karimova Feruza Baxtiyorovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qizilolmasoy oltin-kumush ma’danli maydoni  plutonik daykalarini petrologiyasi (Olmaliq-Angren tog‘-ma’danli hududi)», 04.00.03–Geotektonika va geodinamika. Petrologiya va litologiya, (geologiya-mineralogiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/GM7.

Ilmiy rahbar: Axundjanov Raxmadjon, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Geologiya va geofizika instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mineral resurslar instituti, Geologiya va geofizika instituti, Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti, Seysmologiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.GM.40.01.

Rasmiy opponentlar: Koneev Rustam Ismailovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Yusupov Rustam Gumirovich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: «Yalpi geologik tasvirlash, izlash ekspedisiyasi» DK.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Chotqol tizmasi janubiy-g‘arbiy tarmoqlaridagi Qizilolmasoy ma’dan dalasi plutonik dayka hosilalarini geologik-petrografik, petrokimyoviy va geokimyoviy xususiyatlarini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor Qizilolmasoy ma’dan dalasi oltin-kumush konlarida lamprofirlar (kamptonitlar, odinitlar, kersantitlar) assotsiatsiyasi aniqlangan;

birinchi bor Qizilolmasoy ma’dan dalasi plutonik dayka hosilalarining geologik-petrografik, petrokimyoviy va geokimyoviy xususiyatlari aniqlangan;

Qizilolmasoy ma’dan dalasini lamprofir magmatizmini ma’dandorligining petrologik-geokimyoviy me’zonlari ishlab chiqilgan;

plutonik daykalarning oltin-kumush ma’danlashuvini chuqurlikga bashorat qilishning indikatori ekanligi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Qizilolmasoy oltin-kumush ma’danli maydoni plutonik daykalarini petrologiyasini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

kamptonit, odinit, kersantit, sienit-porfir va ongoriolit daykalari oltin-kumush ma’danlashuvga indikatorliligi «Sharqiy O‘zbekiston geologik tasvirlash izlash ekspedisiyasi» DK ob’ektlarida joriy etilgan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2018 yil 30 martdagi 04/05spr-son ma’lumotnomasi). Natijada Qizilolmasoy ma’danli maydonni konlarining chuqur qismlarida va flanglarida geologik-qidiruv va razvedka ishlarini samarali olib borish imkonini bergan;

Qizilolmasoy oltin-kumush ma’danli maydonidagi dayka hosilalarida aniqlangan geologik-petrografik, petrokimyoviy va mineralogik-geokimyoviy xususiyatlar «Sharqiy O‘zbekiston geologik tasvirlash, izlash ekspedisiyasi» DK ob’ektlarida joriy etilgan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2018 yil 30 martdagi 04/05spr-son ma’lumotnomasi). Natijada geologik qidiruv ishlarini olib borishda petrografik va mineralogik-geokimyoviy omillarni ajratish imkonini bergan;

Qizilolmasoy ma’danli maydonida aniqlangan plutonik daykalarining oltin-kumush ma’danlashuvini chuqurlikka bashorat qilishning indikatorliligi «Sharqiy O‘zbekiston geologik tasvirlash, izlash ekspedisiyasi» DK ob’ektlarida joriy etilgan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2018 yil 30 martdagi 04/05spr-son ma’lumotnomasi). Natijada hali qidiruv-razvedka ishlari bilan qoplanmagan konlarning ma’dan tanalarini sezilarli chuqurlikka davom etishini bashorat qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish